Kolloid kimyo fanidan mustaqil ish
Download 115.41 Kb.
|
Rashidova N kolloid kimyo[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshirdi: Rashidova N Qabul qildi: Yodgorov B
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “ FIZIKA VA KIMYO” FAKULTETI “ILMIY METODOLOGIK KIMYO “ KAFEDRASI KIMYO 21/2 –GURUH ( KUNDUZGI ) KOLLOID KIMYO FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Potensiometrik titrlash.Bu usulning farmatsevtikadagi ahamiyati. Topshirdi:Rashidova N Qabul qildi:Yodgorov B REJA: 1. Fizik-kimyoviy analiz usullari va xususiyatlari 2.Potensiometrik titrlash 3. Farmasetsevtika sanoatida potensiometrik titrlash medodini qo’llanilishi Fizik-kimyoviy analiz usullari va xususiyatlari Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviy reaksiyalari jarayonida fizik xossalarining o‘zgarishini aniqlashga asoslangan. Fizik-kimyoviy analiz usullarining turlari juda ko‘p. Ulardan hozirgi vaqtda sanoat korxonalarida mahsulotlarning xossalarini o‘rganishda, ilmiy-tekshirish laboratoriyalarida keng foydalaniladiganlari quyidagilar: 1. Elektrokimyoviy analiz usullari — elektrokimyoviy hodisalar vaqtida analiz qilinadigan eritmada o ‘zgaradigan elektrokimyoviy ko'rsatkichlarni o‘lchashga asoslangan (potensiometrik, konduktometrik, amperometrik va boshqalar). 2. Spektral va boshqa optik analiz usullari — modda bilan elektromagnit nurlaming ta’siri natijasida turli o ‘zgarishlami o‘lchashga asoslangan (emission spektral analiz, atom-yutilish spektroskopiyasi, infraqizil nurlar spektroskopiyasi, spektrofotometrik analiz va boshqalar). 3. Ajratish va konsentrlash usuli — moddalarning ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan (ekstraksiya, xromatografiya va hokazo). Analiz usullarining tavsifi Har qanday analiz usuli, sezgirligi, ochilish oralig'i, natijalarning qayta takrorlanishi va aniqligi bilan xarakterlanadi. 1. Analiz usullarining sezgirligi konsentratsiya o‘zgarishi bilan o‘lchanadigan ko‘rsatkichning o ‘zgarishi demakdir. 2. Analiz natijalarining qayta takrorlanuvchanligi — tasodifiy xatolarni ifodalaydigan va takroriy parallel o‘lchashlardagi chetlanishlar darajasini ko‘rsatadigan kattalik. 3. Analizning quyi chegarasi Cmin — ma’lum sharoitda topilishi mumkin bo'lgan moddaning eng kam miqdori 4. Aniqlilik — olingan natijalaming haqiqiy qiymatga yaqinligini xarakterlaydigan kattalik Titrlashning quyidagi turlari farqlanadi: a) to`g`ri titrlash reaksiya titrlanayotgan modda bilan ishchi eritma o`rtasida ketgan vaqtda titrlash; b) teskari titrlash–aniqlanayotgan eritmaga muayyan ortiqcha (ammo aniq o`lchangan) miqdordagi ma`lum konsentratsiyali eritma qo`shilgan va bu reaktivning ortiqchasi ishchi eritma bilan titrlangan vaqtda titrlash; c) o`rinbosarni titrlash–ishchi eritma bilan aniqlanayotgan moddaning biror reaktiv o`rtasidagi reaksiya mahsuloti titrlangan vaqtda titrlash. Download 115.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling