Bog’lovchilar - Gapda mustaqil so’zlarni yoki qo’shma gap qismlarini biriktirish uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlarga bog’lovchilar deyiladi.
- Bog’lovchilar grammatik jihatdan o’zgarmaydi va u leksik ma’no ham ifodalamaydi.
- O’zbek tilida bog’lovchilar yakka yoki takroriy qo’llaniladi. Shunga ko’ra ular ikki turga bo’linadi:
- 1)Yakka bog’lovchilar .
- 2Takroriy bog’lovchilar.
Yakka bog’lovchilar - Bu bog’lovchilar uyushgan bo’laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo’llaniladi:va,hamda,ammo,lekin,biroq,balki, holbuki,vaholanki,yoki,gar,agar,agarda,basharti,chunki,garchi,go’yo,go’yoki,-ki,-kim kabilar.Masalan:Derazam tomon qo’l uzaldi,lekin taqqillatmadi.(T.Malik)
Takroriy bog’lovchilar - Bular bir gapda ikki yoki undan ortiq o’rinda takrorlanib keladi:dam…,dam,ba’zan…,ba’zan,ham…,ham,yoki…,yoki,goh…,goh;
- Masalan:Jamiyatda ham tabiiy,ham hayotiy,ham siyosiy jumboqlar favqulodda ko’p sodir bo’ladi. Goh kulib, goh kuldirib yurardi.
- Bog’lovchilar vazifasiga ko’ra ikki turga bo’linadi.
- 1) Teng bog’lovchilar
- 2) Ergashtiruvchi bog’lovchilar
Teng bog’lovchilar - Bunday bog’lovchilar gap bo’laklari va ayrim sodda gaplar orasidagi teng munosabatlarni ifodalaydi.Gapning uyushgan bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi gaplarni bog’lashga xizmat qiladi.Masalan:Havo sokin va iliq edi. Unutilmas damlar yetib keldi va biz o’z qahramonlarimz betiga dadil qaramoqdamiz.(Oybek)
Biriktiruvchi bog’lovchilar - Bu bog’lovchilar gapning uyushiq bo’laklarini,qo’shma gap tarkibidagi ayrim gaplarni bir-biriga bog’laydi.O’zbek tilida bunday bog’lovchilarning eng aktiv qo’llanuvchisi va bog’lovchisidir.Masalan:Uni yosh va bo’ronli qalbi olib ketdi,olis shaharlarga.(A.Oripov)
Zidlovchi bog’lovchilar - Bunday bog’lovchilarga lekin,ammo,biroq,balki,holbuki kabi so’zlar kiradi. Bu bog’lovchilar sodda gaplar va bog’langan qo’shma gaplarda qo’llanib,hodisa,ish –harakat yoki biror predmetni boshqasiga zid qo’yadi va ular orasidagi qarama-qarshi munosabatni bildiradi.Masalan:Havo bulut bo’ldi,lekin yomg’ir yog’madi.
Do'stlaringiz bilan baham: |