Kolloid kimyo
Ma`ruza №10 10-Mavzu: “Sirt-faol moddalar”
Download 2.31 Mb.
|
portal.guldu.uz- “KOLLOID KIMYO” (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyalovchi
- Dars jarayonining mazmuni: Reja: I. Tashkiliy qism Auditoriyani darsga tayyorlash (5+5 min) II. Asosiy qism (60 min)
- III. Yakuniy qism (10 min) Uyga vazifa berish. Takrorlash uchun savollar. Reja asosida ma`ruza o`qiladi, namoyish (demonstratsiya) qilinadi. I. Tashkiliy qism
Ma`ruza №10
10-Mavzu: “Sirt-faol moddalar” Dars maqsadi: Ta`lim beruvchi: talabalarga sirt-faol moddalar, ular turlari va ularning amalda qo`llanilishini tushuntirish Rivojlantiruvchi: talabalarni ionogen (kation, anion va amfoter) hamda noionogen sirt-faol moddalar, ularning kundalik hayotdagi amaliy ahamiyati to`g`risidagi tasavvurlarni rivojlantirish va kengaytirishni davom ettirish. Tarbiyalovchi: diqqatli bo`lish, mas`uliyatli bo`lish, atrof-muhitga ehtiyotkor bo`lishni tarbiyalashni davom ettirish. Ko`rgazmali vosita: kompyuter, kodoskop, kristallizator, sovun, aminlar, organik kislotalar. Texnologiya: o`quv texnika vositalaridan foydalanib ma`ruza o`qish (kompyuter texnologiyasi) Dars bo`limlari: I. Tashkiliy qism II. Asosiy qism III. Yakiniy qism Dars jarayonining mazmuni: Reja: I. Tashkiliy qism Auditoriyani darsga tayyorlash (5+5 min) II. Asosiy qism (60 min) 1. Sirt-faol moddalarning umumiy xarakteristikasi 2. Sirt-faol moddalarning turlari. Ionogen sirt-faol moddalar. 3. Sirt-faol moddalardan emusyalarni barqaror qilishni namoyish qilish. 4. Noionogen sirt-faol moddalar. 5. Gidrofil-liofil balansi (GLB) tushunchasi 6. Sirt-faol moddalarning ishlatilishi. III. Yakuniy qism (10 min) Uyga vazifa berish. Takrorlash uchun savollar. Reja asosida ma`ruza o`qiladi, namoyish (demonstratsiya) qilinadi. I. Tashkiliy qism Auditoriyani darsga tayyorlash. II. Asosiy qism 1. Sirt-faol moddalarning umumiy xarakteristikasi Suyuqlik sirtida bo`ladigan adsorbsiyalar musbat va manfiyga adsorbsiyalarga bo`linadi. Masalan, suvga organik kislota yoki spirt (yoxud, aldegid, keton, murakkab efir, oqsil va hokazolar) aralashtirilsa bu moddalar suvning sirt qavatida ko`p yig`ilib qolib, suvning sirt tarangligini ancha kamaytiradi. Bu hodisa musbat adsorbsiya deyiladi. Lekin shunday noddalar borki, ular suv sirtiga tushib qolsa, suvning sirt tarangligini oshirib yuboradi, bular qatoriga osh tuzi va boshqa elektrolitlar kiradi. Bu yerda bo`ladigan hodisa manfiy adsorbsiya deyiladi. Suyuqlikning sirt tarangligini kamaytiruvchi moddalar sirt-faol moddalar, suyuqlikning sirt tarangligini ko`paytiruvchi moddalar esa sirt-nofaol moddalar deb ataladi. Sirt faol moddalar moddalarning sirt tarangligi suyuqlikning sirt tarangligidan kam bo`ladi. Sirt-faol va sirt-nofaol moddalardan tashqari shunday moddalar ham borki, ular suyuqlikka qo`shilsa suyuqlikning sirt tarangligi o`zgarmaydi. Bunday moddalar sirt farqsiz moddalar deyiladi. Bular qatoriga disaxarid va polisaxaridlar kiradi. Keng ma`noda qaraganda barcha organik moddalarni ham sirt-faol moddalar jumlasiga kiritishga to`g`ri keladi, chunki har qanday organik moddani olmaulik, uning sirt tarangligi suvning sirt tarangligidan kichik, u suvga nisbatan sirt-aktivlik ko`rsatadi. Lekin qattiq jismlarning sirt tarangligi suyuqliknikidan ancha katta, demak suv qattiq moddaga nisbatan sirt-aktivlik namoyon qilishi kerak. Bundan ko`ramizki, suv fazalar chegarasining xarakteriga qarab, ba`zan sirt-noaktiv, ba`zan sirt-aktiv modda bo`lishi mumkin. Lekin “sirt faol modda” degan tushuncha bu kabi keng ma`noda ishlatilmaydi. U maxsus, ancha tor ma`noda ishlatiladi. Umumtomondan qabul qilingan ta`rifga ko`ra sirt-faol modda molekulalari difil ravishda tuzilgan hamda ancha katta sirt faollikka ega bo`lgan organik birikmalardan iboratdir. Bunday modda molekulasining bir qismi suvga nisbatan kattaroq moyillik namoyon qiladi, bu qismini gidrofil guruh tashkil etadi; 2-qismi uglevodorod radikali bo`lib, u gidrofob guruhdan iborat. Spirt, fenol, karbon kislotalar, organik aminlar, sulfokislotalar va ularning tuzlari ana shunday difil molekulalardan tuzilgan. Sirt-faol moddalar assimetrik tuzilishga ega; shuning uchun ular suv-havo (suv-bug`), suv-uglevodorod (suv-yog`), suv-qattiq jism kabi sirtlarga adsorbilanadi. Download 2.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling