Kolloid kimyo fanidan mustaqil ish
Farmasetsevtika sanoatida potensiometrik titrlash medodini qo’llanilishi
Download 115.41 Kb.
|
Rashidova N kolloid kimyo[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan Adabiyotlar
Farmasetsevtika sanoatida potensiometrik titrlash medodini qo’llanilishi
Neytrallash, cho'kma va kompleks hosil qilish, oksidlanish-qaytarilish va boshqa usullar yordamida bajariladigan miqdoriy tahlilda ekvivalent nuqtani aniqlash uchun qo'llaniladi. Rangii va loyqa eritmalarini titrlash uchun ham ushbu usuldan foydalanish mumkin. Bu usulda titrlash jarayondagi alohida tanlangan ektrod juftida hosil bo'ladigan elektr yurituvchi kuchini (EYK) o'lchash orqali titrantni ekvivalent hajmi aniqlanadi. Elektrod juftligi taqqoslash elektrodi va indikator elektroddan iborat. Indikator elektrod potensiali titrlash jarayonida faol qatnashuvchi yoki hosil bo'luvchi ionlar konsentratsiyasi bilan bog'liq bo'lib, taqqoslash elektrodining potensiali doimiy qiymatini saqlab qoladi. Titrlanganda elektrod juftligi odatda tekshiriluvchi eritmaga tushiriladi. Taqqoslash elektrodidan diffundirlanayotgan ionlar titrlash jarayoniga to'sqinlik qilsa, taqqoslash elektrodi va tekshiriluvchi eritma elektrolitik ko'prik orqali tutashtiriladi. Ushbu elektrolitik ko'prik ionlari to'sqinlik qilmaydigan elektrolit eritmasi bilan to'ldirilgan P-shakldagi naycha ko'rinishda bo'ladi Potensiometrik titrlash usulida ekvivalent nusqtani aniqlash. Taqqoslash elektrodi kaliy yoki litiy xloridni tegishli suvsiz erituvchidagi eritmalari bilan to'ldiriladi. Tahlil davomida titrlangan eritmani byuretkadan bir xil miqdorda aralashtirib turilgan holda qo'shiladi. Ekvivalent nuqtaga yaqinlashganda titrantni 0,1 ml yoki 0,05 ml dan qo'shilib, har gal EYK o'lchanadi. Indikatorli elektrod va taqqoslash elektrodi orasidagi potensiallar farqidan paydo bo'ladigan EYK yuqori om li potensiometr yordamida(pHmetr bilan) o'lchanadi. Ekvivalent nuqtaga yaqinlashgan sari EYK qiymati keskin o 'zg a rib , EYK o'zgarishi (AE )titrlo v ch i m iqd orinin go'zgarishiga ( Д К ) nisbatini mutloq qiymati bu nuqtada maksimal bo'ladi. Titrlash natijasini grafikda ifodalab, hosil bo'lgan egri chiziq yordamida ekvivalent nuqtani hisoblash yo'li bilan ) maksimal qiymatini aniqlash mumkin. XULOSA Potentsiometrik usulning boshqa tahlil usullari bilan taqqoslaganda asosiy ustunligi o'lchovlarning tezligi va soddaligi haqida ma’lumotga ega bo’lindi. Ko'rsatkich elektrodlarining muvozanat potentsialini o'rnatish uchun zarur bo'lgan vaqt qisqa, bu reaktsiyalar kinetikasini o'rganish va texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish uchun qulay ekanligi haqida o’rganildi. Mikroelektrodlar yordamida sm3 ning o'ndan bir qismigacha bo'lgan namunalarda aniqlanishlarni amalga oshirish mumkinligi keltirib o'tildi. Potansiyometrik usul filtrlash va distillash ishlarini hisobga olmaganda loyqa va rangli eritmalarda, yopishqoq pastalarda aniqlanishlarni amalga oshirishga imkon berishi tushunildi. Potansiyometrik o'lchovlar buzilmasdan boshqarish usullari guruhiga kiradi va tahlil qilingan eritmadan keyingi tadqiqotlar uchun foydalanilishi aniqlandi. To'g'ridan-to'g'ri potentsiometrik o'lchov uchun aniqlash xatosi 2 - 10%, potentsiometrik titrlash uchun - 0,5 - 1,0% ekanligini ko’rdik. Turli tabiiy va sanoat ob'ektlarida potentsiometrik usul bilan tarkibiy qismlarning tarkibini aniqlash oralig'i shisha elektrodlari uchun 0 dan 14 pH gacha, boshqalari uchun esa 10 dan 10-5 (10-7) M gacha bo'lgan ionga teng. ion-selektiv elektrodlarning turlarini ko’rib chiqildi. Foydalanilgan Adabiyotlar: 1.Akbarov H.I « Fizikaviy kimyo » T. 2019-yil 2.Fayzullayev О. «Аnalitik kimyo asoslari». Т. 2003-yil.. 3.Харитонов Ю.Я. Аналитическая химия. Аналитика. М. 2005 г. 4.Yoriyev M O Karimova D A « Fizikaviy kimyo » T. 2013-yil 5.A.Alekseyev. « Miqdoriy analiz » T-1984 6.Ziyonet.uz, fayillar.com, ilm.uz. Download 115.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling