Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

angidrididir. Uning formulasi As
2
O

bo‘lib, tashqi ko‘rinishi kristall oq modda bo‘ladi. Uni 
kimyo adabiyotlarida shuningdek arsenit angidrid nomi bilan ham uchratish mumkin. O‘zbek 
tilida margimush deb ataladigan zahar modda ham aynan shu birikma bo‘ladi. Bu o‘ta kuchli 
zaharlardan biri bo‘lib, odam uchun atiga 0.15 gramm doza o‘limga olib keladi.
Margimushni juda oz-oz dozalarda asta-sekinlik bilan iste’mol qilib borilsa, odam 
organizmi unga nisbatan ko‘nikish hosil qiladi va uzoq vaqt chiniqishdan keyin, 
margimushning o‘lim dozasi ham ta’sir qilmas darajada chiniqib oladi. Biroq, odam tanasi 
zaharlar ichida faqat margimushga nisbatangina shunday chidamlilik hosil qila oladi xolos. Bu 
«fokus» boshqa zaharlar bilan o‘tmaydi va boshqa zaharlarga ham shunday ko‘nikma hosil 
qilmoqchi bo‘lgan odam, shunchaki zaharlanib o‘ladi. Aytishlaricha, qadimgi Pont davlati 
podsholarida biri Mitridat o‘zini zaharlab qo‘yishlaridan ehtiyot himoya chorasi sifatida, 
avvaliga margimushga nisbatan shunday chiniqish hosil qilib, keyin boshqa zaharlarga ham 
tanasini o‘rgatmoqchi bo‘lgan va oqibatda o‘zini-o‘zi halok qilgan ekan. Lekin siz hech qachon 


84 
margimushni o‘zi bilan ham o‘z ustingizda tajriba o‘tkaza ko‘rmang!!! Bu yaxshilikka olib 
bormaydi!!! 
Jinoyat-qidiruv ishlarida mutaxassislar ko‘pincha murdaning zaharlab o‘ldirilgan 
bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni tekshirib chiqishlariga to‘g‘ri keladi. Agar odam 
margimush bilan zaharlanish oqibatida vafot etgan deb taxmin qilinsa, unda tana a’zolari 
to‘qimasidan biridan kichik namuna olinadi va unga metall va kislota aralashmasidan iborat 
reagent bilan ishlov beriladi. Kislota va metall o‘zaro reaksiyaga kirishib, vodorod gazi ajratib 
chiqaradi. Agar namunada margimush qoldiqlari mavjud bo‘lsa, undagi mishyak va ajralib 
chiqayotgan vodorod o‘zaro ta’sirlasha boshlaydi va natijada yana bir kuchli zaharli gaz – arsin 
(AsH
3
) hosil bo‘ladi. Keyin arsin gazini avvaldan maxsus qizdirib tayyorlab qo‘yilgan trubka 
orqali o‘tkaziladi. Trubkadagi issiqlik ta’sirida arsin mishyak va vodorodga parchalandi. 
Trubkaning nisbatan sovuq qismiga kelib tushgach esa, mishyak sovib, kulrang dog‘-qurum 
tarzida o‘tirib qoladi, vodorod esa chiqarib tashlanadi. Agar shunday dog‘ paydo bo‘lsa, demak 
mishyak bilan, aniqrog‘i, margimush bilan zaharlanganlik to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. 
Zaharlanish holatlarini bu tarzda taftish qilish amaliyotini jinoyat-qidiruv sohasida ishlovchi 
kimyogar mutaxassislar «Marsh testi» deb atashadi. Usulni, uning kashfiyotchisi – ingliz 
kimyogari Jeyms Marsh (1794-1846) sharafiga shunday nomlashgan. Marsh usuli uzoq yillar 
mobaynida mutaxassislarga ko‘plab qotillik jinoyatlarini fosh qilish uchun beqiyos xizmat qilib 
kelmoqda.
Margimushning suv molekula va boshqa ayrim elementlar atomlari bilan birikishidan 
arsenatlar deb ataluvchi zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Arsenatlarning zaharlilik darajasini 
nazorat qilgan holda va o‘ta ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lib qo‘llash orqali, ulardan 
turli zararkunandalarga qarshi vosita sifatida foydalaniladi. Arsenatlar asosida ishlab 
chiqarilgan insektitsidlarni mevali daraxtlarga purkaladi. Shuningdek, paxta dalalarida ham 
ko‘sak qurtiga qarshi kurashish uchun arsenatlar asosidagi insektitsidlar sochib chiqiladi. 
Arsenatlar ichida eng mashhuri bu «Parij yashili» deb nomlangani bo‘lsa kerak. U mis (II)-
atsetat-arsenit aralashmasi bo‘lib, kimyoviy formulasi Cu(CH
3
COO)
2
·3Cu(AsO
2
)

tarzda 
yoziladi. Bu modda yana boshqa o‘nlab nomlar bilan jahon bo‘ylab keng tarqalgan bo‘lib, 
asosan yashil bo‘yoqlar ishlab chiqarishda, pirotexnika vositalari tayyorlashda, hamda asosan 
zararkunandalarga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Lekin uning toksik xossalari tufayli, 
hozirda jahonning ko‘plab mamlakatlarida undan bo‘yoq ishlab chiqarilishida foydalanish 
ta’qiqlangan. Bu modda asosan kalamush, sichqon kabi kemiruvchi zararkunandalarga qarshi 
yaxshi vosita sanaladi.
Mishyak shuningdek birinchi jahon urushida qo‘llanilgan va hozirda ta’qiqlangan 
ayrim zaharli gazlar tarkibiga ham kiradi. Xususan, lyuizit gazi (ClCH=CHAsCl
2
) mishyakli 
zaharli harbiy gazdir. Bu gaz odam tanasining teri qoplamasiga hamda yuqori nafas yo‘llariga 
toksik ta’sir qiladi.
Yuqoridagilarni o‘qib, mishyak haqida faqat salbiy taassurotga ega bo‘lib 
qolayotgandirsiz? Biroq, mishyakka faqat zahar modda sifatida qarash to‘g‘ri emas. 
Mishyakning ayrim birikmalari avvallari tibbiyotda keng qo‘llanilgan. Masalan, olmon olimi 
Paul Erlix tomonidan kashf qilingan arsfenamin (C
12
H
14
N2Cl
2
As
2
) moddasi, erkaklarda siydik 


85 
yo‘llari yallig‘lanishi bilan kechuvchi jinsiy kasalliklarni davolash uchun XX asrning birinchi 
yarmida ancha keng qo‘llanilgan. Boshqacha (tijorat) nomi salvarsan bo‘lgan ushbu modda 
hozirda tibbiyotdan chiqarib tashlangan. Chunki, hozirda farmatsevtikada undan-da 
samaraliroq va xavfsiz boshqa preparatlar kashf etilgan. O‘rni kelganda shuni ham aytib o‘tish 
kerakki, Erlixning o‘zi o‘sha dorini «606» deb atagan. Chunki, olim bundan avval 605 xil 
boshqa moddalar bilan tajriba o‘tkazib ko‘rgan va faqat 606-urinishda, ya'ni, arsfenamin bilan 
davolashdagina ijobiy natijaga erishgan ekan.
Davriy jadvaldagi mishyakning yana boshqa qarindoshlari – 51-raqamli element – 
surma, hamda, 83-raqamli element – vismut bo‘ladi. Ularning har ikkalasi ham insoniyatga 
qadimdan ma’lum. Surma elementining nomi kimyo adabiyotlarga turkiy tillardagi 
ishlatiladigan va qadimda ayollar qoshlarini qoraytirish maqsadida qo‘llagan surma moddaning 
nomidan olingan. Uning lotincha nomi stibium ham, avvaliga qadimgi Misrliklar va ulardan 
o‘rganib, qadimgi yunonlar keng qo‘llagan qosh qoraytiruvchi kosmetika moddasining 
nomidir.
Surma tabiatda bir necha xil allotropik shakllarda uchraydi. Asosan kumushrang-oq 
ko‘rinishda bo‘ladi. Surmaning eng qiziqarli turlaridan biri portlovchi surma sanaladi. Bunday 
surma faqat laboratoriyalarda bo‘ladi va uni ishqalansa, issiqlik ta’sirda qarsillagan portlash 
ovozlari chiqarish bilan oddiy surmaga aylanadi. Surmaning tabiiy shakllaridan hech biri 
portlovchi emas.
Surma qarindoshi mishyak singari zaharli emas. Lekin u beozor ham emas. Agar bir 
atom surma va uch atom vodorod biriksa, stibin (H
3
Sb
3
) deb nomlanadigan modda hosil 
bo‘ladi. Stibin zaharlilik xossalariga ko‘ra arsin bilan juda o‘xshash xavfli moddadir. 
Biz surmadan qosh qoraytirish uchun foydalanishganini aytib o‘tdik. Gap shundaki, 
surmaning ikkita atomi va oltingugurtning uchta atomi birikishidan hosil bo‘luvchi surma 
trisulfidi (Sb
2
S
3
) qadimgi dunyo ayollarini uchun kosmetik qalam o‘rnida xizmat qilgan. 
Bunday qalamlardan hatto Misr fir’avnlari zamonida, ya'ni, bundan naq 5000 yillar avval ham 
ayollar o‘zlari oro berish uchun foydalanishgan. Surma bilan bo‘yalgan qosh uzoq 
muddatgacha qop-qora bo‘lib, jilvalanib turgan va ayollar chiroyiga chiroy qo‘shgan. Hozirda 
surma trisulfididan kosmetik qalam tayyorlashdan tashqari yana shuningdek gugurt ishlab 
chiqarilishida ham keng foydalanilmoqda. Surma trisulfid qo‘shilgan gugurt fosforli gugurtdan 
ko‘ra nisbatan xavfsiz bo‘ladi. Biroq, surma trisulfidi aralashgan gugurt boshchasi alanga olishi 
uchun kuchliroq issiqlik manbai kerak bo‘ladi. Bunday gugurtni shunchaki dag‘al sirtga 
ishqalash bilan yondira olmaysiz. Shuning uchun surmali gugurtlarni yoqish uchun gugurt 
qutisiga maxsus fosforli dag‘al chiziq tortiladi. Ushbu chiziqdagi fosforga ishqalanishgina 
surmali gugurtga o‘t olish uchun yetarli issiqlik bera oladi.
Surma gart ishlab chiqarishda qo‘llanadigan metallardan biridir. Gart bu – nisbatan past 
haroratda eriydigan va quyish, eritib qayta quyish oson bo‘lgan rangli metallar qotishmasi 
bo‘lib, undan tipografiyada, harflar shakllarini va boshqa anjomlarni tayyorlash uchun 
foydalaniladi. Shuning uchun gartni ba’zan «tipografik qotishma» ham deyiladi.


86 
Vismutning esa nomi qanday kelib chiqqani noma’lum. Taxminlarga ko‘ra u nemischa 
«weisse masse» so‘zidan yasalgan va ma’nosi «oq massa» degan ma’noni anglatadi. Vismut 
ham boshqa elementlar bilan birikma holida, oson eriydigan modda hosil qila oladi. Oson 
eriydigan qotishmalarning eng asosiy xossasi ularning qanday haroratda eriy boshlashi bilan 
belgilanadi. Ba’zi qotishmalar hatto suvning qaynash haroratidan ham past haroratda eriydi, 
masalan, Vud qotishmasi deb yuritiladigan qotishma aynan shunday xossaga ega bo‘lib, u 71 
°C da eriydi. Vud qotishmasining tarkibida 50% miqdorda aynan vismut mavjud bo‘ladi 
(qolgan qismi: 12,5% - qalay, 25% - qo‘rg‘oshin, 12,5 - kadmiy).
Bir paytlar ayrim shumtaka kimyogar talabalar Vud qotishmasidan qaltis hazillar qilish 
uchun ham foydalanishgan. Masalan, dasturxonga yangi kelib qo‘shilgan mehmonga qaynoq 
qahva, yoki, choy keltirib, shakar va qoshiqni alohida uzatishgan. Qo‘lidagi qoshiq Vud 
qotishmasidan tayyorlanganidan bexabar mehmon, shakarni qahvaga solib, qoshiq bilan 
aralashtira boshlagan. Qoshiq esa, qahva issiqligi ta’sirda erib, idish ichiga qorishib ketgan...
Vud qotishmasini qo‘llashning boshqa, ancha jiddiy va o‘ta muhim sohalari ham bor. 
Xususan, bino va inshootlar ichida yong‘indan ogohlantirish tizimlarida ushbu qotishma juda 
asqotadi. Vud qotishmasidan tayyorlangan maxsus uskunalar (trubka, suv sochuvchi poynaklar 
va ho kazo) xonalar shiftlariga mahkamlanadi. Agar mabodo xona ichida yong‘in chiqsa, Vud 
qotishmasidan tayyorlangan o‘sha uskunalar sirtlari darhol erib ketadi va ichida saqlanayotgan 
suvni ochib yuboradi. Yong‘in ustiga birdaniga yopirilgan katta miqdordagi suv o‘tni o‘chiradi. 
Jarayonni yanada takomillashtirish orqali, aytaylik, metall erib ketishi bilan undan o‘tayotgan 
past kuchlanishli tokdan kontakt uziladigan qilib, kontakt uzilsa, darhol ogohlantiruvchi 
tovushli va vizual signalizatsiyalar qilish mumkin. Bu ko‘proq muhandislarning mahorati va 
fantaziyasiga bog‘liq.
Vismut birikmalari shuningdek tibbiyotda ham ko‘p qo‘llanadi. Masalan, ancha 
murakkab molekulyar strukturali vismut subgallat moddasi yaxshigina antiseptik sanaladi va 
yara va jarohatlarni davolashda ishlatiladi. Tarkibida vismut bo‘lgan dorilardan oshqozon-
ichak kasalliklarida foydalaniladi.


87 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling