Ayiruvchi bog’lovchilar - Bu bog’lovchilar uyushgan gap bo’laklarini yoki qo’shma gaplarning qismlarini bog’lash uchun xizmat qiladi.Ayiruvchi bog’lovchilarga :yo,yoki(yoinki),yoxud,yo…,yo,dam…,dam,bir…,bir,xoh…,xoh kabi bog’lovchilar kiradi.Masalan:Bir-ikki she’r yoxud bir drama asar yozib adabiyotning butun masalasini tushundim,deb da’vo qiluvchi kishilar ham yo’q emas.(N.Safarov)
Ergashtiruvchi bog’lovchi - Ergashtiruvchi bog’lovchilar –ki(-kim),chunki,shuning uchun,go’yo,go’yoki,toki,agar,garchi(agarchi),basharti,ya’ni kabilar bo’lib,qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lash uchun xizmat qiladi.
- Ergashtiruvchi bog’lovchilar grammatik aloqalarni ifodalashi va ma’nolariga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
- 1)Aniqlov bog’lovchilari;
- 2)Sabab bog’lovchilari;
- 3)Chog’ishtiruv bog’lovchilari
- 4)Maqsad bog’lovchilari
- 5)Shart va to’siqsizlik bog’lovchilari
Aniqlov bog’lovchilari Sabab bog’lovchisi - Bular chunki,shuning uchun,negaki,zeroki,nainki kabilardir.Bu bog’lovchilar, asosan,sabab ergash fapni bosh gapga bog’lashga xizmat qiladi:Samimiy aytilgan so’z sodda bo’ladi,chunki dilning hukmronligi tildan ustun bo’ladi.
Chog’ishtiruvchi bog’lovchilari - Bular go’yo,go’yoki kabilardir.
- Bu bog’lovchilar voqea- hodisa va narsalarni o’zaro o’xshatish,chog’ishtirish yo’li bilan turli grammatik aloqalarni bildiradi.
- Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to’ldirgan,go’yoki kechaning o’zi kuylaydi.
Maqsad bog’lovchisi - Bu toki bog’lovchisi bo’lib, maqsad ergash gapni bosh gapga bog’laydi.Qo’shiqni bahuzur aytib ishlay ber,toki hamma bahramand bo’lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |