Ko`l va botqoqliklarning genetik turlari reja ko‘l botiqlarining genetik turlari 1Tektonik ko‘llar
Download 79.01 Kb.
|
9 – mavzu ko‘l va botqoqliklarning geologik ishi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vulkanik ko‘llar.
- Muzlik ko‘llari
- Karst ko‘llari
Tektonik ko‘llar. Bu ko‘llarning botig‘i tektonik harakatlar natijasida yer po‘stining cho‘kkan, bukilgan hamda yorilgan joylarida vujudga keladi, tektonik ko‘llar odatda ancha chuqur ekanligi va yon bag‘rining tik bo‘lishi bilan ajralib turadi. Yer sharidagi eng katta Kaspiy ko‘li hamda eng chuqur Baykal ko‘li, shuningdek Shimoliy Amerika Buyuk ko‘llari, Buyuk Afrika ko‘llari, Onega, Ladoga, Orol, Balxash ko‘llari, Issiqko‘l, O‘lik dengiz, Skandinaviya hamda Bolqon yarim orollaridagi yiryk ko‘llar tektonik ko‘llardir.
Vulkanik ko‘llar. Vulkanik ko‘llar so‘ngan vulqonlarning kraterlarida yoki sovib qotib qolgan lava oqimlarining pastqam qismlarida suv to‘planishidan paydo bo‘ladi. Vulkanik ko‘llar Fransiyada, Yava, Yangi Zelandiya va Kanar orollarida ko‘p uchraydi. Sobiq Ittifoq territoriyasida Vulkanik ko‘llar Kamchatka yarim orolida (Kronoki ko‘li va boshqalar) hamda Kuril orollarida keng tarqalgan. Muzlik ko‘llari. Bu tipdagi ko‘llar botig‘i asosan materik muzliklari bosgan territoriyalarda muzlik eroziyasi yoki muzlik akkumulyatsiyasi natijasida paydo bo‘ladi. Muzlik ko‘llari Kanadaning shimoliy qismida, Finlyandiyada, Kareliyada, Taymir yarim orolida ayniqsa ko‘p uchraydi. Muzlik ko‘llari hozirgi zamon tog‘ muzliklari ishi natijasida ham vujudga keladi. Bunga Alp, Kavkaz, Oltoy tog‘laridagi, qisman O‘rta Osiyo tog‘laridagi ba’zi kichik ko‘llar yaqqol misol bo‘la oladi. Karst ko‘llari - karst hodisasi natijasida vujudga kelgan chuqurliklarga suv to‘planishi natijasida hosil bo‘ladigan ko‘llardir. Bu
hosil bo‘lgan chuqurchada suv to‘planishi bilan bog‘liqdir. Sobiq Ittifoqning shimoli-sharqiy qismidagi Yana, Indigirka va Kolima daryolari havzasida minglab termokarst ko‘llar bor. Download 79.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling