Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

Azot molekulasi ikki atomdan iborat bo‘ladi. Bu sizga kislorod va vodorodni eslatgan 
bo‘lsa kerak. Lekin, vodorod va kisloroddan farqli ravishda, azot molekulasidagi atomlar bir-
biri bilan ancha mustahkam bog‘langan bo‘ladi. Azot atomlarning bir-biri bilan bog‘lanish 
mustahkamligi shu darajada pishiqki, ularni alohida holatda, yakka atom holatida ajratish juda 
qiyin va azot atomi boshqa element atomlari bilan bog‘lanishi ham mushkul.
Natijada, azot molekulalari boshqa elementlarga nisbatan odatda loqayd va unchalik 
ham kirishimli bo‘lmaydi. Azotning boshqa elementlar bilan reaksiyaga kirishishi va azotli 
birikmalar hosil qilishi juda qiyin. Buning uchun maxsus sharoitlar talab etiladi. Oddiy 
sharoitlarda esa azot nisbatan inert bo‘lib qolaveradi. Azot shuningdek kislorodli muhitda 
yonmaydi ham. Shuningdek, azotli muhitda ham deyarli hech qanday modda yonmaydi. Shu 
sababli ham, azot inert element sanaladi. 
Lekin, azot inert gaz ekanligi, uni umuman foydasiz deyish uchun asos bo‘la olmaydi. 
Odamzot uchun o‘ta foydali bo‘lgan ayrim o‘rinlarda aynan azotning inertlik xossasi qo‘l 
keladi.
Masalan, chog‘lanma lampa ichida juda ingichka metall sim bo‘lib, u orqali elektr toki 
o‘tganida u chog‘lanib, o‘zidan yorug‘lik tarqata boshlaydi. Agar, shunday lampochka ichida 
oddiy havo to‘ldirilgan bo‘lganida, ichkaridagi ingichka metall sim darhol kislorod bilan 
birikib, kuyib ketgan bo‘lardi. Shu sababli, avvallari lampochka ishlab chiqarishda, ichkaridagi 


31 
havoni shunchaki so‘rib olib, vakuum hosil qilinar edi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan, vakuum ham 
bu holat uchun unchalik ham yaxshi yechim emasligi oydinlashdi. Vakuumda qizigan ingichka 
sim metali oson bug‘lanib ketar ekan va bu lampochkaning xizmat muddatini birmuncha 
qisqartirib yuborishi aniqlandi. Chunki, qizigan metall bug‘lanib, borgan sari yana va 
ingichkalashib ketar ekan va oxiri u uzilib, chiroq o‘chadi. Shu sababli, keyinroq chog‘lanma 
lampalarning ichida azot bilan to‘ldiriladigan bo‘ldi. Azot yetarlicha inert bo‘lgani uchun, u 
ingichka simning metali bilan reaksiyaga kirishmagan, hamda, uning bug‘lanib ketishiga ham 
yo‘l qo‘ymagan. Azotning o‘zi rangsiz bo‘lgani sababli, u bilan to‘ldirilgan lampochka ham 
o‘z tiniq va shaffofligini yo‘qotmagan. Shu tariqa, lampochkaning xizmat muddati ham 
sezilarli uzaygan.
Ba’zi metallarni payvandlash uchun o‘ta yuqori haroratda qizdirish talab etiladi. Bu esa, 
o‘z navbatida, metallni havodagi kislorod bilan reaksiyaga kirishib ketishiga sabab bo‘ladi. Shu 
sababli, bunday holatda metallni oksidlanib qolishdan himoyalash uchun, payvandlash joyini 
muttasil azot bilan shamollatib turiladi. Azot payvand chokiga kislorod tushishini to‘sib 
qo‘yadi.
Lekin, azotning o‘zi hayot uchun keraksiz degan fikr butunlay noto‘g‘ri. Garchi u nafas olishda 
ishtirok etmasa-da, lekin, tarkibida azot tutuvchi ko‘plab moddalar borki, ular organizm uchun 
o‘ta muhim va ularsiz hayot imkonsiz bo‘lgan bo‘lur edi. Odam va Yerdagi barcha tirik 
mavjudotlar organizmidagi favqulodda muhim hayotiy moddalarning barchasi tarkibida azot 
tutadi.
Organizm o‘zidagi azotni qayerdan oladi? Odam ham, boshqa jonivorlar ham havodagi 
azotni o‘z-o‘zidan qabul qila olmaydi. Bizga olgan nafas bilan o‘pkamizga kirib keladigan 
azotning umuman foydasi yo‘q va qanday kirgan bo‘lsa, shunday chiqib ketadi. Bizning 
organizmimizga azot, o‘zimiz iste’mol qilayotgan ozuqa moddalar tarkibidan kirib keladi.
Odam iste’mol qiladigan ozuqaning katta qismi go‘shtdan iborat bo‘ladi. Aynan go‘sht 
tarkibida azot ko‘p. Unda, go‘sht yemaydigan o‘txo‘r hayvonlar azotni qayerdan oladi? Ular 
esa, o‘z ozuqasi tarkibidan – o‘simliklardan azot qabul qiladi. Agar biz shu tariqa zanjirni qarab 
chiqsak, bizga ham, boshqa jonivorlar organizmiga ham azot o‘simliklar orqali kirib kelishi 
ma’lum bo‘ladi.
O‘simliklar o‘zi azotni qayerdan oladi? O‘simliklar azotga tuproqdagi muayyan azotli 
birikmalarni o‘zlashtirish orqali ega bo‘ladi. Bunday azotli birikmalarni nitratlar deyiladi. 
Yuqorida esga olingan selitra moddasi ham nitratlar turkumiga mansubdir.
O‘simliklar va hayvonlar hayotini yakunlab, tanasi chirishga o‘tganida, ularning 
tanasida mavjud bo‘lgan azotning katta qismi tuproqqa singib, o‘simliklar uchun qayta iste’mol 
uchun yaroqli bo‘lib qoladi. Tabiiyki, o‘simliklar ushbu azotni ham o‘zlashtiradi. Bunday 
tarzda azot bilan to‘yingan tuproq unumdir va serhosil bo‘lib qoladi. Hayvonlarning ovqat 
hazm qilishidan ortgan chiqindi moddalari, ya’ni, tezagi ham ko‘p miqdorda azotga ega 
bo‘ladi. Shu sababli, hayvon tezagi bilan yerni azotlash uchun muhim sanaladi. Biz buni 
oddiygina qilib o‘g‘it deymiz. Ayniqsa, yil davomida ko‘p miqdorda to‘plash mumkin bo‘lgan 


32 
uy chorva hayvonlari, yoki, ot va mol fermalardagi go‘ng dehqonchilik uchun muhim o‘g‘itlash 
manbai hisoblanadi. 
Azotli birikmalarning bu tarzda tuproqdan o‘simliklarga, o‘simliklardan hayvonlarga 
va hayvonlardan yana tuproqqa qaytish sikl zanjirini fanda azot va azotli birikmalarning tirik 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling