Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
kremniy dioksidi (SiO
2 ) ko‘rinishida bo‘ladi. Bu birikmani yana kremnez deb ham yuritiladi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu holatda ham kremniy o‘zini xuddi uglerod singari tutmoqda. Siz bir atom uglerod va ikki atom kisloroddan tashkil topgan uglerod dioksidi (CO 2 ) haqida ko‘p eshitgansiz. Lekin, bu birikmalarning fizik jihatdan katta bir tafovuti mavjud: uglerod dioksidi – gaz; kremniy dioksidi esa – qiyin eriydigan qattiq moddadir. Biz har kuni to‘qnash keladigan oddiy toshlarning va tuproqning tarkini 12% atrofida aynan kremniy dioksididan iborat bo‘ladi. Kremniy dioksidi o‘z navbatida yana boshqa moddalar bilan ham birikmalar hosil qiladi. Bunday birikmalarni mutaxassislar silikatlar deb yuritishadi. Silikatlar tarkibidagi kremniy dioksidining miqdori 48% gacha bo‘ladi. Bundan esa, Yer qobig‘ining 60% ga yaqini u yoki bu darajada aynan kremniy dioksiddan tashkil topgan bo‘ladi deb xulosa qilinadi. Davriy jadvaldagi ko‘plab elementlar va ularning birikmalari, u yoki bu miqdorda albatta tirik organizmlar tarkibida uchraydi. Biroq, kremniy bu borada istisno qilinuvchi elementlardan biridir. Tabiatda shunchalik keng tarqalganligiga qaramay, birorta tirik organizmda kremniy yoki uning birikmalari aniqlanmagan. Buning sababini esa, olimlar kremniy dioksidi va silikatlarning suvda erimasligi bilan izohlaydilar. Tirik organizmlar u yoqda tursin, kremniyli birikmalar dengiz va okean suvlarida ham mavjud bo‘lmaydi. Shu sababli ham, olimlar hayot quruqlikda emas, balki, aynan okeanda paydo bo‘lgan degan fikrni ma’qullaydilar. Tabiatda uchraydigan eng toza kremniy dioksidi shaffof va pishiq modda bo‘lib, siz uni kvarts nomi bilan yaxshi taniysiz. Ba’zi joylarda kvarsni shuningdek tog‘ billuri ham deyishadi. Kvarts oddiy shishadan ham musaffo va shaffof bo‘lib, yorug‘lik o‘tkazish bobida shishani ortda qoldiradi (o‘zi odatiy shisha ham tuzilishiga ko‘ra silikat modda hisoblanadi. Shu sababli ham, ). Kvarts – eng qattiq shaffof moddadir. 59 Oddiy shishaga qaraganda kvarts ko‘p jihatdan afzalliklarga ega. Shunday afzalliklardan biri – kvarsning keskin harorat o‘zgarishlariga nisbatan chidamliligidir. Tabiatda ko‘plab qattiq moddalar harorat ortgan sayin oz-moz bo‘lsa-da kengayadi; harorat pasayishida esa hajman siqiladi. Siz shisha idishga qaynoq suv quyilganda uning yorilib ketishini kuzatgan bo‘lsangiz kerak. Bilasizmi nima uchun shunday bo‘ladi? Chunki, bunda idishning qaynoq suv quyilgan ichki qismi to‘satdan keskin isiydi. Havo yuzasida turgan tashqi qismi esa hali sovuq bo‘ladi. Qizigan ichki qatlam hajman kengayadi, tashqi sovuq taraf esa kengaymasdan turaveradi. Natijada shisha ichki va tashqi qatlam bo‘ylab keskin zo‘riqish paydo bo‘ladi va u yorilib ketadi. Agar juda issiq haroratda turgan idishga ham o‘ta sovuq muzdek suvni birdaniga quyib yuborilsa ham, xuddi shunday hol yuz beradi. Bunday hol yuz bermasligini oldini olish uchun esa, ishlab chiqaruvchilari shisha idishlarni imkon qadar yupqa qilib tayyorlashga harakat qilishadi. Yupqa shisha butun qalinligi bo‘ylab tez va bir maromda isigani uchun yorilib ketmaydi. Lekin, yupqa shisha idishlar salgina qattiq teginib ketish bilan ham sinib ketishi tufayli, bu unchalik ham yaxshi yechim deb bo‘lmaydi. Shu sababli, issiqlikka chidamli, yorilmaydigan shisha idishlar tayyorlash uchun ishlab chiqaruvchilar odatda maxsus shisha turlaridan foydalanishadi. Bu maqsadda esa, eng qulay hom-ashyo aynan kvarts bo‘ladi. Kvarsning harorat ta’sirida kengayishi va siqilishi ko‘rsatkichi oddiy shishaga nisbatan 16 barobar mustahkamdir. Kvartsdan yasalgan idishni qizarib ketgunicha ham isitish, qidirish mumkin. Cho‘g‘dek qizib turgan kvarsni muzdek suvga solib yuborilsa ham unga hech nima qilmaydi. Agar xuddi shu ishni oddiy shisha bilan qilsangiz, u bir lahzadayoq millionlab bo‘laklarga parchalanib ketadi. Kvarsning yana bir afzallik jihati shundaki, u ultrabinafsha nurlarini ham yaxshi o‘tkazadi. Oddiy shisha ultrabinafsha nurlarni o‘tkazmaydi. Shu sababli ham, xona ichkarisida ultrabinafsha nurlariga ehtiyoj bo‘ladigan inshootlarda, aynan kvarts oynalar qo‘yiladi yoki, chiroq lampalarining tashqi qoplamasi kvarsdan tayyorlanadi. Shunga qaramay, yuqorida zikr etilgan afzalliklar qat’iy talab etiladigan holatlardan tashqari, boshqa odatiy hollar uchun, oddiy shisha o‘rniga kvarts qo‘llash unchalik ham maqsadga muvofiq emas. Chunki, kvarsning tannarxi oddiy shishadan bir necha barobar qimmatdir. Buning sababi, kvarsning o‘zi qimmatbaho modda ekanida emas, balki, kvartsga ishlov berishning nihoyatda qiyin jarayon ekanidadir. Oddiy shisha naviga qarab 600 va 900 °C harorat darajalari orasida yumshaydi va unga ishlov berib, istalgan shaklga kiritish mumkin bo‘ladi. Kvarts yumshashi uchun esa, 1500 °C harorat talab etiladi; shuningdek bu haroratda ham unga ishlov berish boshqa qiyinchiliklar tufayli, murakkabligicha qoladi. Kremniy dioksidi tabiatda odatda aralashma ko‘rinishida uchraydi. Ya'ni, uni biz har safar biror bir boshqa modda bilan qo‘shimcha yoki, birikma holidan ajratamiz. Bunda aynan qanday aralashma tarkibidan ajratib olinishiga qarab, olingan kremniy dioksidining sifati va ko‘rinishi ham turlicha bo‘ladi. Uni ajratib olish jarayonining o‘zi ham, birikma yoki, aralashma turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. 60 Aralashma holida uchraydigan eng keng tarqalgan kremniy dioksidini kimyogarlar kremen deb ataydilar. U oddiy toshga o‘xshagan moddadir. Kremen ham qattiqligi va o‘tkir qirralar hosil qila olishi sababli eng qadimgi odamlarni ham o‘ziga jalb qilgan. Turli g‘orlardan topilgan ibtidoiy odamlarga tegishli tosh qurollar orasida kremendan yasalganlari ham salmoqli ulushni tashkil qilgan. Aniqlanishicha, eng qadimgi odamlar kremendan shuningdek chaqmoqtosh, ya'ni, uchqun chiqarib, olov hosil qilish vositasi sifatida ham foydalanishgan ekan. Kremniy elementining nomi ham kelib chiqishiga ko‘ra aynan kremenga borib taqaladi. Ya'ni, «silikon» atamasi, lotinchada aynan kremen moddasini bildiradi. Kremniy dioksidining yana bir ajoyib turi yarim-shaffof, yoki, sut rangida bo‘ladigan Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling