Ko`l va botqoqliklarning genetik turlari reja ko‘l botiqlarining genetik turlari 1Tektonik ko‘llar
Download 79.01 Kb.
|
9 – mavzu ko‘l va botqoqliklarning geologik ishi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘llarning geologik ishi
Ko‘l suvining ximizmi. Ko‘l suvida turli miqdorda xilma-xil eruvchan moddalar bo‘ladi. Bu moddalarning tarkibi va miqdori ko‘l
suvining sifatini belgilaydi. Yer yuzidagi barcha ko‘llar suvining sho‘rlanganligi darajasiga qarab to‘rt tipga bo‘linadi: 1) chuchuk ko‘llar (sho‘rligi 0-1 %); 2) salgina sho‘r ko‘llar (sho‘rligi 1% dan 24,7% gacha); 3) sho‘r ko‘llar (sho‘rligi 24,7% dan to 47% gacha); 4) mineral ko‘llar (sho‘rligi 47% dan ortiq). Ko‘l suvidagi tuzlar tarkibiga ko‘ra ham xilma-xildir. Chunonchi, chuchuk ko‘llarda asosan karbonat tuzlari bo‘ladi. Sho‘r ko‘llarda xloridlar (NaCl, MgCl2) hamda sulfat tuzlari (Na2SO4, MgSO4) ustun turadi. Sho‘r ko‘llarga Elton, Bosqunchoq ko‘llari, O‘lik dengiz va Katta sho‘r ko‘l misol bo‘la oladi. Sodali ko‘llarda asosan natriy Kapbonat (Mg2CO3) tuzlari uchraydi. Van ko‘li va g‘arbiy Sibir hamda Zabaykalyedagi ba’zi ko‘llar sodali ko‘llardir. Bor tuzli ko‘llar Tibet tog‘ligida, AQSH ning Kaliforniya va Nevada shtatlarida bor. Quyida ayrim ko‘llarning sho‘rligi (% hisobida)
80 Ko‘llarning geologik ishi Ko‘l suvi to‘lqinlari ko‘l qirg‘og‘ini yemiradi. Ko‘l qirg‘og‘idan yemirilgan jinslar cho‘kib, ko‘l tagida to‘plana boradi. Bu cho‘kindilar mexanik va kimyoviy bo‘ladi; kimyoviy cho‘kindi suv oqib chiqmaydigan ko‘llarda hosil bo‘ladi, chunki suv oqib chiqadigan ko‘llarda bu xil cho‘kindilar suv bilan oqib ketadi. Mexanik cho‘kindilar hamma ko‘llarda ma’lum bir qonuniyat bo‘yicha cho‘kadi. Dag‘al cho‘kindilar suvning ko‘lga quyilish joyida cho‘kadi, maydalari ko‘lning ichkarisiga borib cho‘ka boshlaydi. Irg‘itma to‘lqin sohilga muttasil urilib turgan yerlarda dag‘al cho‘kindilar tosh, shag‘al, qum cho‘kadi. Download 79.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling