Agar banket qatnashchilari uncha ko’p bo’lmasa, dumaloq stol atrofiga o’tqazish lozim, bu ancha qulay, hamma qatnashchilar bir-birlarini ко’rib turadilar, bunday stollarga 8 dan 25 kishigacha joylashtirish mumkin. - Agar banket qatnashchilari uncha ko’p bo’lmasa, dumaloq stol atrofiga o’tqazish lozim, bu ancha qulay, hamma qatnashchilar bir-birlarini ко’rib turadilar, bunday stollarga 8 dan 25 kishigacha joylashtirish mumkin.
- Alohida zalda kofe tarqatishda dumaloq yoki cho’zinchoq stollardan foydalanish tavsiya etiladi, bularga 10-12 mehmon sig’ishi mo’ljallanadi.
- Banket stollarini joylashtirishda zalning maydoni hisobga olinadi, uning sig’imi, banket ishtirokchilarining miqdori, oyna-eshiklar joylashuvi, ustunlar, tokchalar mavjudligi nazarda tutiladi. Stollami bir qator bir-biriga parallel qilib qo’yish mumkin. Bunda hurmatli mehmonlar uchun alohida joy ajratiladi. Eng muhimi shundaki, zaldagilarning birontasi hurmatli mehmonlarga orqa tomoni bilan o’tirmasin. Bu haqda bosh ofitsiant g’amxo’rlik qilishi kerak. O’rinlami rejalashtirganda buyurtmachi bilan kelishib olish kerak. Ayniqsa, xorijiy mehmonlar, turistlar ziyofatida o’sha mamlakatlarga xos udumlar qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir,
Zalda banket stollaridan tashqari yordamchi stollar, servantlar devor yonlariga, - Zalda banket stollaridan tashqari yordamchi stollar, servantlar devor yonlariga,
- burchaklar, ustunlar atrofiga qo’yiladi. Ular idish-anjomlar va ichimliklar qo’yishda foydalaniladi. Bularning soni zal maydoniga bog’lik. Bitta yordamchi stol yoki servant 12-15 kishiga xizmat qilish uchun yetadi.
- Ofitsiantlar stollar atrofiga stul va kreslolar qo’yib chiqadi, stullar mijozlaming stol tomon o’tishida xalaqit bermasligi kerak. So’ngra ofitsiantlar stollarni to’g’rilaydi va dasturxon yozadi.
- Stollarga dasturxon yozilishi.Awal stollar ustiga qalinroq yumshoq mato solinadi, so’ngra dasturxon yoziladi. Ustiga idishlar qo’yilganda taqir-tuqur ovoz chiqmaydi, chinni, shisha va boshqa xil idishlar sinmaydi, idish tubi stolda tekis turadi, to’kilgan suyuqlik namini o’ziga tortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |