Koinotning qurilish ashyolari
IV-BOB: GELIY – O‘ZIGA TO‘Q ELEMENT
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
IV-BOB: GELIY – O‘ZIGA TO‘Q ELEMENT
Quyosh nuri aslida biz ko‘rganimizdek zarrin sariq emas, balki, tabiatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha ranglar yig‘indisidan iboratdir. Agar Quyoshdan kelayotgan yorug‘lik nurlarini uchburchak shisha shaklidagi prizmadan o‘tkazilsa, yorug‘lik tarkibiy ranglarga taqsimlanib, xuddi kamalak misol jilvalana boshlaydi. Yorug‘likning bu tarzda tarkibiy ranglarga taqsimlanishini spektr deyiladi. Kimyoviy elementlar ham yuqori haroratlargacha qizigan chog‘da ulardan chiqayotgan yorug‘lik nurlarining spektrdan o‘tkazilsa, hosil bo‘lgan spektr turli ranglardagi yorqin chiziqlar namoyon qiladi. Bu chiziqlar ketma-ketligini spektral chiziqlar deyiladi. Tabiatda har bir element faqat o‘zigagina xos bo‘lgan va boshqa elementda takrorlanmaydigan shunday spektral chiziqlar ketma-ketligiga ega. Agar siz muayyan spektral chiziqlar ketma-ketligini kuzatayotgan bo‘lsangiz, undagi yorqin chiziqlar va qora chiziqlar ketma-ketligiga asoslanib, mazkur nurni aynan qaysi kimyoviy element chiqarayotganini aniqlashingiz mumkin bo‘ladi. Astronomlar xuddi shu usul bilan yulduzlarning qanday elementlardan tarkib topganini bilib oladilar. Aynan shu usul vositasida o‘z vaqtida yulduzimiz – Quyoshning qanday kimyoviy elementlardan tuzilgani aniqlangan edi. 1868-yilda Quyosh tutilishi hodisasi kuzatilgan. Quyosh tutilishi Quyoshni o‘rganish uchun g‘oyat qulay paytdir. Chunki, bu paytda Quyoshning asosiy gardishi Oy tomonidan to‘sib qo‘yiladi va teleskop orqali Quyoshning chetki qismlarini, ayniqsa, Quyosh toji va tashqi atmosferasini kuzatish mumkin bo‘ladi. Quyosh o‘zi charaqlab turgan boshqa odatiy paytda esa buning iloji bo‘lmaydi. O‘sha 1868-yilgi Quyosh tutilishini farang astronomi Pyer Jansen va ingliz astronomi ser Jozef Normann Lokyer ham kuzatishgan. Ularning maqsadi Quyoshning spektral chiziqlarini o‘rganish va shu orqali, bizning yulduzimiz nimalardan tarkib topganini aniqlashdan iborat edi. Olimlar Quyosh tutilishidan olgan spektral chiziqlarni sinchiklab tahlil qilishga kirishishdi. Ular olingan chiziqlarni o‘zlariga ma’lum elementlar chiziqlari bilan solishtirib chiqib, spektrda fanga ma’lum hech qaysi element spektri bilan mos kelmaydigan g‘alati chiziqlar ketma-ketligini aniqlashgan. Bu shubhasiz yangi kimyoviy element edi. Chunki, yuqorida aytilgandek, tabiatda biror-bir kimyoviy elementning spektral chiziqlari boshqasinikini takrorlamaydi va hamma elementning chiziqlari faqat o‘zigagina xos bo‘ladi. 39 Lokyer ushbu Quyoshdan aniqlangan yangi kimyoviy elementga «geliy» (yunoncha helios) deb nom berishga qaror qildi. Ushbu nom asl mohiyatida «Quyosh» degan ma’noni bildiradi. Olimning muddaosi ayon: u element dastavval Quyoshdan aniqlanganiga ishora bermoqchi bo‘lgan. 1898-yilda yana bir ingliz kimyogari ser Uilyam Ramzay uran rudasining bir turidan ajratib olingan gaz tarkibini tadqiq qilishga kirishadi. Tajribalardan birida u mazkur gazni qizdirilganda chiqadigan yorug‘lik nurlarini ham o‘rganishga qaror qiladi va uning spektral chiziqlarini kuzatadi. Va Ramzay o‘zi kuzatayotgan spektral chiziqlarni ko‘rib hayratda qolgan edi. Chunki, u olgan spektral chiziqlar Lokyer Quyoshdan aniqlagan geliy elementining spektral chiziqlari bilan aynan mos kelardi va uning ranglari ham bir-biri bilan bir xil bo‘lib chiqqandi. Tasavvur qilyapsizmi, element avval Quyoshda aniqlanganidan 30 yil o‘tibgina Yer sharoitida ham topilgan! Geliy davriy jadvalda 2-raqamli elementdir. U vodoroddan keyin eng sodda atom tuzilishiga ega bo‘lgan element sanaladi va balki shu sababdan, geliy – Koinotda eng keng tarqalgan elementlar ichida ikkinchi o‘rinda turadi (undan faqat vodorod ko‘p xolos). Biz vodorod haqidagi bobda aytganimizdek, Koinotdagi atomlarning deyarli 90% qismi vodoroddir. Geliy ham bu jihatdan salmoqli o‘rin egallaydi. Zero, Koinotdagi atomlarning 9% qismini aynan geliy atomlari tashkil qiladi. Qolgan barcha elementlar birgalikda bo‘lsagina, Koinotdagi umumiy atomlar sonining qolgan 1% ulushini egallaydi xolos. Geliy Yerda juda-juda kam tarqalgan. U shu darajada yengil va uning molekulalari shu darajada tezkorki, sayyoramizning tortishish kuchi ularni ushlab turishga qodir emas. Lekin tashqi sayyoralar atmosferasida nisbatan ko‘p miqdorda geliy mavjud. Chunki, ulkan sayyoralarning o‘ziga mos ulkan gravitatsiyasi tezkor va yengil geliyni ham sayyora yaqinida tutib tura oladi. Yerda geliy vodoroddan ham kam uchraydi. Birinchidan, u shunchaki juda oz. Ikkinchidan, maishiy tilda aytganda, geliy atomlari o‘ziga to‘q va o‘ziga tinch. Ilmiy jihatdan aytsak esa, geliy – boshqa elementlar atomlari bilan birikmalar hosil qilishga umuman moyilligi yo‘q. Nafaqat boshqa elementlar bilan, balki, geliy atomlari bir-biri bilan ham o‘zaro birikmaydi. Gazsimon holatdagi geliy alohida-alohida holdagi, yakka-yakka atomlardan iborat bo‘ladi. Ya’ni, geliy – bir atomli gazdir. Siz kislorod va vodorod atomlari albatta ikkita- ikkitadan birikib, ikki atomli molekula hosil qilishini avvalgi boblardan bilib olgansiz. Ozon esa uch atomli gaz ekanini ham eslasangiz kerak. Vodorodning muayyan qismi o‘zidan og‘irroq bo‘lgan boshqa atomlar bilan birikmalar tarkibida Yerda qolgan. Shu sababli ham Yerda vodorod geliydan ko‘ra ko‘proq. Geliy esa hech qaysi element bilan birikma hosil qilmaydi va shu sababli ham u sayyoramizda deyarli qolmagan. Agar siz davriy jadvalga diqqat bilan razm solsangiz, geliyning 10, 18, 36, 54 va 86 raqamli elementlar bilan bir guruhdan o‘rin olganini ko‘rasiz. Ushbu elementlarning barchasi bir-biri bilan muayyan o‘xshashlikka ega. Ularning o‘zaro o‘xshash bo‘lgan eng asosiy jihati shuki, ularning barchasi aynan gazlar bo‘lib, boz ustiga, ular boshqa atomlar bilan deyarli yoki, 40 mutlaqo birikmaydi. Ularning barchasi tabiatda bir atomli gaz ko‘rinishida tarqalgan. Ushbu gazlar deyarli hech qaysi atom va molekulalar bilan birikma hosil qilmasligiga e’tiboran, ularni Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling