Koinotning qurilish ashyolari


VII-BOB: XLOR – YASHIL ELEMENT


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

VII-BOB: XLOR – YASHIL ELEMENT 
1915-yilning 22-aprel sanasida nemis 
armiyasi fransuzlar egallagan pozitsiyalar 
tomonga esadigan shamolni kutib o‘tirishardi. 
Shamol kerakli yo‘nalishga tushishi bilan, 
nemis qo‘mondonlar avvaldan tayyorlangan 
silindr shaklidagi katta-katta idishlarning 
jo‘mraklarini ochib yuborishdi. Undan yashil 
rangli gaz chiqib, havoga tarqala boshladi. Ikki 
kun o‘tib esa, xuddi shu ishni endi nemislar 
Kanada armiyasi egallab turgan pozitsiyalar 
tomonga ham qo‘llashdi. Har ikkala holatda 
ham ittifoqchi qo‘shinlar katta yo‘qotishlarga 
uchradi. 
Askarlar 
o‘zini 
xuddi 
bo‘g‘ilayotgandek his qilib, o‘ta qo‘lansa va 
terini qichituvchi gaz iskanjasida qolishgan edi. Shu sababli ham ular chekinishiga majbur 
bo‘lishgan.
Qizig‘i shundaki, nemislar o‘zi ham bundan foydalanib qolishga harakat qilishmagan. 
Ular, yangi hujum usulining, ya’ni, kimyoviy hujumning bunchalik muvaffaqiyat keltirishiga 
ishonishmagan bo‘lsa kerak. Yoki, pistirmaga tushib qolamiz deb qo‘rqishgan, yoxud, o‘zlari 
tarqatgan gazdan o‘zlari ham zaharlanishdan cho‘chishgan. Nemislar shu kabi kimyoviy 
hujumni boshqa joylarda ham qo‘llashga uringan paytga kelib, ittifoqchi qo‘shinlar allaqachon 
eng sodda gaz niqoblarini va gaz hujumidan himoya usullarini o‘zlashtirib olishgan edi. Bir 
necha oy o‘tib esa, ittifoqchi qo‘shinlarning o‘zi ham nemislarga qarshi muvaffaqiyatli 
kimyoviy hujumlar uyushtira oldi.
O‘shanda nemislar urushda qo‘llagan zaharli gaz – xlor edi. 
Xlor davriy jadvalda 17-raqamli katakda joylashgan. Oddiy sharoitda xlor ikki atomli 
molekuladan iborat gaz ko‘rinishida bo‘ladi. Boshqa gazsimon elementlardan, xususan, 
kislorod, vodorod hamda azotdan ko‘ra xlorni keskin farqlab turadigan bir necha jihatlari 
mavjud. Birinchidan, xlor rangga ega bo‘ladi (azot, kislorod va vodorod rangsiz edi). Xlor 
qandaydir yoqimsiz sarg‘ish-yashil tusga ega gazdir. Element nomining o‘zi ham aynan shu 
rangning, ya’ni, «sarg‘ish-yashil» rangining yunoncha nomlanishidan kelib chiqqan. Yunonlar 
shunday rangni chloros deb yuritishgan. Mazkur nomni 1810-yilda ingliz kimyogari Gemfri 
Devi o‘ylab topgan edi. Xlorni alohida element sifatida ajratib olgan birinchi olim ham aynan 
u bo‘ladi. Aslini olganda, xlor olimlarga undan avval ham ma’lum bo‘lgan. Faqat uning alohida 
element ekanini bilishmagan va biror elementning oksidi bo‘lsa kerak deb o‘ylashgan. Shu 
sababli, Devigacha bo‘lgan olimlar xlorni kislorod va yana biror yangi kimyoviy elementga 
parchalashga urinib kelishgan. Albatta, bundan bir ish chiqmagan. 


63 
Boshqa gaz moddalarga qaraganda, xlorni suyuqlantirish oson. U ‒34 ℃ haroratda 
zumrad yashil rangli suyuqlikka aylanadi va uni bosim ostida suyuq holatda saqlash mumkin.
Gazsimon xlor esa havodan taxminan 2,5 barobar og‘ir bo‘ladi. Aynan shu sababli, u 
havoga purkalganda, tarqalib uchib ketmay, yer sirtiga yaqin joylarda, odam bo‘yi balandligida 
to‘planib turaveradi. Undan nafas olgan odam esa, zaharlanmay qolmaydi. Xlorning ushbu 
xossasini bilgan nemislar, undan harbiy maqsadlarda foydalanishga kirishishgan edi. 
Masalan, mishyak bug‘lari ham odam uchun zaharli ta’sir qiladi. Lekin, u havodan 
yengil bo‘lgani sababli, darhol uchib ketadi va bir joyda to‘planib qolmaydi. 
Xlor urushda harbiy gaz sifatida unchalik ham ko‘p qo‘llanmagan. Tez orada uning 
o‘rniga, kimyoviy hujum uchun boshqa, yanada og‘irroq va zahari ham kuchliroq bo‘lgan 
gazlarni qo‘llashga o‘tishgan. Shunday zaharli va og‘ir gazlardan biri fosgen bo‘lgan. Fosgen 
molekulasida bittadan uglerod va kislorod, hamda, ikkita xlor atomi mavjud bo‘ladi (COCl
2
). 
Fosgen juda xavfli gaz. U boshqa zaharli gazlardan farqli o‘laroq, odam uchun xush yoqadigan 
xushbo‘y iforga ega. Biroq, undan atiga bir marta nafas olgan odam til tortmay o‘ladi. O‘sha 
yillari urushda qo‘llash uchun ishlab chiqarilgan ko‘plab zaharli gazlar tarkibida xlor bo‘lgan.
Ushbu aytilganlarni o‘qib, siz xlorning zarari juda ko‘p ekan degan xulosaga kelmaslik 
kerak. Quyida, xlorning boshqa, foydali jihatlari haqida batafsilroq suhbatlashamiz. 
Ishonavering, xlorning foydali jihatlari uning zararli tomonlaridan ko‘ra ancha ko‘proq.
Xlor anchayin faol element. U hatto kisloroddan ham ko‘ra faolroqdir (lekin ozonchalik 
emas). Shu sababli ham, xlor boshqa elementlar bilan ancha tezkor reaksiyaga kirishadi.
Muayyan sharoitlarda, xlor yonishga ham yordam beradi. Masalan, yonayotgan 
vodorodni xlorli muhitga yo‘naltirilsa, u yonishda davom etaveradi. Oddiy xona haroratida 
birga yonma-yon turgan xlor va vodorod o‘zaro hech qanday ta’sirlashmaydi. Lekin, buning 
uchun ular qorong‘u joyda saqlanishi kerak. Yorug‘lik ta’siriga tushgan xlor va vodorod 
aralashmasi hatto portlab ketishi ham mumkin. Ya’ni, vodorod va xlor aralashmasining 
molekulalarini o‘zaro birikishga majburlash uchun oddiy yorug‘lik nuri energiyasi kifoya 
qiladi. Ko‘plab kimyoviy reaksiyalar aynan yorug‘likda, yoki, ultrabinafsha nurlar ta’sirida 
sodir bo‘ladi. Bunday reaksiyalarni kimyoda fotokimyoviy reaksiyalar deyiladi.
Shunga qaramay, masalan, uglerod xlorda yonmaydi. Yonayotgan shamni xlorli 
muhitga joylashtirilsa, u qo‘yiq tutun hosil qilib o‘cha boshlaydi. Mum molekulalari tarkibida 
vodorod va uglerod mavjud bo‘ladi. Xlor bilan esa faqat vodorod birika oladi. Shu sababli, 
sham yonishida undagi vodorod xlorda yonib chiqqani bilan, uglerod reaksiyada 
qatnashmagani uchun, qurum ko‘rinishda ajralib qoladi.
Xlorning barcha zaharli xossalarining sababi uning kimyoviy faol element 
ekanligidandir. Xlor nafas olish a’zolari – burun, og‘iz, tomoq va o‘pkadagi shilliq pardalarga, 
hamda, ko‘zga hujum qiladi va ularni ishdan chiqaradi. Bundan tashqari, xlor bakteriyalarni 
ham o‘ldirish xossasiga ega. Ko‘plab yirik shaharlarda suvni tozalash uchun, unga oz miqdorda 
xlor qo‘shib yuboriladi. Ichimlik suvini xlorlash orqali o‘z paytida, iflos suv orqali tarqaladigan 
yuqumli kasallik bo‘lmish ichterlama xastaligini yengishga muvaffaq bo‘lingan edi. 


64 
Shuningdek, suzish havzalarida ham hovuzlarni dezinfeksiyalash aynan xlor yordamida 
bajariladi. Shuningdek, oqava suvlarini zararsizlantirishda ham xlor katta ahamiyatga ega.
Xlor suvda yaxshi eriydi. 1 litr sovuq suvda to‘rt litrgacha xlor erishi mumkin. Buning 
natijasida xlorli suv yuzaga keladi. Bunday aralashmada xlor molekulalarining suv va suv 
tarkibida bo‘lgan boshqa molekulalar bilan birikishida gipoxlorit hosil bo‘ladi. Gipoxltoritlar 
ham juda faol moddalar bo‘lib, ozon, hamda, vodorod periksi singari, rangsizlantirish 
xossasiga ega.
Xlor va gipoxloritlar maishiy turmushda va sanoatda eng keng qo‘llaniladigan 
oqartiruvchi moddalar sanaladi. Chunki, xlor va gipoxlorit arzon va qo‘llash oson moddalardir. 
Qog‘oz va paxta sanoatida, to‘qimachilikda va boshqa sohalarda xlorli birikmalar orqali 
oqartirish va tozalash ishlari bajariladi.
Vodorodning xlorda yonishi natijasida, bitta xlor va bitta vodorod atomlaridan iborat 
molekulaga ega bo‘lgan vodorod xlorid (HCl) moddasi hosil bo‘ladi. Bu xlorning o‘zidan ham 
battar qo‘lansa hidli modda bo‘lib, u ham suvda yaxshi eriydi.
Suvda erigan vodorod xlorid keskin nordon ta’mga ega bo‘ladi va shu sababli, uni 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling