Kоllоid sistemalar оlish


Download 213 Kb.
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi213 Kb.
#1432586
1   2   3   4
Bog'liq
Adsorbsiya

Г = -С/RT * dσ/dC
Bu yerda Г – erigan moddaning suyuqlik sirti birligiga yig’ilgan miqdori, C – eritma konsentratsiyasi, R – gaz konstantasi, T – mutloq harorat, dσ/dc – konsentratsiyasi o’zgarganda sirt tarangligining o’zgarishi dsigma/dc P.A.Rebinder sirt faollik deb atadi.

Kimyoviy adsorbsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari :
1) qaytmas;
2) spetsifik (kimyoviy reaksiya sodir bo‘lsagina adsorbsiya kuzatiladi);
3) Adsorbsiya issiqligi yuqori (800-1000 kj/mol ga yetadi);
4) Harorat ko‘tarilishi bilan xemosorbsiya ortadi.
Fizik adsorbilanishda quyidagi hollar kuzatiladi:
1) Adsorbsiya deyarli katta tezlik bilan boradi.
2) Adsorbsiya qaytar tarzda boradi.
3) Temperatura oshganda adsorbilanish kamayadi.
4) Adsorbsiyaning issiqlik effekti qiymat jihatdan suyuqlanish yoki bug’lanish issiqliklariga yaqin bo’ladi.
Ba‘zan o‘z kritik temperaturasidan past temperaturada sorbsiya vaqtida gaz qattiq jism g‘ovaklarida kondensatlanib, suyuq holatga o‘tadi. Bu hodisa kapillyar kondensatlanish deyiladi. Adsorbilanuvchi modda bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra adsorbilanish monomolekulyar yoki polimolekulyar deb nomlanadi. Adsorbsiya hodisasi qattiq jism bilan suyuq jism o‘rtasida, qattiq jism bilan gaz o‘rtasida, suyuqlik bilan gaz o‘rtasida va bir-birida kam eriydigan ikki suyuqlik o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin.
Adsorbent va adsorbtiv orasidagi ta‘sir fizikaviy adsorbsiya jarayonida quyidagi adsorbsion kuchlar natijasida vujudga keladi:
a) dispersion kuchlar;
b) induksion kuchlar;
d) elektrostatik kuchlar va vodorod bog‘lar natijasida vujudga keluvchi kuchlar. Fizik adsorbsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari:
- Qaytarlilik: Sorbsiya ↔ desorbsiya
-Spetsifikligi kam. Qutbli adsorbentlarga qutbli moddalar, qutbsiz adsorbentlarga qutbsiz moddalar adsorbilanadi.
-Adsorbsiya issiqligi kichik (8-40 kj/mol ni tashkil etadi).
-Harorat ko‘tarilishi bilan adsorbsiya kamayadi:
Adsorbsiyaning ikkinchi tavsifi adsorbsiya vaqti bilan belgilanadi. Adsorbilangan molekulaning adsorbent sirtida turish vaqti adsorbsiya vaqti deyiladi. Agar molekula bilan sirt orasida hech qanday tortishish kuchlari mavjud bo‘lmasa, bu vaqtda molekulaning tebranish davri 10-12 - 10-13 sekund chamasida bo‘ladi. Molekula bilan sirt orasida tortishish kuchlar mavjud bo‘lsa, molekula sirtida tutib turgan kuchni yengish uchun zaruriy energiya olingandagina molekula sirtdan ajralib ketadi. Molekula bu energiyani issiqlik harakatining flyuktuatsiyasi tufayli olishi mumkin. 1924-yilda S.Ya.Frenkel adsorbilanish vaqti bilan temperatura orasidagi bog‘lanish uchun quyidagi tenglamani taklif qildi:

Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling