Kolloid kimyo fanidan mustaqil ish


Qattiq membranali elektrodlar


Download 115.41 Kb.
bet9/10
Sana17.06.2023
Hajmi115.41 Kb.
#1528056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Rashidova N kolloid kimyo[1]

Qattiq membranali elektrodlar. Bunday elektrodlarda membrana yomon eriydigan kristalli moddadan, ionli elektr o'tkazuvchanlik turiga ega. Strukturaviy ravishda elektrod diametri taxminan 1 sm bo'lgan, inert polimerdan (odatda polivinilxlorid) yasalgan naycha bo'lib, uning uchiga ingichka (~ 0,5 mm) membrana yopishtiriladi. Naychaga ichki mos yozuvlar eritmasi quyiladi, unga mos yozuvlar elektrodini botiriladi. Qattiq membranali elektrodlarga quyidagilar kiradi: lantan ftorli elektrod (bitta kristalli LaF3 asosidagi membrana), kumush sulfid elektrodlari, kumush galogenid elektrodlar, ba'zi ikki baravar zaryadlangan metall ionlarining sulfidlariga (xalkogenidlar) asoslangan elektrodlar, shisha elektrodlar.
Potnsiometrik analiz usuli to'g'ri potensiometriya va potensiometrik titrlashga bo'linadi.
To‘g ‘ri potensiometrik usul yordamida ionlaming aktivligi (pH,
p N 0 3 va pK), dissotsiatsiya konstantasi, muvozanat konstantasi, kompleks birikmalarning barqarorlik konstantasi, yomon eriydigan moddalarning eruvchanlik ko'paytmasi kabi fizikkimyoviy kattaliklar o'lchanadi. Bu usul ionlaming aktivligini to‘g‘ridan to'g'ri aniqlashga imkon beradigan yagona usul hisoblanib, uning quyidagi turlari farqlanadi: pH-metrik — eritmalarning pH i, kislota va asoslarning (protolitlarning) kislota-asosli konstantalari, protolitik xususiyatga ega bo'lgan kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari va shu kabilami aniqlashga imkon beradi. Ionometrik — pH-metriyaning rivojlanishi natijasida mustaqil usul sifatida ajralgan zamonaviy usullardan biri. Bu usulda indikator elektrodi sifatida turli xil ionoselektiv elektrodlar qo'llaniladi. Redoksmetrik — oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va redoks juftliklarning potensiallarini o'lchashga asoslangan usul bo'lib, uning yordamida redoks juftliklarning standart va real potensiallari, ular asosida esa turli xil konstantalar hamda kinetik kattaliklar aniqlanadi. Potensiometrik titrlash — aniqlanayotgan modda miqdoriga ekvivalent miqdorda aniqlovchi modda (standart) eritmasidan qo'shilganda elektrodlar sistemasida yuzaga keladigan, potensiallar ayirmasinnig keskin o'zgarishiga asoslangan miqdoriy analiz usulidir. Ekvivalent nuqta yaqinida elektrokimyoviy reaksiyalaming biri ikkinchisi bilan almashinadi
Potensiometrik titrlash kislota-asosli (neytrallash), oksidlanish-qaytarilish, cho'ktirish va kompleks hosil bo‘lish reaksiyalari asosida, shunday xossalarga ega bo'lgan moddalami aniqlash va tekshirishda uchun keng qo'llaniladi. Natijada, moddalarning konsentratsiyasinigina emas, balki ularning turli xil konstantalarini ham aniqlash mumkin. Potensiometrik titrlashda boradigan reaksiyalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: — reaksiya tegishli yo'nalishda stexiometrik nisbatda oxirigacha borishi; — kimyoviy reaksiyaning tezligi yetarli darajada katta bo'lishi; — kimyoviy reaksiya muvozanati tez qaror topishi; — qo'shimcha reaksiyalar bo'lmasligi lozim. Potensiometrik va boshqa asboblar yordamida titrlash usullari tashqaridan ko'z bilan kuzatish usullariga nisbatan quyidagi qator afzalliklarga ega:
• titrlashda subyektiv xatolarga yo'l qo'yilmaydi;
• aniqlashning sezuvchanligi ancha yuqori bo'ladi;
• loyqa va rangli eritmalami titrlash mumkin;
• bir vaqtning o'zida aralashmadagi bir necha komponentni tabaqalab (ketma-ket) titrlash mumkin;
• titrlash jarayonini osongina avtomatlashtirish mumkin.

Potensiometriyada titrlashning ohirgi nuqtani aniqlash


Potensiometrik titrlash orqali gazlar, neft va neft maxsulotlari suyultirilgan gazlar tarkibidagi oltingugurtli va vodorod sulfidli birikmalarni, merkaptanlarning miqdorini aniqlab olish mumkin shu bilan birga suv xavo tarkibini xam aniqlanadi. Ishning bexato ketishida elektrod yaxshi tanlangan bulishi kerak. Magnit aralashtirgich gaz utkazgich naychalar elektrodlarning joylanishida ularning germetikligiga e`tibor beriladi. Potensiometrik titrlash Bu metod shunga asoslanganki vodorod sulfid va merkaptanlarning kaliy gidrooksid ishtirokida yuttirish va keyingi potensiometrik titrlashda ammiyak ishtirokida kumush nitrat eritmasidan foydalaniladi.Bu metod suv kog`oz,teri,turli xil ichimliklar gaz va suyultirilgan gazlar tarkibidan vodorodsulfid va oltingugurtli birikmalarni ajratib olishga asoslangan.


Download 115.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling