Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
vulkanizatsiya deb ataydigan jarayonni kashf qilgan edi.
Oltingugurtni selitraga va uglerodga qo‘shib ishlov berish bilan porox tayyorlanadi. Albatta, oltingugurtni qo‘llash sohalari ichida bu eng bo‘lmag‘ur soha bo‘lishi mumkin fikrimcha. Biz yuqorida oltingugurt dioksidi haqida biroz to‘xtalib o‘tgan edik. U odamga zaharli ta’sir ko‘rsatgani bilan, lekin, yaxshigina oqartiruvchi modda ham sanaladi. Xlorning o‘yuvchi xossasi zarar keltiradigan o‘rinlarda, oqartirish uchun aynan oltingugurt dioksididan foydalaniladi. Oltingugurt dioksidi yordamidan masalan, qo‘y junini, ipaki, poxolni yoki, parranda patini tozalash va oqartirish (yuvish) mumkin. Shuningdek, ayrim o‘rinlarda oltingugurt dioksidini suyuqlantirish orqali, undan xladagent sifatida ham foydalansa bo‘ladi. 77 Oltingugurt dioksidi shuningdek qog‘oz sanoatida ham keng qo‘llaniladi. Bilasiz, qog‘ozni mayda-mayda qilib parchalangan yog‘och qirindisidan tayyorlanadi. Yog‘ochning qog‘oz uchun eng zarur qismi bu uning sellulozasi bo‘ladi. Daraxt sellulozasi, uning tanasini tashkil qiluvchi tolalarda jamlangan bo‘lib, ushbu tolalar esa o‘zaro bir-biri bilan lignin moddasi orqali birikkan (yelimlangan) bo‘ladi. Oltingugurt eritmasining suvdagi eritmasi, yoki, sulfit yog‘och qirindilari massasiga aralashtirilsa, u o‘sha ligninni eritib yuboradi va sellulozani alohida ajratib olish imkonini beradi. Oltingugurt dioksidi molekulasi o‘ziga uchinchi bir kislorod atomini ham biriktirib olishi mumkin. Bu holda endi oltingugurtning trioksidi (SO 3 ) hosil bo‘ladi. Oltingugurt trioksidini shuningdek oltingugurt gazi ham deyiladi. Oltingugurt gazi suvda oson va yaxshi eriydi. Uning suvda erishi jarayonida mazkur gaz molekulasiga suv molekulasi ham birika boshlaydi va natijada oltingugurt kislotasi hosil bo‘ladi. Oltingugurt kislotasining molekulasi yettita atomdan iborat bo‘ladi: bitta oltingugurt, ikkita vodorod va to‘rtta kislorod atomlari (H 2 SO 4 ). Oltingugurt kislotasi kuchli kislota bo‘lishi bilan birga, arzonligi evaziga ham eng ko‘p ishlatiladigan kislotalar qatorida yetakchilik qiladi. Statistiklar biror davlatning sanoat qudratini baholash uchun, uning yiliga necha tonna oltingugurt kislotasi iste’mol qilayotganiga e’tibor qaratish yetarli bo‘ladi deb ham hisoblaydilar. Oltingugurt kislotasi molekulalari suv molekulalari bilan oson birikadi va ushbu jarayonda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Lekin, mazkur jarayon birmuncha xatarlidir. Chunki, oltingugurt kislotasini suv bilan aralashtirish jarayonini haddan tashqari tezlashtirib yuborilsa, reaksiya o‘ta shiddatli tus olishi va ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori keskin ortib ketishi mumkin. Bu esa, atrofga kuchli oltingugurt kislotasini sochib yuborishga moyil bo‘lgan qaynash va toshish jarayonini keltirib chiqaradi. Oltingugurt kislotasi esa, kuchli kislota bo‘lgan uchun, odam tanasiga tushsa, kuchli kimyoviy kuyishni keltirib chiqaradi. Agar ko‘zga tushsa, ko‘zlarning ko‘rish darajasini yomonlashtiradi va hatto ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishgacha olib kelishi mumkin. Shu sababli ham, oltingugurt kislotasi bilan muomala qilishda o‘ta xushyor bo‘lish, hamda, belgilangan qoidalarga og‘ishmay amal qilish lozim va shart! Boshqa molekulalar bilan birikish jarayonida, oltingugurt kislotasi molekulasi ulardan vodorod yoki, kislorod atomlarini tortib olishi mumkin. Organik molekulalar bilan ta’sirlashganda oltingugurt kislotasi undagi vodorodni ham kislorodni ham tortib olishi hech gap emas. Bunday holatda, organik molekulada faqat uglerod atomi qoladi. Masalan, shakarga oltingugurt kislotasi tomizilsa, u qorayib, ko‘piklasha boshlaydi. Yog‘ochga oltingugurt kislotasi to‘kilsa, u ham asta-sekinlik bilan qorayib qoladi. Latta matolarni va qog‘ozni esa oltingugurt kislotasi juda tez yemiradi va o‘zi tushgan joyda teshik qoldiradi. Terini esa ushbu kislota kuchli kuydiradi. Shunga qaramay, oltingugurt kislotasi zamonaviy sanoatda eng ko‘p iste’mol qilinadigan kimyoviy moddalardan biridir. Hozirgi zamon sanoat sivilizatsiyasi ushbu kislotasiz ishlay olmaydi. U metallarni tozalashdan boshlab, yoqilg‘ini tozalashda, o‘tkazgich simlar ishlab chiqarishda, hamda, kimyo sanoatining deyarli barcha yo‘nalishlarida juda keng ishlatiladi. 78 Davriy jadvalda oltingugurtdan pastroqdagi 52-raqamli katakchada unga juda o‘xshash bo‘lgan boshqa bir element – tellur joylashgan. Tellur 1782-yilda Avstriyalik kimyogar Yozef Myuller tomonidan kashf qilingan. Tellur - qadimgi Rimliklar afsonalaridagi Yer sayyorasi ma’budining nomidir. Elementga mazkur nomni 1798-yilda nemis kimyogari Martin Genrix Klaport biriktirgan. Keyinroq, 1817-yilda shved kimyogari Yens Yakob Berselius tomonidan oltingugurtning davriy jadvaldagi yana bir «qo‘shnisi» - selen kashf etildi. Selen davriy jadvalda 34-katakda, ya’ni, oltingugurtning shundoqqina pastida joylashgan. Berselius ushbu ham elementga nom berishda qadimgi yunon afsonalariga murojaat etgan va uni yunonlarning Oy ma’budasi – Selen sharafiga nomlagan. Shu tariqa, oltingugurtdan pastdagi kataklarda ajoyib tasodifiy juftlik – Yer va Oy ketma-ketligi yuzaga kelgan edi. Oltingugurt qatorida bo‘lgani bois selen va tellur ham oltingugurtnikiga o‘xshash birikmalar hosil qilishi ajablanarli emas. Oltingugurt atomi ikkita vodorod atomi bilan birikib serovodorod hosil qilgan singari, xuddi shu tarzda, selen atomi ham ikkita kislorod atomi bilan birikib selenovodorod hosil qiladi. Selenovodorod serovodoroddan ham battar sassiq bo‘ladi. U sabzavotlarning irib, chirishidan hosil bo‘ladigan hid singari badbo‘y hid taratadi. Tellurning vodorod bilan xuddi shunday birikmasi – tellurovodorod esa undan ham battar qo‘lansa bo‘ladi. U achib, bijg‘ib ketgan sarimsoqpiyoz hidi singari sasiydi. Odatda, ushbu moddalar bilan bir necha daqiqa ish olib borgan odam kiyimlariga ularning o‘ta qo‘lansa hidi o‘tirib qoladi. Shu sababli ham, bu moddalar bilan ishlagan kimyogarlar jamoat joylariga chiqmaslikka, hamda, jamoat transportidan foydalanmaslikka harakat qiladilar . Shimoliy Amerikaning ayrim hududlarida tuproqdagi selen miqdori boshqa joylardagidan ko‘ra ancha ko‘proq ekani aniqlangan. Shu sababli ham, bunday hududlarda o‘sadigan o‘simliklar tanasida selen ko‘p miqdorda yig‘iladi. O‘simlik tanasida to‘plangan selen atomlari esa, oltingugurt birikmalariga o‘xshash selenli organik birikmalar hosil qiladi. Lekin, bunday birikmalar hatto chorva hayvonlari uchun ham zararli bo‘lib, tarkibida selen mavjud o‘simliklar bilan oziqlangan chorva go‘shtini iste’mol qilish ham odam salomatligiga xatar tug‘diradi. Shunga qaramay, selenning ham foydali jihatlari bisyor va uning ham qator qo‘llanish sohalari mavjud. Xususan, selenni oyna tayyorlashda ishlatiladi. Bunda, erib turgan shishaga oz miqdorda selen qo‘shilsa, u shishadagi tabiiy yashil rangni neytrallaydi va natijada, oyna yanada tiniq va shaffof ko‘rinishga keladi. Agar shishaga yanada ko‘proq selen qo‘shilsa, undan tayyorlangan oyna pushtidan to‘q-qizil ranggacha kirishi mumkin. Avtomobil va velosipedlarga o‘rnatiladigan tunda nur qaytaruvchi stop-signal belgilarining to‘q-qizil rangi aynan selen tufayli hosil qilinadi. 79 Selenning elektr tokini o‘tkazish xususiyati ham o‘ziga xosdir. Selen tokni yorug‘ joyda yaxshiroq va qorong‘ulikda esa nisbatan yomon o‘tkazadi. Uning mazkur xossasi 1873-yilda olim Uiloubi Smit tomonidan aniqlangan edi. Selenning mazkur ajoyib xususiyatidan fotoelementlar tayyorlashda foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling