Ko’makchi


Shart va to’siqsizlik bog’lovchilari


Download 1.23 Mb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1590817
1   2   3   4
Bog'liq
Yordamchi so\'z turkumlari slayd taqdimot

Shart va to’siqsizlik bog’lovchilari

  • Bular agar,agarda,modomiki,mabodo,basharti,garchi,agarchi,garchand kabilardir. Bu bog’lovchilar shart va to’siqsiz ergash gaplarni bosh gapga bog’laydi.Masalan:Agar kishining hayoti biror maqsad,biror g’oya uchun kurash bilan o’tsa,bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak.

Yuklama

  • Ayrim so’z yoki gapda qo’shimcha ma’no berish uchun xizmat qiladigan yordamchi so’zlar yuklamalar deyiladi. Yuklamalar tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
  • 1) Affiks yuklama(affiks holiga kelib qolgan yuklamalar);
  • 2)So’z yuklama (so’z holidagi yuklamalar).
  • Hozirgi o’zbek tilida gapga yoki ayrim so’zlarga beradigan qo’shimcha ma’nolariga ko’ra yuklamalarni quyidagi guruhlarga bo’lamiz:
  • 1) So’roq va taajjub yuklamalari;
  • 2) Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari;
  • 3) Ayiruv va chegaralov yuklamalari;
  • 4) Aniqlov yuklamasi;
  • 5) Gumon yuklamasi;
  • 6) Inkor yuklamasi;

So’roq va taajjub yuklamalari

  • (-mi,-chi,-a,-ya,) so’zlarga yoki gaplarga qo’shilib kelib asosan gapni so’roq gapga aylantiradi va emotsional ma’no qo’shadi: bugun uchrashuv bo’ladimi? Bugun uchrashuvga chiqmaysizmi?

Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari

  • (nahotki,nihoyat,-ku,ham,-u(yu),-da,-oq,-yoq,-kim,-ki).
  • So’z ma’nosini kuchaytirish va ta’kidlash uchun xizmat qiladi:Baxt so’zi shunchalik azizki,unga mehnat ahli inqilob tufayli erishdi.(G’.G’ulom)

Ayiruv va chegaralov yuklamalari

  • (-gina,-kina,-qina,faqat) turli so’z turkumlari bilan kelib, ularni chegaralab ko’rsatish va ma’no jihatidan ajratish uchun xizmat qiladi:Hamma keldi,faqat Dilmurod kelmadi.Yolg’iz ugina odamlarga qo’shilmas edi.(A.Oripov)

Aniqlov yuklamalari

  • Xuddi,naq yuklamalari o’zi mansub bo’lgan so’zning ma’nosini aniqlab ko’rsatish uchun xizmat qiladi.
  • O’g’li otasining xuddi o’zi.Majlisda naq ko’ngildagi gaplar gapirildi.

Gumon yuklamasi

  • Bu –dir yuklamasi bo’lib,gumon,noaniqlik ma’nosini ifodalaydi:Hozir u shaharga kirib borgandir.

Inkor yuklamasi

  • Inkor yuklamasi (na…,na) uyushiq bo’laklar va qo’shma gap tarkibidagi ayrim gaplar oldidan kelib, ularning mazmunini inkor etadi, bo’lishsizga aylantiradi. Inkor gapli gap bo’laklari va gaplar oldidan kelganda, bo’lishsizlik kuchaytiriladi, ta’kidlanadi: Na ufq o’ramay yotiq –zar,na bulut silkinmay oltin par,Tong kulmasdan burun Jontemir, Quyuq bir zavq bilan turadi.(Uyg’un)

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling