Ko`l va botqoqliklarning genetik turlari reja ko‘l botiqlarining genetik turlari 1Tektonik ko‘llar
Download 79.01 Kb.
|
9 – mavzu ko‘l va botqoqliklarning geologik ishi (1)
Ko‘l va botqoqlik yotqiziqlari. Ko‘l yotqiziqlari xilma-xil bo‘ladi. Bu yotqiziqlar ko‘lning chuqurligiga joylashgan o‘rniga, atrofidagi jinslarga va iqlim sharoitiga bog‘liqdir. Cho‘l va dashtdagi ko‘l yotqiziqlari nam iqlimli o‘lkalardagi yotqiziqlardan farq qiladi. Mo‘tadil iqlimli o‘lkalaridagi katta ko‘llarning yotqiziqlari ichki dengizlardagi yotqiziqqa o‘xshaydi. Ko‘lning shag‘al, qum ko‘pchilikni tashkil etgan qirg‘oq qismida to‘lqinlar ryabi va chig‘anoq to‘plamlarining izlari saqlanib qoladi.
Havzaning markaziga borgan sari, ayrim vaqtlarda qirg‘oqning xuddi o‘zidan, il va gil cho‘kindilari to‘plana boradi, ayrim vaqtlarda ular organogen yoki kimyoviy yotqiziqlar bilan almashinadilar. Cho‘kindilarning asosiy qismini ko‘lning atrofidagi rayonda hukmron bo‘lgan jinslar tashkil yetadi: morenalar ko‘p tarqalgan rayonlarda - qumoqlar, zandra qumlari va boshqalar hukmrondir. Ko‘llarda mahalliy sharoitga qarab, kimyoviy va organogen cho‘kindilar to‘plana boradi. Masalan, magmatik jinslar ko‘p uchraydigan yerlardagi ko‘llarda (organik yoki kimyoviy yo‘l bilan) temir rudasi yotqiziladi (Ural, Kareliya, Finlyandiya va boshqalar). Nam iqlimli yerlarda kislorod ko‘l tagigacha borib yeta olmaydi, shuning uchun uning tagida ko‘p miqdorda plankton va ko‘l tagi faunasi chirimasdan to‘planadi. Bu anaerob (kislorodsiz) sharoitda cho‘kindilar to‘planib, bir necha metr qalinlikka ega bo‘lgan yarim suyuq holdagi yonuvchi chirindilarni hosil qiladi va nihoyat, ko‘mirga aylanadilar. Ittifoqimizning Yevropa qismidagi ko‘llarda, masalan, Seliger ko‘lida gastropod, peletsipod va chig‘anoqlar to‘planib, ohakli suv o‘simliklari bilan birga g‘ovakli ohak cho‘kindilarini - “ko‘l bo‘rini” yoki mergelini hosil qiladi. Juda qadim zamonda o‘lib ketgan diatom planktonlarining chig‘anoqlari ko‘l tagida katta maydonlarni egallab, qimmatbaho diatomit hosil bo‘lishiga sabab bo‘lgan (Sevan ko‘li, Baykal va boshqalar). Ko‘l yotqiziqlarining yupqa qatlamlardan iborat ekanligi suv sathining tez-tez o‘zgarib turishini aks ettiradi, bu qatlamlanishlar ko‘l cho‘kindilariga xos xususiyatdir. Chuchuk suvda yashovchi peletsipod, gastropod va ostrakodlarning ko‘llarda hukmronlik qilishi ko‘l yotqiziqlarini dengiz yotqiziqlaridan ajratib turadi. Bunga atroflari qum-gil va karbonatli mayda qatlamlardan, markaziy qismi diatom illaridan tashkil topgan Sevan ko‘li misol bo‘lishi mumkin. XULOSA Nam iqlimli ko‘llardagi suvda erib kelgan moddalar va organik mahsulotlar (sapropel, torf, temir rudasi va boshqalar) quruq oblastdagi ko‘l cho‘kindilaridan keskin ajralib turadi. Bunda daryolar ko‘llarga quruqlikdan yotqiziqlar olib kelib tashlay olmaydilar, ko‘llarda tuzlar, gipslar va, shuningdek, kimyoviy cho‘kindilargina to‘planadi. Bunday ko‘llarga Balxash ko‘li va Amerikaning cho‘l oblastidagi ko‘llar (Katta sho‘r ko‘l) misol bo‘la oladi. Yuqorida tasvirlangan ko‘l tiplari orasida dengiz bo‘yi ko‘llari alohida ajralib turadi. Ular dengiz bo‘yidagi pasttekisliklarda laguna va chuqur qirg‘oqlarning qum kokillari bilan to‘silib qolishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday ko‘llarning xarakterli xususiyatlaridan biri shuki, ularda dengiz fauna va florasi uchraydi. Qirg‘oq bo‘yi ko‘llari yotqiziqlari kontinental yotqiziqlardan ajralib turadi. Kontinental jinslar orasida qadimgi ko‘llarning yotqiziqlari ham katta ahamiyatga egadir. Bunga Rossiyaning Yevropa qismidagi perm davri qatlamlarini, Lipetsk temir konini, O‘rta Osiyoning ba’zi bir yura (Kuxitang tog‘ida) va paleogen-neogen davr yotqiziqlarini kirgizish mumkin. Download 79.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling