Koinotning qurilish ashyolari


II-BOB: VODOROD – ENG YENGIL ELEMENT


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

II-BOB: VODOROD – ENG YENGIL ELEMENT
Kimyoviy elementlar ichida eng oddiysi 
– vodorod hisoblanadi. Vodorod – davriy 
jadvaldagi №1-elementdir. Bizga ma’lum 
atomlar ichida vodorod atomi o‘lchamlariga 
ko‘ra eng kichik, eng yengil va eng sodda 
tuzilgan atomdir. Balki shu sababdandir, 
vodorod – Koinotda eng ko‘p tarqalgan element 
sanaladi. Kosmologlar va Astrofiziklarning 
fikricha, Koinotda mavjud atomlarning 90% 
qismini vodorod tashkil qilar emish.
Masalan, bizning yulduzimiz – Quyosh 
ham asosan vodoroddan tashkil topgan. Boshqa 
yulduzlar ham xuddi shunday. Vodorod – 
yulduzlarni barpo qilish uchun eng mos va eng 
qulay qurilish materialidir.
Biroq, Yerda vodorod unchalik ham ko‘p uchramaydi. Yer qobig‘idagi atomlardan 
atiga 3% qismigina vodorod hissasiga to‘g‘ri keladi. Yer qa’ridagi boshqa chuqur qatlamlarda 
bu ko‘rsatkich yanada kam. Shunga qaramay, olimlarning fikricha, Yer ham avvaliga butun 
Koinot tashkil topgan moddadan, demakki, asosan vodoroddan tashkil topgan bo‘lishi kerak. 
Unda Yerdagi qolgan vodorod qayoqqa keti ekan?
Buning sababi – vodorod atomining o‘ta kichik o‘lchamlari bilan bog‘liqdir. Xuddi 
kislorod atomlari singari, vodorod atomlari ham juft-juft bo‘lib guruhlanadi. Natijada, ikkita 
vodorod atomidan iborat kombinatsiya, ya'ni, vodorod molekulasi hosil bo‘ladi. Hamma 
molekulalar ichida aynan vodorod molekulasi eng kichik molekula bo‘lib, sababini o‘zingiz 
tushungan bo‘lsangiz kerak (u eng kichik atomlarning juftligi xolos). Bitta vodorod molekulasi, 
istalgan boshqa elementning bitta dona atomidan ham kichikroq bo‘ladi.
Tabiatda barcha molekulalar doimiy harakatda bo‘ladi. Qattiq jismlarning molekulalari 
o‘z o‘rniga mustahkam mahkamlangan bo‘lsa-da, baribir muntazam tebranib, harakatda bo‘lib 
turadi. Suyuqliklarning molekulalari nisbatan erkin harakatlanib yuradi. Gazlarning molekulasi 
esa juda erkin va betartib harakatlanadi.
Me’yoriy harorat sharoitlarida havodagi kislorod molekulalari bir daqiqada 6 km tezlik 
bilan uchib yuradi. Albatta, bunday katta tezlik bilan uchishda, kislorod molekulalari bir-biri 
bilan to‘qnashib, bir-biridan sapchib yo‘nalishini o‘zgartirib turadi. Harorat ko‘tarilsa, 
molekulalarning harakati ham yanada tezlashadi. Masalan, issiqlik manbai mavjud bo‘lgan 
joydagi atrof-muhit havosida, aytaylik, gulxan atrofida molekulalarning tezligi kattalashadi.


22 
Bu jarayonda, tabiiyki, o‘lchami kichikroq va massasi yengilroq molekulalar boshqa, 
og‘ir va kattaroq molekulalardan ko‘ra tezroq va osonroq uchadi. Vodorod molekulasi esa, 
barcha molekulalar ichida eng yengili bo‘lgani uchun, u hammadan tezroq uchadi. Xususan, 
me’yoriy sharoitda, vodorod molekulasi o‘rtacha 11 km/daqiqa tezlik bilan uchadi (bu – 
o‘rtacha tezlik, ayrim molekulalar bundan tez yoi sekin uchishi mumkin).
Bunday katta tezlik bilan harakatlanadigan obyekt, albatta Yerni tark etishi ham 
mumkin...
Maktab fizika kursidan sizga yaxshi ma’lumki, agar toshni yuqoriga otsangiz, u 
muayyan masofaga uchib borgach, Yerning tortish kuchi ta’sirida yana qaytib tushadi. Agar, 
toshni kattaroq kuch bilan otilsa, u balandroqqa uchadi, lekin baribir qaytib tushadi. Agar, to‘p 
bilan otilsa, snaryad bir necha kilometr yuqoriga chiqib, baribir qaytib tushadi. Lekin, baribir, 
biror narsaga yetarlicha tezlik bera olsangiz, uni Yerga qaytib tushmaydigan qilib uchirib 
yuborish mumkin. Bunday holatda jism erishadigan tezlik qochish tezligi, yoki qutilish tezligi 
deyiladi. Chunki, muayyan tezlikka erisha olgan jism, Yerning tortish kuchini yengib o‘tib, 
undan qochib-qutilib ketadi.
Vodorod molekulalarning havodagi harakat tezligi ushbu tezlikka yaqin bo‘lib, shu 
sababli ham, havoda vodorod molekulasi mavjud bo‘lsa, u katta ehtimol bilan, ochiq koinotga 
chiqib ketishi mumkin. Yer endi-endi shakllangan zamonlarda, juda qaynoq bo‘lgan. Shu 
sababli ham undagi vodorod molekulalari juda katta tezliklarda harakatlangan va Yerni tark 
etib, fazoga chiqib ketgan.
Shu sababli ham, hozirda Yer atmosferasida vodorod deyarli qolmagan. Yerda qolgan 
kam miqdordagi vodorod ham, uning atomlari boshqa, nisbatan og‘ir atomlar bilan birikib 
qolgani sababligina uchib ketolmay, shu yerda qolib ketgan.
Kislorod molekulasi vodorod molekulasidan ko‘ra 16 marta og‘irroq bo‘lib, juda sekin 
harakatlanadi va kislorod molekulasining harakat tezligi hech qachon qochib-qolish tezligiga 
yaqinlashmaydi ham. Shu sababli ham kislorod koinotga qochib ketolmaydi va u atmosferada 
yuraveradi.
Quyosh tizimidagi ba’zi sayyoralar Yerga taqqoslagan juda ulkan bo‘lib, tabiiyki, 
shunga yarasha ulkan tortishish kuchiga egadir. Bunday ulkan sayyoralardagi molekulalar 
uchun, sayyorani tark etishga yetarli tezlikka erishishning deyarli imkoni bo‘lmaydi. Chunki, 
sayyoraning tortish kuchini yengib chiqib ketishga yaqin tezlikka erishish uchun, shunga 
yarasha tezkor harakat qilish lozim bo‘ladi. Boz ustiga, ulkan sayyoralarda atmosfera harorati 
ham juda sovuq bo‘lgani bois, molekulalarining harakati ham juda sekin bo‘ladi. Masalan, 
Yupiterdagi tortish kuchi Yernikidan 2,5 barobar katta bo‘lib, sayyora atmosferasi ham juda 
sovuq. Shu sababli, uning atmosferasida juda katta miqdorda vodorod mavjud bo‘lib, lekin 
undagi vodorod koinotga tarqab keta olmaydi. Boshqa gaz gigantlari, ya'ni, Saturn, Uran va 
Neptunda ham ahvol shunga yaqin.
Yerdan kichikroq o‘lchamli sayyoralardagi ahvol esa bundan ham chatoq. Masalan, 
Marsning gravitatsiyasi, Yernikiga taqqoslaganda 2/5 marta kichik. Shu sababli, Mars hatto 


23 
atmosferani ham tortib tura olmaydi. Uning atmosferasidagi gazlarning aksariyati allaqachon 
sayyorani tark etgan bo‘lib, qolgan atmosfera ham juda siyrak va yupqadir. Oy esa, 
gravitatsiyasi juda-juda kichik bo‘lganida, o‘zida atmosferani umuman tutib tura olmaydi va 
shu sababli, bizning tabiiy yo‘ldoshimizda atmosfera umuman yo‘q.
Koinotdan yana ona Yerimizga qaytamiz. Yer qobig‘ida juda oz bo‘lsa-da harholda 
vodorod mavjudligini yuqorida aytib o‘tdik. Okean va dengizlar suvlarida esa vodorod juda 
ko‘p. Axir, yaxshi bilasizki, suv molekulasi – H
2
Oning uchdan ikki qismini aynan vodorod 
tashkil qiladi. Vodorod shuningdek tirik organizmlar hayoti uchun ham juda muhim 
elementdir. Xususan, odam tanasining 3/5 qismini ham vodorod tashkil qiladi.
Oddiy sharoitda vodorod gaz holatida bo‘ladi. Kislorod suyuqlanadigan haroratda ham 
vodorod gazligicha qolaveradi. Vodorod ham baribir oxir-oqibat suyuqlikka yoki qattiq 
moddaga aylanadi. Lekin buning uchun juda-juda past haroratlar talab etiladi.
Barcha gazlar ichida tabiiyki, eng yengili vodoroddir. Odatda, o‘rtacha kattalikdagi 
(3,5×4,5×2,5) odatiy sharoitdagi xona havosi taxminan 68 kg atrofida vaznga ega bo‘ladi. 
Agar, shunday o‘lchamli xonani faqat vodorod bilan to‘ldirilsa, undagi havo atiga ≈4,5 kg 
vaznga ega bo‘lgan bo‘lur edi.
Lo‘ndasini aytganda, vodorod o‘zining barcha agregat holatlarida, ya'ni, suyuq holatida 
ham, gaz holatida ham va qattiq holida ham, baribir shu agregat holatdagi moddalar ichida eng 
yengil modda bo‘lib qolaveradi. Masalan, bir litr suv taxminan 900 gramm vaznga ega bo‘ladi. 
Bir litr suyuq vodorod esa, atiga 58 gramm tosh bosadi.
Vodorod o‘ta yengilligi – uning eng muhim va eng ajoyib xossasidir. Yog‘och nima 
uchun suvda cho‘kmay, sirtda suzib yuradi? Chunki, yog‘och suvdan yengil bo‘ladi. Xuddi 
shunday, vodorod ham havoda suzib yuradi.
Agar sharni vodorod bilan to‘ldirsangiz va uni qo‘yib yuborsangiz, u osmonu-falakka 
uchib ketadi. Agar, sharga biror yuk boylab qo‘yilsa, shar uni ham o‘zi bilan ko‘tarib ketadi. 
Sharning hajmi qanchalik katta bo‘lsa, u shunga mos ravishda, yanada og‘irroq yuklarni ham 
ko‘taraveradi. Agar sharni yetarlicha katta hajmda vodorod bilan to‘ldirilsa, u hatto odamni 
ham ko‘tarib uchib ketishi mumkin.
Vodorodli shar uchishi mobaynida, u ko‘tarilib borayotgan havo zichligi kamayib 
boradi. Shu sababli, sharning tezligi ham pasayib boradi. Oxir-oqibat shar muayyan bir 
nuqtagacha chiqib, to‘xtaydi. Agar, unga ilingan yukni olib tashlansa, shar yana biroz 
ko‘tariladi va yana to‘xtaydi. Agar, shardan vodorodning bir qismini chiqarib tashlansa, shar 
o‘zining og‘irligi hisobiga biroz pastlaydi. Siz, havo sharlari aynan shu tamoyil asosida parvoz 
qilishini yaxshi bilsangiz kerak.
Havo sharlari – nisbatan yangi ixtirolar sirasiga kiradi. Odamni ko‘tara oladigan 
darajadagi katta havo sharini eng birinchi bo‘lib 1783-yilda Fransiyada, aka-uka Jozef va Etyen 
Mongolfyelar tomonidan yasalgan. Lekin aka-uka Mongolfyelar sharni to‘ldirish uchun 
vodoroddan emas, shunchaki qizigan havodan foydalanishgan. Qizigan havo – oddiy havodan 
ko‘ra siyrakroq va yengilroq bo‘ladi va u ham sharni muayyan masofagacha ko‘tarishi 


24 
mumkin. Lekin, havo sharini ko‘tarish uchun vodorodni tadbiq qilish ham atiga bir necha 
oydan keyin sinab ko‘rilgan.
Odatda, bunday havo sharlari havoga ko‘tarilgach ixtiyori o‘zida bo‘lmaydi va shamol 
qayoqqa olib ketsa, o‘sha yoqqa uchaveradi. Lekin, agar havo shariga biroz yoqilg‘i zahirasi 
bilan motor o‘rnatib uchilsa, yetarli balandlikka erishgandan so‘ng, motorni ishga tushirib, 
havo sharini kerakli yo‘nalishda boshqarish mumkin bo‘ladi. Bunday boshqariladigan havo 
sharlarini dirijabl deyiladi.
Tarixda ilk muvaffaqiyatli parvoz qilgan dirijablni 1900-yilda Germaniyada graf 
Ferdinand fon Zeppelin tomonidan yasalgan edi. Zeppelin oddiy havo sharlaridan farli 
ravishda, vodorod bilan to‘ldiriladigan hajmni alyuminiydan yasagan. 1930-yillargacha 
bunday dirijabllarga bo‘lgan qiziqish jahonning rivojlangan mamlakatlarida juda yuqori 
bo‘lgan. 30-yillarda Buyuk Britaniya, AQSH, Italiya va Fransiyada dirijabl yasash nihoyatda 
istiqbolli yo‘nalish sanalib, hatto sanoat miqyosigacha olib chiqmoqchi bo‘lishgan. O‘sha 
paytlarda eng mukammal va ulkan dirijabllar Germaniyada ishlab chiqarilgan. Nemislar bu 
sohada ham jahonda yetakchilik qilishgan. Yevropaning yirik shaharlari orasida dirijabl 
qatnovlari ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, butun ko‘hna qit’a bo‘ylab 150 dan ziyod dirijabl 
parvoz qilgan.
Bunday dirijabllar juda ulkan o‘lchamlarga ega bo‘lib, ularning ba’zilari o‘sha davrning 
eng baland binolaridan ham katta bo‘lgan. Ulkan vodorod miqdori joylashtirilgan katta hajmli 
sig‘im ostida, yo‘lovchilar joylashadigan alohida kabina (bort) bo‘lgan. Vodorod sig‘imiga 
qaraganda, ushbu bortning hajmi deyarli sezilarsiz kichik bo‘lgan. Shunga qaramay, 30-
yillarning o‘rtacha kattalikdagi dirijabllari ham o‘z bag‘riga 100 nafarga yaqin yo‘lovchini olib 
parvoz qila olgan. Bu davrga oid dirijabl parvozlarida eng muvaffaqiyatli ishtirok etgan va 
aytish mumkinki, eng ishonchli parvoz qilgan dirijabl bu - «graf Zeppelin» dirijabli bo‘lgan. 
Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu dirijabl, uni loyihalagan konstruktorning sharafiga 
nomlangan. «Graf Zeppelin» dirijabli juda ko‘p bora transatlantik parvozlarni amalga oshirgan 
va hatto dunyoni aylanib chiqish parvozini ham uddalagan. 
Dirijabllar ichida eng ulkani - «Gindenburg» dirijabli bo‘lgan. Biroq, aynan 
«Gindenburg» - dirijabllarga bo‘lgan ishonchning batamom yo‘qolib, pirovardida, dirijabllar 
flotining barbod bo‘lishiga sabab bo‘lgan. «Gindenburgni» o‘zini to‘ldirib turgan gaz, ya'ni, 
aynan vodorod halok qilgan. Keling, bu falokatning sababini tahlil qilamiz:
Vodorod aslida juda faol element. Vodorod molekulalari kislorod molekulalari bilan 
birikishi mumkin. Agar, shu holat yuz bersa, jarayonda oz miqdorda bo‘lsa-da, issiqlik va 
yorug‘lik hosil bo‘ladi – ya'ni, energiya ajralib chiqadi. Boshqacha aytganda, vodorod – havoda 
yonadi. Yonganda ham kuchli alanga bilan, och-havorang olov ko‘rinishida yonadi.
Siz albatta bunday olovni ko‘rgansiz. Chunki, xonadonlarda ovqat pishirish uchun 
foydalaniladigan tabiiy gaz ham tarkibida asosan vodoroddan iborat (tabiiy gaz asosan metanda 
iborat, metan tarkibida esa, bir atom uglerod va to‘rt atom vodorod mavjud, kimyoviy 
formulasi – CH
4
). Demakki, biz maishiy gaz plitasida ovqat pishirganimizda, yoki choy 
qaynatganimizda, amalda vodorodning yonishidan hosil bo‘lgan energiyadan foydalanamiz.


25 
Sanoatda esa bunday maqsadlar uchun maxsus vodorodli mash’alalar (fakellar) 
qo‘llaniladi. Metall gaz ballonlarida katta bosim ostida saqlanadigan toza vodorod bir truba 
orqali yo‘naltiriladi. Yo‘l-yo‘lakay, unga boshqa trubadan toza kislorod aralashtiriladi. 
Aralashuv deyarli trubalarning eng oxirida yuz beradi (chunki, trubalar chiqish joyiga juda 
yaqin qolgandagina tutashtiriladi). Ushbu gaz aralashmasi yonganida, juda katta harorat bilan 
alangalanadi. Bunday mash’alani kislorod-vodorod gorelkasi deyiladi. Bunday mash’aladagi 
olovning harorat shu darajada katta bo‘ladi-ki, unning yordamida hatto po‘latni ham xuddi 
pichoq bilan moy kesgandek kesish mumkin. Bunday kesish dastgohlaridan sanoatda va 
metallurgiyada keng foydalaniladi. Ushbu turdagi kesish ishlarini bajarayotgan ustalar, maxsus 
himoya ko‘zoynagi va bosh shlemi bilan ishlashadi. Chunki, vodorod yonishi chog‘ida juda 
yorqin nur ajralib chiqadi va ko‘zni kuchli qamashtirib, turli ko‘z kasalliklariga olib kelishi 
mumkin.
Reaktiv snaryadlar uchun yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan moddalar – kerosin va spirt 
kabilar asosan vodorodning yonish evaziga energiya beradi. Aslida suyuq vodorod eng afzal 
va kuchli energiyali yoqilg‘i bo‘lishi kerak edi. Lekin, vodorodni suyuq holatda ushlab turish 
uchun juda-juda past haroratlar talab etiladi va odatiy sharoitlarda vodorodni suyuq holda tutib 
favqulodda darajada o‘ta mushkuldir. 
Vodorodning yonishida energiya olish – juda yaxshi samarali jarayon. Lekin, aynan 
vodorod yonmasligi zarur bo‘lgan, uni shunchaki gaz sifatida tutib turish kerak bo‘lgan 
holatlarda, xususan, dirijabllarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash eng birinchi darajali 
masalaga aylanadi. Vodorod juda oson alangalanadi va ayniqsa, kislorod mavjud bo‘lgan 
sharoitda (kislorod esa, atmosferada doim hoziru-nozir) vodorod va kislorod o‘zaro o‘ta xavfli 
portlovchi aralashma hosil qiladi. Kislorod va vodorod aralashmasini kimyogarlar paqildoq 
gaz ham deyishadi. Chunki u portlashida kuchli paqillagan (gumburlagan) ovoz chiqarib 
portlaydi.
Albatta, dirijabllarni loyihalagan va uni tasarruf etgan muhandislar bu borada eng qat’iy 
xavfsizlik choralarini ko‘rishgan. Tabiiyki, dirijabl bortida chekish qat’iyan ta’qiqlangan va 
har qanday turdagi olovdan foydalanish ma’n etilgan. Boz ustiga, dirijablda, juda kichik 
uchqun kelib chiqishi ham yong‘inga sabab bo‘lishi ehtimoli katta bo‘lgan. Shu sababli, dirijabl 
yo‘lovchilariga bir-biriga ishqalanganda uchqun paydo qiladigan kiyimlar kiymaslikni va 
uchqun hosil qilishi mumkin bo‘lgan buyumlardan parvoz vaqtida foydalanmaslikni tavsiya 
qilishgan. Hatto, poyabzallarning tagcharmi mixlangan yo‘lovchilardan poyabzalni 
almashtirish talab etilgan. Chunki, bunday poyabzal bilan yurganda, dirijablning metall poliga 
ishqalanish natijasida uchqun chiqishi xavfi mavjud bo‘lgan. 
Shunday eng qat’iy yong‘in xavfsizligi choralari ko‘rilganiga qaramay, 1937-yilning 6-
may sanasida, o‘sha paytning eng ulkan dirijabli bo‘lgan «Gindenburg», Germaniyadan 
AQSHga transatlantik parvozni amalga oshirib, qo‘nishga hozirlanayotgan paytida yonib 
ketgan... Voqea Nyu-Jersi shtatining Leykxors uchish-qo‘nish maydonchasida sodir bo‘lgan. 
Dirijabl bortida chiqqan yong‘in, atiga bir necha soniya ichida butun konstruksiyani qamrab 
olib, 36 nafar insonning o‘limiga sabab bo‘lgan. Fojea o‘sha payda dirijabl haqida kinoxronika 
tasvirlarini hozirlash uchun avvaldan tayyor turgan operator tomonidan tasvirga tushirilgan edi. 


26 
Albatta, operator aslida, «Gindenburg»ning qo‘nishini va undan baxtli yo‘lovchilar tushib 
kelishini tasvirga tushirmoqchi edi. Biroq, uning kamerasi insoniyat tarixidagi eng katta 
fojialardan birini tarixga muhrladi.
«Gindenburg» fojiasi tasvirlari bir necha oy ichida butun jahonni aylanib chiqdi va 
odamlar ongida dirijabllarga bo‘lgan ishonchning uzil-kesil yo‘qqa chiqishiga sabab bo‘ldi. 
O‘shandan buyon, jahonning hech bir mamlakatida birorta ham bunaqa katta dirijabl 
yasalmagan va dirijabllar yo‘lovchi tashish maqsadlarida qo‘llanilmay qo‘ygan. Havo 
parvozlari bilan yo‘lovchi tashish sohasini esa, to‘laligicha samolyotlar egalladi... 
Albatta, yong‘in – juda xatarli va ayovsiz kulfat. Lekin yong‘in - vodoroddan 
foydalanishdagi yagona xatar omili emas. Vodorod oz-mozdan havoga, yoki, kislorod muhitiga 
chiqib turgan paytda, uning yonishi jarayonini nazorat qilish, hamda, yonish energiyasidan 
kerakli maqsadda foydalanish ham mumkin. Lekin, kislorod va vodorod muayyan aniq 
nisbatlar doirasida aralashsa, juda xatarli portlashga kuchli moyil bo‘lgan gaz aralashmasi 
yuzaga keladi. Bunday o‘ta xatarli aralashma uchun juda kichik, arzimas uchqun ham, halokatli 
vayronkor portlash yuzaga kelishiga kifoya qiladi. 
Siz bino va inshootlarda gaz to‘planib qolishi natijasida portlash kelib chiqqan holatlar 
haqida, favqulodda vaziyatlar boshqarmasining axborotnomalari, yoki, ogohlantiruv xabarlari 
orqali albatta eshitgan bo‘lsangiz kerak. Uyda maishiy foydalaniladigan tabiiy gazning ham 
tarkibining asosiy qismi vodorod ekanini inobatga olsak, qarovsiz qoldirilgan, yoki, ochiq qolib 
ketgan gaz kranlaridan tabiiy gazning chiqib, xonaga to‘planishi natijasida, xona havosida 
avvaldan mavjud bo‘lgan kislorod bilan aralashma hosil bo‘ladi va u portlashga xavfli, juda 
xatarli aralashmaga aylanadi. Bunday hol kuzatilsa, ya'ni, xonaga gaz to‘planib qolganini 
sezsangiz, xonada uchqun chiqarishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatni bajarishdan tiyilish 
va zudlik bilan xonani shamollatish chorasini ko‘rish zarur. Bu jarayonda ayniqsa uydagi elektr 
jihozlarini, hatto chiroqni ham yoqish (yoniq turgan bo‘lsa o‘chirish ham) mumkin emas! 
Chuni, aytilganidek, juda arzimas uchqun ham kuchli portlashga sabab bo‘lishi va ayanchli 
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagilarni o‘qib, vodorod faqat salbiy jihatlari bilan mashhur ekan degan fikrga 
borish – noto‘g‘ri ish bo‘ladi. Aslida vodorod odamzot uchun nihoyatda foydali bo‘lgan boshqa 
xossalari bisyor. Xususan, o‘simlik moyining sifatini oshirishda vodorod juda muhim 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Ayniqsa, paxta moyining sifati, unga vodorod bilan ishlov berish bilan 
kuchli o‘zgaradi. 
Paxta chigitidan olinadigan moy paxta keng ko‘lamda yetishtiriladigan mamlakatlarda, 
xususan, O‘zbekistonda ham katta miqdorlarda ishlab chiqariladi. Biroq, paxta moyining hidi 
boshqa o‘simlik moylariga qaraganda, aytaylik, zaytun moyiga nisbatan yoqimsizroq bo‘ladi. 
Paxta moyi molekulasida ko‘p miqdorda (ellikka yaqin) vodorod atomlari mavjud bo‘ladi. 
Lekin, paxta moyi molekulasini vodorod atomlari bilan yanada boyitish imkoni mavjud. 
Chunki, paxta moyi molekulasida yana bir necha vodorod atomlarini biriktirib olish uchun 
kimyoviy erkin bog‘lar bo‘lib, ushbu bog‘larga tashqarida qo‘shimcha vodorod atomlarini 
biriktiriladi. Vodorod bilan boyitilgan (to‘yintirilgan) paxta moyi molekulasining fizik 


27 
xossalari ijobiy o‘zgarib, u endi qattiq yog‘ ko‘rinishiga o‘tadi. Bunday oq yog‘ paxta moyining 
yoqimsiz hididan qutulgan bo‘ladi va iste’mol uchun yaroqli holga keladi (shuning uchun ham 
xalq orasida paxta moyining shuningdek «oq yog‘» deb ham yuritiladi).
Paxta moyini bu tarzda vodorod atomlari bilan to‘yintirish jarayonini mutaxassislar 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling