Kolloid kimyo
III. Talaba mustaqil ishinnig tashkiliy shakllari
Download 2.31 Mb.
|
portal.guldu.uz- “KOLLOID KIMYO” (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Fanlardan o’quv mashg’ulotlari bo’yicha topshiriqlari
III. Talaba mustaqil ishinnig tashkiliy shakllari
3.1. Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan(kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: • O’quv-uslubiy majmualar asosida ma’ruza mavzulari materiallarini mustaqil o’zlashtirish; • seminar va amaliy mashg’ulotlar bo’yicha uyga berilgan topshiriqlarni bajarish; • laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko’rish hamda hisobotlar tayyorlash; • Texnikaviy, tabiiy fanlar bo’yicha xisob-grafik ishlarni bajarish; • kurs ishi (loyihasi)ni mustaqil bajarish; • ilmiy maqola, Respublika va xalqaro miqyosidagi anjumanlarga ma’ruza tezislarini tayyorlash. Fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kafedra yig’ilishi qaroriga ko’ra fanlardan talaba mustaqil ishlarini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanilishi mumkin. 3.2. O’quv fanlari bo’yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi hamda baholash mezoni ko’rsatiladi; 3.3. Kafedralar tomonidan talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda har bir fan bo’yicha mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar ishlab chiqiladi va kafedra yig’ilishida muhokama etilib, fakultet o’quv-uslubiy kengashida tasdiqlanadi. Kafedraning reyting oynasida har bir fan bo’yicha mustaqil ta’lim mavzulari tanishtirish uchun e’lon qilinadi. 3.4. Kafedra tomonidan mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha fanlardan talabalarga zaruriy metodik qo’llanma, ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. IV. Fanlardan o’quv mashg’ulotlari bo’yicha topshiriqlari 4.1. Fanlar bo’yicha ma’ruza (amaliy, seminar, laboratoriya) mashg’ulotlaridan mustaqil ish topshiriqlari kafedralarning etakchi professor–o’qituvchilari (professor, dotsentlar), fan o’qituvchisi bilan birgalikda ishlab chiqiladi, kafedra yig’ilishida muhokamadan o’tkaziladi va tegishi qaror bilan tasdiqlanadi. 4.2. Fanlardan mustaqil ish topshiriqlari fan bo’yicha ishchi dasturga mos holda mavzular keltiriladi va mustaqil ish topshiriqlarini bajarish muddatlari ko’rsatiladi. 4.3. Fanning ishchi o’quv dasturiga kiritilgan va ma’ruza shaklida o’rganishi belgilangan mavzularni to’laligicha mustaqil ish sifatida bajarilishiga ruxsat etilmaydi. 4.4. Amaliy, (seminar) mashg’ulotlar bo’yicha auditoriyada bajarilgan topshiriqlarga mazmunan o’xshash, murakkabligi mos keluvchi topshiriqlar mustaqil tarzda uyda ishlashga tavsiya etiladi. 4.5. Laboratoriya ishida nazariy tayyorgalik ko’rish, natijalar olish, tahlil etish hamda o’lchash xatoliklarini aniqlash mustaqil ish topshirig’i hisoblanadi, lekin laboratoriya ishi bajarilib, to’la topshirgandan so’ng hisobga olinadi. 4.6. Kafedralar tomonidan fanlardan mustaqil ish topshiriqlarini bajarish uchun zarur bo’lgan o’quv adabiyotlari, metodik adabiyotlar, metodik tavsiyalar, ko’rsatmalar, internet saytlari va h.k.lar aniq ko’rsatiladi. Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida fan o’qituvchisi tomonidan talabalarning talablari asosida konsultatsiyalar uyushtiriladi. 4.7. Talabalar tomonidan kurs ishi (loyiha) larini tayyorlash jarayonida zarur hollarda markaziy AKM, ARMlardan kollejlar, litseylarning ARMlaridan, internet tarmoqlaridan foydalanishga amaliy imkoniyatlar yaratib beriladi. Download 2.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling