O`quv vaqti: 80
|
Talaba soni – 23
|
Maqsad, vazifalar
|
Talabalarning erkin va solishtirma sirt energiyalari va suyuqlik hamda qattiq jismlarning sirt tarangligi haqidagi tasavvurlarini chuqurlashtirish (tayanch tushunchalar: solishtirma sirt, sirt taranglik, gidrofil va gidrofob sirtlar).
|
O`quv jarayonining mazmuni
|
Sirt qavat tarkibi, uning xossalari, tuzilishi, sirtga ta`sir etuvchi kuchlar, sirt energiyasi kabi sirt hodisalarni tushuntirib berish.
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Darsni olib borish shakli: og`zaki
Darsni o`tkazish shakli: ma`ruza
Vosita: kompyuter
Nazorat: og`zaki
Baholash: rag`batlantirish, 4-b sistema asosida
|
Kuzatiladigan natijalar
|
O`qituvchi: o`quv materiallarini oson va yaxshi o`zlashtirishga yordam berish.
Talaba: yangi bilimlar olish, xotirani rivojlantirish, olingan bilimlarga o`zi baho berishi
|
Kelgusi rejalar
|
O`qituvchi: Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayoniga tatbiq qilish orqali ma`ruza materiallarini qabul qilishga va yaxshi o`zlashtirishga ko`maklashish, o`z ustida ishlash, mavzuni zamonaviy talablar asosida o`qitish
Talaba: ma`lumotlar bilan ishlash malakasini rivojlantirish, o`z fikrlarini to`g`ri ifoda qilishga erishish.
|