3. Mazkur Nizom:
- fan o’qituvchisi, guruh murabbiysi, kafedra mudiri va fakultet dekanining talabalar tomonidan o’quv fanlaridan sababsiz dars qoldirilishini kamaytirish va qayta o’zlashtirishni tashkil qilish bo’yicha huquq va mas’uliyatlarini belgilash;
- qayta o’zlashtirishning o’z vaqtida bo’lishini ta’minlash;
- fanlardan qoldirilgan darslarni qayta o’zlashtirishda hozirgi kungacha shakllanib qolgan eski (semestr yakunida qayta o’zlashtirish kabi) salbiy uslublardan voz kechish, talaba va fan o’qituvchisining mazkur jarayonga mas’uliyat bilan yondashishi hamda qayta o’zlashtirish jarayonida ilg’or innovatsion uslub va tajribalaridan foydalanish kabi asosiy vazifalarning bajarilishini ko’zda tutadi.
II. Fanlardan qoldirilgan darslarning qayta
o’zlashtirilishini qayd qilish tartibi
4. O’quv fanlaridan qoldirilgan darslar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 29 avgustdagi 340-sonli buyrug’i asosida yuritiladigan akademik guruh jurnaliga “y” yoki “nb” belgilarini qo’yish orqali qayd qilinadi. Uzrli sabab bilan qoldirilgan dars doiraga olinadi (odatda qora yoki ko’k siyohda). Sababning uzrliligi dekanat ma’lumotnomasi asosida belgilanadi.
5. "O’qituvchi jurnali" va "Guruh jurnali"dagi “y” yoki “nb” belgilari qayta topshirilgan dars mavzusi mos sanada qizil siyoh bilan (ikkinchi) doiraga olinadi.
6. O’quv fanlaridan qoldirilgan darslar va ularni qayta o’zlashtirish "O’qituvchi jurnali" va "Guruh jurnali"da bir xil ko’rinishda qayd qilinadi. Bu boradagi ma’lumotlarning aniqligiga o’qituvchi mas’uldir.
7. Darsdan so’ng fan o’qituvchisi kafedrada yuritiladigan maxsus jurnalga dars qoldirgan talabalar va fan mavzusi bo’yicha tegishli ma’lumotlarni o’rnatilgan tartibda qayd etadi va bu to’g’risida talabani ogohlantiradi.
Qayta o’zlashtirishdan so’ng o’qituvchi tomonidan talabaning daftariga va kafedrada joriy qilingan maxsus jurnalga darsning qayta o’zlashtirilganligi qayd qilinadi.
8. Qoldirilgan darslarni to’liq o’zlashtirmagan talabalar fanni o’zlashtirish bo’yicha yuqori ballga da’vogarlik qila olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |