Kolloid kimyo fanidan mustaqil ish
Download 115.41 Kb.
|
Rashidova N kolloid kimyo[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tigellarni tayyorlash
- Tortim olish
- Titrlash
Gravimetrik analiz usuli–analiz natijasida olingan modda massasi bo`yicha tekshirilayotgan namunadagi element (modda) ning miqdori to`g`risida xulosa qilinadigan miqdoriy analiz usuli.
Cho`ktiriladigan shakl–cho`kma shaklida ajralayotgan aniqlanayotgan modda. Tortiladigan shakl–massasi bo`yicha aniqlanayotgan komponent miqdori to`g`risida xulosa qilinadigan birikma. Tigellarni tayyorlash–tigellar cho`ktirish, filtrlash va cho`kmani yuvish vaqtida tayyorlanadigan gravimetrik analiz usuli jarayoni. Cho`ktirish–kimyoviy stakanlarda bajariladigan gravimetrik analiz usuli jarayoni. Cho`kmani filtrlash va yuvish–filtrlash yoki cho`ktirishdan so`ng darhol yoki biroz vaqt o`tgach amalga oshiriladigan gravimetrik analiz usuli jarayoni. Cho`kmani quritish va qizdirish–cho`kmani quritish maqsadida gorelka alangasi, qizdirish shkaflari, mufel pechlarida bajariladigan gravimetrik analiz usuli jarayoni. Tortim olish–aniqlanayotgan modda miqdorini aniqlash uchun o`sha moddadan tarozida tortish yo`li bilan olingan gravimetrik analiz usuli jarayoni. Tortim–moddaning o`rtacha namunasidan olingan va analitik tarozida aniq qilib tortilgan ma`lum miqdori. Analiz natijalarini hisoblash–modda massasini bilish uchun tarozida tortilgan tortim massasi asosida modda miqdorini aniqlash jarayoni. Titrometrik analiz–modda miqdori aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga sarf bo`lgan ma`lum konsentratsiyali eritmaning hajmi bo`yicha aniqlanadigan analiz usuli. Titrlash–modda miqdorini yoki eritmaning aniq konsentratsiyasini hajmiy–analitik yo`l bilan aniqlash jarayoni. Kislota–asosli titrlash usuli–asosida neytrallanish reaksiyasi yotadigan hajmiy analiz usuli. Oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli–asosida oksidlanish–qaytarilish reaksiyasi yotadigan hajmiy analiz usuli. Cho`ktirish usullari–ionlarni qiyin eruvchi birikmalar ko`rinishida cho`ktirishga asoslangan hajmiy analiz usuli. Download 115.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling