Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
ultramarin deyiladi.
Slyudaga esa, yupqa shaffof list ko‘rinishida ishlov berilsa, oyna sifatida qo‘llasa bo‘ladigan holga keladi. Oddiy shishadan farqli ravishda, slyudadan tayyorlangan shishadan avtomobil oynalari va yuqori haroratlarda ishlovchi obyektlarning ichkarisini kuzatish darchalarining oynalarini tayyorlash mumkin. Slyuda oddiy shishadan ko‘ra ancha baland haroratlarga ham chidamli bo‘ladi. Shu sababli, masalan, sanoat pechlarning kuzatuv oynalarini aynan slyudadan yasaladi. Shuningdek, slyudani maydalab, yangi yil bayramlarida qo‘llanadigan xona bezaklari uchun «qor» tayyorlanadi. Bunday «qor» ham tabiiysiga o‘xshab oppoq va jilvakor bo‘ladi. Shuningdek u yong‘inga xavfsiz bo‘lgani uchun ham, ancha bexavotir bezak hisoblanadi. Kvarts suv va havo ta’sirida yemirilib, tuproqqa aylanib ketishi mumkin. Xuddi shu tarzda, dala shpatidan gil tuproq hosil bo‘ladi. Gil tuproq zarrachalari oddiy tuproqdan ko‘ra maydaroq va yopishqoqroq bo‘ladi. Gil tuproq o‘zaro qorishib, g‘ovak massa hosil qiladi. Bunday tuproqdan hosil bo‘lgan qatlam suvni va bug‘ni o‘zida yaxshi tutib tura oladi. Shu sababli ham gil tuproqli yerlarda unumdorlik biroz bo‘lsa-da yuqoriroq bo‘ladi. Garchi tirik organizmlar kremniyga ham, alyuminiyga ham muhtoj bo‘lmasa-da, lekin tuproq unumdorligi uchun ushbu elementlar baribir muhim sanaladi (kremniy singari, alyuminiy ham biror bir tirik organizmning to‘qimalari tarkibida aniqlanmagan). Temirning birikmalari bilan hamda qum bilan aralashtirilgan gil shaklli gil deyiladi. Bilamizki, qurilish uchun eng qulay va eng ko‘p qo‘llanuvchi materiallardan biri – loydir. Loyni ustalar tuproqni suvga qorishtirish orqali pishirishadi. Keyin esa, loydan g‘isht yasash, yoki, suvoq ishlarida foydalaniladi. Pishiq g‘isht – 1000 °C atrofidagi harorat pishirilgan va shakl berilgan loy bo‘lagidir. Siz nega oddiy xom g‘ishtdan farqli ravishda, pishiq g‘ishtning qo‘ng‘ir-qizg‘ish tusda bo‘lishining sababi bilan qiziqqan bo‘lsangiz kerak. Gap shundaki, pishiq g‘ishtni tayyorlash jarayonida loyga temir birikmalaridan aralashtirib 90 yuboriladi va ularning ta’sirida pishiq g‘isht shunday qizg‘ish-qo‘ng‘ir tusga kiradi. Pishiq g‘isht – qattiq, mustahkam va olovga bardoshli, uzoq muddat xizmat qiladigan ommabop qurilish materialidir. Gilning tarkiban yanada toza turlaridan kulolchilikda sopol va chinni mahsulotlari tayyorlanadi. Gilning kulolchilikka to‘g‘ri keladigan shunday turlaridan biri – kaolin ( Al 2 O 3 × 2SiO 2 × 2H 2 O ) deb nomlanadi. Kaolin – Xitoycha nom bo‘lib, u «baland tog‘lar» degan ma’noni bildiradi. Kaolindan tayyorlangan chinni pishiq, yarqiroq va jilvakor bo‘lib, ichi g‘ovak bo‘lmaydi. Agar kaolinni yaxshilab qizdirilsa, uning yaltiroqligi yo‘qolgach, qattiqligi yanada ortib, keramik tosh hosil bo‘ladi. Agar nisbatan past haroratda pishirilsa, kaolin g‘ovakligicha qoladi va nisbatan mo‘rt massa hosil bo‘ladi. Bunday massani fayans deb ataladi. Fayansdan santexnika mahsulotlari – qo‘l yuvish jihozlari (rakovina), tuvak (unitaz), shuningdek keramik plitkalar (kafel) kabilarni tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Yaxshi bilasizki, bunday mahsulotlar umumlashtirib kerakmik mahsulotlar, yoki, keramika deb yuritiladi. Keramik mahsulotlar esa, qadimdan oshxona va uy-ro‘zg‘orning eng asosiy elementlaridan sanaladi. Aynan keramika orqali alyuminiy oshxonada o‘z o‘rinini topa boshlagan. Nisbatan chuqurroq qatlamlarda, katta bosim ostida joylashib qolgan gil qatlamlari asta-sekinlik bilan qo‘yiq zich massa – slanesga aylanadi. Slanes kavlab olinsa, u yupqa va tekis plastinalarga ajraladigan bo‘ladi. Shimoliy Amerikaning keng tekisliklarida, ayniqsa AQSH va Kanada hududlarida slaneslar neft bilan qorishgan holatda yastanib yotibdi va ulardan slanesli neftni ajratib olish orqali, bu davlatlar yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojni qisman bo‘lsa-da qondirishmoqda. Alyuminiy oltingugurt, kislorod va boshqa yana qator elementlar bilan birikish orqali, siz bilan biz achchiqtosh deb taniydigan birikmalar hosil qiladi. Achchiqtosh odamlarga juda qadimdan ma’lum bo‘lib, aynan achchiqtosh nomining lotinchasi bo‘lgan «alyum» so‘zidan alyuminiyning nomi kelib chiqqan. Achchiqtoshdan qadimda odamlar qon to‘xtatish uchun foydalanishgan bo‘lib, kichik jarohatlarda, xususan sartaroshxonalarda mijozning yuzini kesib olganda ustalar achchiqtosh qo‘yish orqali qonni to‘xtatishgan. Shuningdek, achchiqtoshlardan ichimlik suvni tozalash va tindirish uchun ham foydalanishgan. Agar idishdagi suvga ozgina achchiqtosh solib qo‘yilsa, suvdagi bakteriyalar va boshqa mayda zarralar, achchiqtosh atrofida to‘planib qoladi va idish tubiga u bilan birga cho‘kadi. Suv esa, tinib, tozalanib qoladi. Achchiqtoshning bir turi kimyoda alyuminiy sulfati deb nomlanadi va qog‘oz sanoatida yelim tayyorlash uchun ishlatiladi. Alyuminiy sulfati qo‘shib qorilgan qog‘oz bo‘tqasining, qovushqoqligi kuchli bo‘ladi va undan tayyorlangan qog‘oz pishiq va tarang bo‘lib chiqadi. alyuminiy sulfati shuningdek to‘qimachilik sanoatida ham qo‘llaniladi. Uni suvda eritilsa, Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling