Kolizey", "Modern", "Apollo", "Filma", "Odeon", "Elje"


Download 20.45 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi20.45 Kb.
#1209400
Bog'liq
Kino haqida


O‘zbekistonda birinchi film Toshkent shahrida 1897 yilda «Eski jo‘va» maydonida namoyish etilgan. 1908 yildan Toshkent, Samarqand, Qo‘qon va boshqa shaharlarda chet el filmlari namoyish etilgan. 1912—1914 yillarda Toshkent shahrida "Kolizey", "Modern", "Apollo", "Filma", "Odeon", "Elje" va boshqa shu kabi o’ziga xos ekzotik nomlarga ega bo‘lgan 15 ga yaqin kinoteatrlar mavjud edi.
Kinoteatrlar aholinining madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi muassasa sifatida kirib kelganligini aytish o’tish lozim. O‘zbekistonda kinoteatrlar, kinolashtirilgan klublar, qishloq doimiy kino maskanlari, yozgi kinoteatrlar va ko‘chma kinoteatrlar faoliyat yuritib kelgan. Bundan tashqari bir qator muassasalarning, shuningdek kolxoz (jamoa xo‘jaliklari) ning alohida kinoteatrlari faoliyat yuritgan. Kinoteatrlardagi kino zallari doimo tomoshabinlar bilan to'la bo’lgan ularning ko'pchiligi biron ham yangi filmni o’tkazib yubormaslikka harakat qilishgan. Kinoteatrlarga kirish chiptasi nisbatan arzon bo’lib, tomoshabinlar har bir kino premyerasini intiqlik bilan kutishardi. Markaziy ko’chalarda yangi filmlar kinoafishalarda e’lon qilib borilgan. Kinolar kunduzgi va kechqurungi seanslarda namoyish etilardi. Bir filmga qayta qayta tashrif buyurgan tomoshabinlar ham ko’p edi. Qiziqarli bir fakt, SSSR da 1970 yilda kinoteatrlarda 4,5 mlrd bilet sotilgan.Shuningdek, kino ayni shu davrdagi odamlarning kundalik turmush tarzi, ularning ozru-istaklari, ichki kechinmalari, urf-odat va qadriyatlarini ifodalovchi asosiy vosita hisoblangan.
Sovet hukumati tomonidan kinofilmlarni namoyish etadigan nuqtalarni yanada ko’paytirishga asosiy e‘tibor berildi. Bunday nuqtalar O’zbekistonda 1924-yilda 18 ta bo’lgan bo’lsa, 1940-yilda ular 624 taga yetdi. Masalan Toshkenda uzoq yillarda davomida “Vatan” (Rodina), “Yosh Gvardiya”, “Mir” (Dunyo), “Sputnik” “Drujba” (Do’stlik), “O’zbekiston”, “Sobir Rahimov” nomli kinoteatr, “O’zbekistonning 25 yilligi”, “Tekstilchilar” madaniyat saroyi, “Qozog’iston”, “Vostok” (Sharq), “San’at saroyi”, “Alisher Navoiy”, “O’zbekiston 25 yilligi”, “Komil Yormatov” nomli kinoteatrlarida shuningdek, “Pushkin”, “Oktyabr” kabi bir qancha yozgi kinoteatrlar faoliyat yuritgan. Shuni ham alohida ya’kidlash lozimki, kinoteatrlarda 40-50 yillarda markazda yaratilgan va kommunistik g’oya tashviqoti bilan sug’orilgan “ishonchli” filmlarni namoyish etishga qaratildi. Shuningdek, oddiy ishchilarining hayoti aks etgan sovet kinofilmlari, keyinchalik esa bevosita ikkinchi jahon urushi va undagi sovetlar g‘alabasiga bag‘ishlangan kinofilmlar namoyishiga alohida urg’u beriladi. Umuman 1920—1980 yillarning kino san’atidagi ko‘plab voqealar ko‘rinishlari mafkuraviy mezonlar ustun bo‘lgan, bir yoqlama va muayyan bir g‘oyani ilgari suradigan g‘oyat achinarli holatga kelib qoldi. Aynan shu davrda milliy kinematografiyaning keyingi badiiy izlanishlari va yo‘nalishlarining asoslari yaratildi.
Bevosita O‘zbek milliy Kino sanoatiga to’xtaladigan bo’lsak, bu 20-asrning 20-yillarida vujudga keldi. Birinchi o‘zbek kinooperatori Xudoybergan Devonov o‘zining ilk hujjatli-xronikali filmlarida o‘zbek xalqining hayotini, urf-odatlarini, Xorazm manzaralarini aks ettirishga intilgan. 1924 y. rus-buxoro shirkati «Buxkino», 1925 y. Toshkentda «Sharq yulduzi» (1936 y.dan «O‘zbekfilm») badiiy filmlar ishlab chiquvchi kinostudiyalar tashkil bo‘lishi o‘zbek kino sanoati rivojini boshlab berdi.
Ovozli kinoning yuzaga kelishi o‘zbek Kino sanoatining ham badiiy qiymatini oshirdi. Birinchi o‘zbek ovozli filmi «Qasam» (1937) da milliy aktyorlik madaniyati, o‘zbek hayoti va psixologiyasi mufassal aks etdi, ijtimoiy qarama-qarshiliklar asosiga qurilgan dramaturgiya namoyon bo‘ldi. Chunki barcha bosh rollarni o‘zbek aktyorlari o‘ynagan edi. O‘zbek kinosining muboshiri bo‘lgan «Nasriddin Buxoroda» (1943) filmi xalq mavzusining haqiqiy imkoniyatlarini ochib berdi, tasviriy vositalar qatorini qanday chiroyli va ifodali qurish mumkinligini ko‘rsatdi, yuqori darajadagi ijro uslubini o‘rgatdi.
Keyinroq yaratilgan «Tohir va Zuxra» (1945) «Alisher Navoiy» (1947), Shuningdek, «Boy ila xizmatchi», (1953) «Qutlug‘ qon» (1957) «Nafosat» (1966), «Sevishganlar» (1969) va boshqa filmlar ham kata shuxrat qozondi. Shuningdek, «Maftuningman» (1958), «Mahallada duv-duv gap» (1960) «Sen yetim emassan» (1966) «Toshkent — non shahri» (1968), «O‘tgan kunlar» (1969)
80-yillarda “Suyunchi” (1982), “Kelinlar qo’zg’aloni” (1984), 90-yillarda «Tangalik bolalar», «Abdullajon», «Oltin devor» kabi bir qator filmlar yaratildi.
Kinoekranlarda ayniqsa hind filmlarining namoyishi juda katta shuxrat qozongan. Odamlar yangidan yangi hind filmlarini namoyishini kutishgan. Janob 420 (1955), Changda qolgan gul (1959) , “Ganga va Jamna” (1961) “Zita va Gita” (1972), Bobbi (1973), Disko raqqosi (1982), Qasos va qonun (1975) kabi bir qator hind filmlari o’zbek tomoshabinlari tomonidan juda kata qiziqish bilan tomosha qilinib kelindi. Shuningdek, kinoteatrlarda sovet filmlarining ayniqsa o’zbek tilidagi tarjimasi va yuqori dublyaj ustalari mahorati bilan ham katta shuxrat qozongan va sevib tomosha qilinganligini aytib o’tish lozim. Ular orasida ayniqsa 60-70 yillarda yaratilgan “Urush va tinchlik”, “Avtomobildan saqlaning” “Brilliant qo’l” “I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari”, “Omadli jentelmenlar”, “Ishdagi ishq” , “Ivan Vasilyevich o’z kasbini o’zgartiradi” kabi bir qator filmlarni keltirish mumkin.
Download 20.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling