Kolloid kimyo


III. Qoldirilgan darslarni qayta topshirish va qabul qilish tartibi


Download 2.31 Mb.
bet7/86
Sana31.01.2024
Hajmi2.31 Mb.
#1818863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86
Bog'liq
portal.guldu.uz- “KOLLOID KIMYO” (2)

III. Qoldirilgan darslarni qayta topshirish va qabul qilish tartibi
9. Qoldirilgan darslarni (ma’ruza, amaliy, seminar, laboratoriya) qayta topshirish uchun talaba mavzu bo’yicha o’quv materialini tegishli turdagi mashg’ulot daftariga tayyorlab keladi va o’qituvchining qisqa suhbatidan o’tadi.
10. Qoldirilgan laboratoriya mashg’ulotlarini qayta topshirish uchun talaba o’qituvchiga kollokviumni topshirib, laborant nazorati ostida ishni bajaradi va hisobotni rasmiylashtirib o’qituvchiga topshiradi.
11. Qayta topshirishlar Vazirlikning 340-sonli buyrug’i ilovasining 11-shakli ("Reyting qaydnomasi") bo’yicha belgilangan 3 ta muddat ichida qabul qilinadi. Muddat o’tganidan so’ng dekanat ruxsati bilan qabul qilinadi.
12. Qoldirilgan darslarni qabul qilish, reyting ko’rsatkichlarini baholash yuklamasi hisobidan amalga oshiriladi.
13. Qayta topshirishni o’z vaqtida bajarmagan va fanni o’zlashtirmagan talabaga semestr yakunida qoldirgan darslarini qayta topshirishiga ruxsat berilmaydi.
14. Qoldirilgan darslarni uzrli sabab bilan (kasallik malumotnomasi TMK tasdig’i bilan yoki kasallik tarixidan ko’chirma) o’zlashtira olmagan talabalarga o’rnatilgan tartibda dekanat tomonidan qayta topshirish tashkil etiladi.
IV. Darslarning qoldirilishini kamaytirish va qayta o’zlashtirilishini
tashkil qilish bo’yicha belgilangan huquq va majburiyatlar
16. Talaba fanlardan qoldirilgan darslarga va ularni belgilangan muddatlarda o’zlashtirishga shaxsan javobgar hisoblanadi.
17. Darsdagi davomat hamda qoldirilgan darslarning o’zlashtirilishi uchun fan o’qituvchisi hamda guruh murabbiysi mas’ul hisoblanadi.
18. Guruh murabbiysi guruh talabalarining fanlardan qoldirgan darslari sabablari va ularni qayta o’zlashtirilishi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi, guruhning har bir majlisida va axborot ta’lim-tarbiya soatida talabalarning davomati hamda fanlardan qayta o’zlashtirishlarni muhokama qilib, tegishli choralar ko’rishi va sababsiz dars qoldirilmasligini hamda fanlardan qoldirilgan darslarni o’z vaqtida o’zlashtirilishini ta’minlashi zarur.
19. Kafedra mudiri qayta topshirishlarni qabul qilish jadvaliga muvofiq professor-o’qituvchilar faoliyatining tashkil etilishini nazorat qiladi va fanlar bo’yicha qayta o’zlashtirish natijalarini har oyda bir marta kafedra majlislarida muhokamadan o’tkazib, dars qoldirgan talabalar va ularning qayta topshirishlari natijalari yuzasidan dekanatga ma’lumotnoma taqdim etadi.
20. Talabalarning davomati uchun mas’uliyat Vazirlik tomonidan tasdiqlangan "Oliy o’quv yurtining fakulteti to’g’risida Nizom"ning 6-bandiga asosan fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi. Dekan sababsiz ko’p dars qoldirgan talabalar haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishi, fan o’qituvchilari va guruh murabbiylarining faoliyatini uzluksiz nazorat qilib borishi va talabalarning sababsiz dars qoldirmasligi uchun keskin choralar ko’rishi lozim.
Fan o’qituvchisi taqdim etgan bildirishnomaga muvofiq 3 marotabadan ko’p dars qoldirgan yoki qo’pol tarzda universitet ichki tartib-qoidalarini buzib, darsga xalaqit bergan talabaning dars qoldirish sabablari o’rganilib, chora ko’rilganidan keyin fakultet dekanining ruxsati bilan talaba darsga kiritiladi.
21. Talabalarning o’quv fanlaridan dars qoldirish holati bo’yicha fakultet dekanlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ma’muriyat yig’ilishlarida muhokama qilib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
23. Ushbu Nizomga o’zgartirish kiritish universitet Ilmiy Kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.


Download 2.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling