Koinotning qurilish ashyolari


KIMYOVIY ELEMENTLARNING MENDELEYEV DAVRIY JADVALI


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

KIMYOVIY ELEMENTLARNING MENDELEYEV DAVRIY JADVALI 


13 
I-BOB: KISLOROD – NAFAS ELEMENTI 
Davriy jadvalda kislorod 8-raqam 
ostida joylashgan. U Yer sayyorasida eng ko‘p 
tarqalgan elementdir. Sayyoramizning deyarli 
yarmisini aynan kislorod atomlari tashkil 
qiladi. Birgina Yer qobig‘ining 16-km 
qalinlikdagi eng yuqori yuza tashqi qismining 
o‘zida umumiy massaning 1/3 qismi kislorod 
atomlaridan iborat.
Kislorod 
quruqlikdagi 
ko‘plab 
birikmalarning tarkibida mavjud bo‘ladi. Ya’ni, 
u boshqa ko‘plab turdagi atomlar bilan birikib, 
xilma-xil molekulalar hosil qila oladi. Bizni 
o‘rab turgan havoda esa kislorod alohida 
element sifatida mavjud. Havoning 1/5 qismi 
ikki atomli kisloroddan iborat bo‘ladi. Shu kabi, ikkita kislorod atomlaridan iborat molekulani 
kislorod molekulasi deyiladi. 
Kislorod nafaqat eng keng tarqalgan element, balki, Yerdagi hayot mavjudligi uchun 
eng muhim va zaruriy element hamdir. Biz nafas olganimizda o‘pkamizga havo to‘playmiz. 
O‘pkada esa, havodagi kislorod organizm ehtiyojlari uchun singdirib olinadi. Tanamizga 
tushgach, kislorod atomlari oziq-ovqatlar orqali kirib kelgan boshqa moddalar bilan birikadi. 
Shu tariqa, organizmning hayoti va faoliyati uchun zaruriy energiya ishlab chiqariladi.
Tanamizni kislorod bilan muttasil ta’minlab turish uchun biz to‘xtovsiz nafas olishimiz 
kerak. Uyquda ham, uyg‘oqlikda ham, harakatlanayotib ham, ovqat iste’mol qilayotganda 
ham... xullas, uzluksiz nafas olib-chiqarib turishimiz shart. Odam tanasi ovqat iste’mol qilmasa 
bir necha haftagacha ochlikka chidashi mumkin. Suv iste’mol qilinmasa esa chanqoqqa chidash 
atiga bir necha kun davom etadi. Lekin kislorodsiz esa hech qancha muddat yashab bo‘lmaydi. 
Kislorodsiz muhitda eng chidamli odam ham ko‘pi bilan 5 daqiqaga bora oladi xolos.
Kislorod haqida ko‘pchilik yaxshi biladigan narsa shuki, u birinchi navbatda biz nafas 
oladigan gaz. Shuning uchun, avvaliga gaz o‘zi nima ekanini tushuntirib o‘tsam.
Biz kundalik turmushda o‘z yon-verimizda ko‘radigan narsalarning asosiy qismi qattiq 
moddalardir. Ya’ni, bunday moddalar qandaydir yaxlit, butun shakldagi narsalar bo‘lib, o‘z 
shaklini o‘zi barqaror saqlab tura oladi. Ba’zi qattiq narsalar xuddi g‘isht yoki tosh singari juda 
qattiq bo‘lishi mumkin; boshqalari esa, mum singari sal yumshoqroq qattiq bo‘ladi. Qattiq 
moddalar xuddi temiryo‘l relsi singari o‘ta qattiq va bukilmas bo‘lishi, yoki, po‘lat prujina 
singari egiluvchan bo‘lishi mumkin. Ular shuningdek, rezina koptok singari elastik, qog‘oz 
singari yirtiluvchan bo‘la oladi. Lekin, har qanday holatda ham, qattiq modda butun bo‘lak 
tarzida qoladi.


14 
Qattiq moddalarning molekulalari o‘zaro anchayin mustahkam bog‘langan bo‘ladi. 
Muayyan molekula faqat o‘ziga tegishli aniq bir joyda barqaror turadi. Qattiq moddalarda 
molekulalar o‘z joyidan siljimay turadi desak xato mubolag‘a bo‘lmaydi.
Agar qattiq moddalarni qizdirilsa, undagi molekulalar harakatlana boshlaydi va o‘z 
joyini o‘zgartirishga o‘tadi. Haroratni orttirib borilsa, modda molekulalari bir-birga ishqalanib, 
o‘zaro bir-birining ustida harakatlana oladigan darajaga yetish mumkin. Ya’ni, moddani tashkil 
qiluvchi molekulalar erkin harakatlana oladigan vaziyat hosil bo‘ladi. Shunday holat yuzaga 
kelganida, qattiq modda eriyotgan bo‘ladi. Qattiq modda eriganda, u suyuqlikka aylanadi.
Albatta, bizga eng yaxshi tanish suyuqlik bu – suvdir. Lekin, biz boshqa suyuqliklarni 
ham yaxshi bilamiz. Masalan, benzin, o‘simlik moyi, spirt va ho kazolar. Qattiq moddalardan 
farqli o‘laroq, suyuqliklar o‘z yaxlitligini saqlab tura olmaydi. Masalan, siz suvning bir 
bo‘lagini ajratib ololmaysiz. Uni albatta biror barqaror shaklga ega idishga quyish kerak 
bo‘ladi.
Lekin, qattiq jismlar qizdirilganda, haroratning ortishi har doim ham erishga olib 
kelmaydi. Agar, moddani tashkil qiluvchi molekulalarning tuzilishi yetarlicha murakkab 
bo‘lsa, bunday moddalarga harorat ortishi erishga emas, balki parchalanishga olib kelishi 
mumkin. Masalan, oddiy shakarni qizdirilsa, u ko‘mirga aylanib, uchuvchan fraksiyalarni 
ajratib chiqaradi. Ya’ni, u parchalanadi. Ayrim holatlarda esa shunday parchalanish jarayoni 
juda tez va shiddat bilan kechadiki, natijada modda shunchaki oddiy parchalanmasdan, balki 
katta kuch bilan portlaydi. Xususan, dinamit bilan shunday bo‘ladi.
Suyuqliklarning molekulalari bir-biri bilan u qadar chambarchas bog‘liq bo‘lmasa-da, 
lekin baribir, ular o‘zaro ancha yaqin joylashgan bo‘ladi. Suyuqlik qizdirilganida, uning 
molekulalari o‘zaro bog‘liqlikni uzib, turli tarafga alohida-alohida uchib keta boshlaydigan 
harorat darajasiga yetib boradi. Ya’ni, suyuqlik qaynaydi. Qaynaganda esa, suyuq modda gaz 
holatiga o‘ta boshlaydi.
Moddaning ushbu sanab o‘tilgan qattiq, suyuq va gaz holatlari moddaning uch xil 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling