Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

gidrogenlash jarayoni deb ataydilar.
Vodorodning yoqilg‘i xossalarini albatta kimyogarlar eng birinchi bo‘lib aniqlashgan. 
Vodorodni 1766-yilda ingliz kimyogari Genri Kavendish tomonidan kashf qilingan va 
o‘rganilgan. Kavendish o‘zi kashf qilgan ushbu elementni yonuvchi havo deb nomlagan. 
Elementning zamonaviy nomini esa, oradan bir necha yillar o‘tib, mashhur farang kimyogari 
Antuan Lavuazye tomonidan berilgan. Lavuazye Kavendish kashf qilgan elementga lotincha 
Hydrogenum, ya'ni, «suv tug‘diruvchi» degan nomni biriktirgan.
Lavuazye biriktirgan mazkur nom, haqiqatan ham element tabiatiga mos va xos 
bo‘lgan, juda to‘g‘ri tanlangan nomdir. Chunki, vodorodning yonish jarayonida suv hosil 
bo‘ladi. Kimyo laboratoriyalarida vodorod alangasi ustida shisha probirka tutib turgan holda, 
probirka ichida suv tomchilari hosil bo‘lishini namoyish qilish tajribasi ko‘p takrorlanadi. 
Aslida ham shunday, vodorod haqiqatan ham suv tug‘diradi. Siz bilan biz ko‘rgan va 
ko‘rmagan barcha suv miqdori – dengizlar, ko‘llar, daryolar, ummonlar, buloqlar va hatto 
yomg‘ir suvlari ko‘lmaklaridagi suv ham, shuningdek, qor, muz ko‘rinishidagi qattiq suv ham, 
hamda, bug‘ ko‘rinishidagi gazsimon suv ham – barcha-barchasi – ikki atom vodorod va bir 
atom kisloroddan iboratdir.
Yer sayyorasi tabiati uchun, hamda, undagi hayot uchun suv shu darajada o‘ta 
favqulodda katta ahamiyatga egaki, suvsiz na odamlar va na umuman jonli tabiat mavjud bo‘la 
olmas edi. Haqiqatan ham, suv juda ajoyib va hayratlanarli moddadir. U haqida katta-katta 
jildli kitoblar bitish mumkin (bunday kitoblar allaqachon yozilgan ham ). Suvning 
ahamiyatini tasavvur qilish uchun birgina faktga murojaat qilish kifoya: odam tanasining ham 
60% dan ziyod qismini suv tashkil qiladi. Asosan suvdan tashkil topganligini sababli, (suv esa 
asosan vodoroddan tashkil topganligi sababli) odam tanasida vodorod atomlari soni, qolgan 
barcha atomlar sonidan ham ko‘p bo‘ladi.
Suv – vodorod va kisloroddan tarkib topganligi sababli, suvni kimyoviy parchalash 
orqali, alohida holdagi vodorod va kislorod olish mumkin. Agar suvga muayyan sharoitlar 
ta’minlangan holda elektr toki tushirilsa, undagi gazsimon kislorod o‘tkazgichlardan birining 
yaqinida, gazsimon vodorod esa, ikkinchi o‘tkazgich yaqinida yig‘ila boshlaydi. Elektr toki 
vositasida moddalarni tarkibiy qismlarga parchalash jarayonini elektroliz deyiladi. Moddaga 
tushirilgan, turli qutbli (musbat va manfiy) o‘tkazgichlarni esa, elektrodlar deyiladi.
Sanoat miqyosida vodorod ayni shu usul bilan olinadi. Suvni elektrolizlash – kislorod 
olishning ham eng asosiy usullaridan biridir.
Avvallari vodorod olish uchun kimyogar-texnologlar asosan turli kislotalardan 
foydalanishgan. Kislotalar tarkibida ham muayyan miqdorda vodorod atomlari bo‘ladi va 
kislotalarda vodorod olishning afzalligi – kislota tarkibidagi vodorodning nisbatan erkin bo‘lib, 


28 
ajratib olish ham osonroq ekanligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Kislota qancha kuchli bo‘lsa, undagi 
vodorod atomlari ham shunga yarasha erkin bo‘ladi. Ba’zi metallarni kislotaga solib qo‘yilsa, 
metall va kislota o‘zaro reaksiyaga kirishib, jarayonda vodorod ajralib chiqadi. Jarayon 
natijasida hosil bo‘layotgan vodorod atomlari darhol bir-biri bilan birikib, vodorod 
molekulasini hosil qiladi. Avtomobillardagi akkumulyatorlarda ham kislota va metallar 
uyg‘unligi qo‘llaniladi. Shu sababli, avtomobil akkumulyatori ichida ham vaqti-vaqti bilan 
vodorod hosil bo‘lishi mumkin.
Vodorod va kislorod atomlari birikishida hosil bo‘ladigan yagona modda bu – suv 
degan fikr ham yanglish fikrdir. Xuddi, ikki atomli kislorod molekulasiga yana bir kislorod 
atomi kelib qo‘shilsa, beqaror va faol ozon gazi hosil bo‘lishi singari, suv molekulasiga yana 
bir kislorod atomi qo‘shib qo‘yilsa, u ham beqaror va faol vodorod periksi moddasiga aylanadi.
Vodorod perikisi molekulasi ikki atom vodorod va ikki atom kislorodda iborat bo‘ladi. 
Uning beqaror deyilishiga sabab, bu modda birinchi imkoniyat tug‘ilishi bilanoq, o‘zidagi 
ortiqcha (ikkinchi) kislorod atomidan mosuvo bo‘lishga intiladi. Bu moddadan raketalar uchun 
yoqilg‘i tayyorlashda tarkibiy qism sifatida ham foydalaniladi. Shuningdek, vodorod periksi 
antiseptik sifatida tibbiyotda ham qo‘llaniladi.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan, vodorod perikisini ataylab suv bilan aralashtiriladi. 
Dorixonalarda sotiladigan vodorod periksi, uning atiga 3%-lik eritmadan iborat bo‘ladi. 
Qolgan 97% qismi esa suv bo‘ladi. Bundan ziyod nisbatlardagi aralashma (eritma) esa – 
salomatlik uchun xavfli bo‘ladi.
Yorug‘lik va issiqlik ta’sirida vodorod periksi tezkorlik bilan oddiy suvga aylanadi. Shu 
sababli ham, dorixonalarda vodorod perikisini ichiga yorug‘lik o‘tmaydigan juda to‘q qo‘ng‘ir 
rangli qalin shisha idishlardan sotiladi. Shu sababli ham, bunday dori vositalari qo‘llanmasida 
(tibbiy yo‘riqnomasida) ataylab «salqin va qorong‘u joyda saqlansin» - deb alohida ta’kidlab 
qo‘yiladi. Vodorod periksi bilan hamshiralar bemor tanasidagi jarohat va yara joylarga malham 
qo‘yishadi. Chunki, bu modda bakteriyalarni o‘ldiradi va yara yoki jarohatning yiringlab 
ketishini oldini oladi.


29 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling