III. Yakuniy qism (10 min)
Takrorlash uchun savollar
Mikrogeterogen sistemalar tushunchalariga aniq ta`rif bering.
Mikrogeterogen va ultramikrogeterogen sistemalarga misollar keltiring.
Emulsiyalarning tiplar, emulsiya fazalarining o`zgarishi, koalestsensiya tushunchalarini ta`riflab bering.
Yarim kolloidlar va ularning ahamiyati haqida nimalar bilasiz?
Texnologik xarita №17
17-Mavzu: “Aerozollar va gidrozollar”
O`quv vaqti: 80
|
Talaba soni – 23
|
Maqsad, vazifalar
|
Talabalarni suyuqlik yoki qattiq jism zarrachalarining gaz muhitda (masalan, havoda) tarqalishi natijasida hosil bo`lgan makrogeterogen sistemalar bilan tanishtirish (tayanch so`zlar: aerozollar, termoforez, fotoforez, shimilish sig`imi).
|
O`quv jarayonining mazmuni
|
Aerozollar, ularni hosil bo`lishi, molekulyar-kinetik xossalari hamda ularda uchraydigan termoforez va fotoforez, shuningdek tuproq kolloidlari to`g`risida ma`lumotlarni tushuntirib berish.
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Darsni olib borish shakli: og`zaki
Darsni o`tkazish shakli: ma`ruza
Vosita: kompyuter
Nazorat: og`zaki
Baholash: rag`batlantirish, 4-b sistema asosida
|
Kuzatiladigan natijalar
|
O`qituvchi: talabalardadars jarayoniga qiziqish va unda faol ishtirok etishni uyg`otish, materialni yaxshi o`zlashtirishga ko`maklashish.
Talaba: yangi bilimlar olish, fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olingan bilimlarga o`zi baho berishi
|
Kelgusi rejalar
|
O`qituvchi: Kompyuter texnologiyalarini dars jarayoniga tatbiq qilish, o`z ustida ishlash, mavzuni zamonaviy talablar asosida o`qitish
Talaba: ma`lumotlar bilan ishlash malakasini rivojlantirish, o`z fikrlarini to`g`ri ifoda qilishga erishish, qo`shimcha ma`lumotlarni izlash va ular bilan ishlash.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |