Kоllоid sistemalar оlish


Download 213 Kb.
bet3/4
Sana05.05.2023
Hajmi213 Kb.
#1432586
1   2   3   4
Bog'liq
Adsorbsiya

t=t0 · eQ/RT
Adsorbsiya vaqti Frenkel tenglamasiga muvofiq o‘zgaradi. Bu yerda Qmolekula bilan sirt orasidagi o‘zaro ta‘sir energiyasi (adsorbsiyaning molyar issiqligi); t0=1013-1012sek, ya‘ni molekula bilan sirt orasida hech qanday tortishish kuchlari mavjud bo‘lmagan vaqtidagi adsorbsiya. Adsorbsiya hodisasiga oid dastlabki ishlar XVIII asrning ikkinchi yarmida boshlangan.
1973-yilda Sheele ko‘mirning, har xil gazlarni yutishini kuzatgan. So‘ngra 1785-yilda T. E. Lovis suvli eritmalarni turli qo‘shimchalardan tozalashda ko‘mirdan foydalangan. Adsorbsiya hodisasi faqat ko‘mirda kuzatilmay balki, boshqa g‘ovak moddalarda ham kuzatiladi. Adsorbsiya hodisasi turmushda juda keng qo‘llaniladi. Bo‘yash jarayoni, tabiiy oqava suvlarini, sharbatlarni, yog‘larni tozalash jarayonlari, hamda geterogen katalizator ham adsorbsiya hodisasi bilan bog‘liqdir.
Adsorbsion muvozanat adsorbsiya issiqligi Adsorbsion muvozanat. Adsorbsiya hodisasi ham xuddi suyuqlikning bug‘lanishi, moddaning suvda erishi kabi qaytar jarayondir. Bu yerda bir-biriga qarama -qarshi ikki jarayon bo‘ladi:
-biri moddaning yutilishi bo’lsa, ikkinchisi yutilgan moddaning adsorbent sirtidan chiqib ketishidir. Adsorbsiya hodisasida ham yutilish jarayoni avval tez boradi so‘ngra yutilish va ajralib chiqish jarayonlari tenglashib sistema adsorbsion muvozanat holiga keladi.
Adsorbsion muvozanat juda tez qaror topadi. Agar muvozanat uzoq vaqt davomida qaror topmasa, adsorbsiya boshqa xil jarayonlar bilan dinamik muvozanatlashgan deyish mumkin. Adsorbsion muvozanat ham dinamik muvozanatdir. Adsorbsion muvozanat holati temperatura o‘zgarganda o‘zgaradi. Adsorbsiya jarayoni issiqlik chiqarish bilan boradi. Adsorbsiya jarayonida ajralib chiqqan issiqlik adsorbsiya issiqligi deyiladi.
Adsorbsion muvozanatning siljishi Le-Shateele prinsipiga bo‘ysunganligi uchun temperatura ko‘tarilganida muvozanat modda kam yutiladigan tomonga qarab siljiydi. Desorbsiya jarayoni aksincha, issiqlik yutilishi bilan boradi. Shu sababli temperaturani oshirish orqali adsorbentga yutilgan moddani qaytadan chiqarish mumkin. Agar adsorbent bilan absorbtiv o‘rtasida kimyoviy reaksiya sodir bo‘lsa, adsorbsion muvozanat qaror topmaydi.
Bu holda adsorbsiya qaytmas jarayon xarakteriga ega bo‘ladi. Adsorbsion muvozanatning tez yoki sekin qaror topishi adsorbent yuzasining g‘ovakli yoki g‘ovaksiz bo‘lishiga bog‘liqdir. G‘ovaklar katta bo‘lsa, adsorbsion muvozanat tez, kichik bo‘lsa sekin qaror topadi.
Adsorbsiya issiqligi. Fizikaviy adsorbsiyada ham, xemosorbsiyada ham issiqlik effekti kuzatiladi, ya‘ni issiqlik chiqadi. Xemosorbsiyada ajralib chiqqan issiqlik miqdori kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effektiga yaqin keladi. Fizikaviy adsorbsiyada ajralib chiqqan issiqlik kalorimetrlar yordamida o‘lchanadi, lekin bunda olingan natijalar taqribiy bo‘ladi, chunki adsorbsiya va demak, issiqlik chiqishi uzoq vaqtga cho‘ziladi.

Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling