Ko'makchilar, bog'lovchilar, yuklamalar, undovlar
Download 149 Kb.
|
KO\'MAKCHILAR, BOG\'LOVCHILAR, YUKLAMALAR, UNDOVLAR
-dan bilan. Sinonimik munosabatning bu ko‘rinishida biroz zo‘rama-zo‘rakilik borday tuyuladi. Bu –dan va bilan birgalikda o‘zlari birgalikda kelayotgan so‘z tarkibidagi grammatik o‘zgarishga bog‘liq holda yuz beradi: O‘tirishi bilan gap boshladi / O‘tirgandan gap boshladi: o‘tirishi – o‘tirgan kabi.
Quyidagi chiqish o‘rnini bildirgan holatlarda ular o‘rtasida sinonimiyani payqash mumkin: dala bilan keldim / daladan keldim, soy bilan keldim soydan keldim, maktab bilan keldim / maktabdan keldim singari. Bir qaraganda ularni sinonim deb atash qiyin. CHunki –dan ishtirok etgan jumla to‘g‘ridan-to‘g‘rilik ma`nosini anglatmoqda. Agar bilan ishlatilgan holatni birgalik ma`nosida tushunsak, mantiqqa zid bo‘lishi mumkin. SHuning uchun bu erda ma`lum izoh talab etiladi. Bu izoh shundan iboratki, gapda har ikki vosita ham alohida ohang bilan, ya`ni cho‘zib talaffuz etilsagina sinonimik munosabat vujudga kelishi mumkin: maktab bila-a-n keldim / maktabda-a-n keldim kabi. Mana shunday holatda u orqali, tomondan ko‘makchilari bilan ham sinonim bo‘ladi: dala orqali keldim, soy orqali keldim, maktab orqali keldim; dala tomondan keldim, soy tomondan keldim, maktab tomondan keldim singari. Biroq hamma erda ham chiqish o‘rin ma`nosini anglatgan holatlarda ular sinonim bo‘laveradi, deyish to‘g‘ri emas: qishloqdan keldi, yurakdan gapirdi deyiladiyu, ammo qishloq bilan gapirdi, yurak bilan gapridi deyilmaydi. Harakatning bajarilishida vosita bo‘lganda sinonim bo‘ladi: SHu yo‘ldan boradi mening yoshlik ham, O‘sha erdan tilaydi sharaf (Zulfiya), SHu yo‘l bilan boradi mening yoshlik ham, O‘sha erdan tilaydi sharaf; Bir talay sho‘x-shodon talabalar zina bilan ko‘tarilishmoqda edilar / Bir talay sho‘x-shodon talabalar zinadan ko‘tarilishmoqda edilar singari. Matndan sabab ma`nolari anglashilganda ham ular sinonim bo‘ladi: Buncha go‘zal, bu qadar dilbar, / Zafar bilan yangragan bu soz! (Zulfiya) // Buncha go‘zal, bu qadar dilbar, / Zafardan yangragan bu soz! G‘arbdan kelgan zulmat so‘kildi chok-chok, / Sening o‘g‘illaring ochgan o‘t bilan (Zulfiya) // G‘arbdan kelgan zulmat so‘kildi chok-chok, / Sening o‘g‘illaring ochgan o‘tdan. Mana shunday holatlarda ular sababli, tufayli so‘zlari bilan ham sinonim bo‘la olishi ma`lum bo‘lib turadi. So‘zlarni chog‘ishtirish hatto bu ikki so‘z va bilan o‘rtasidagi sinonimik munosabatning –dan ga qaraganda yaqin va tabiiyroq ekanligini ko‘rsatadi: Mehnat bilan zumrad dalalar / Kundan kunga dilbar bo‘ladi (Zulfiya) // Mehnat sababli zumrad dalalar / Kundan kunga dilbar bo‘ladi // Mehnat tufayli zumrad dalalar / Kundan kunga dilbar bo‘ladi. YAna: SHirin ekan farzand, u bilan / Oilaga kirar ekan jon (Zulfiya). -dan va bilan sinonimiyasida nozik holatlar bor. Masalan: Sen bilan ajralishni istamayman gapidagi –ish birgalik darajasini emas, balki harakat nomini ifoda etgan. SHunday ekan, gapda harakatning bajaruvchisi bir kishi va bu erda bilan ning ishlatilishi o‘rinli emas. Gap Sendan ajralishni istamayman tarzida tuzilishi kerak. endi boshqacha holatni tasavvur qilaylik. er-xotin o‘zaro munosabatlarini aniqlashtirib, birga yashash-yashamasliklari haqida gap ketayotgan bo‘lsa, unda har ikki gap: Sen bilan ajralishni istamayman, Sendan ajralishni istamayman ham maqsadga yaqinlashtirmaydi. Buning uchun gapda harakat nomini hosil qiluvchi qo‘shimchadan tashqari yana birgalik nisbatni hosil qiluvchi –ish qo‘shimchasi Sen bilan ajralishishni istamayman tarzida qo‘shilishi zarur. Bunday paytda ham –dan va bilan o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi. Masalan: Sendan ajralishishni istamayman deb bo‘lmaydi. Sen bilan ajralishmoqchiman/ Sen bilan ajralmoqchiman, deyish mumkin bo‘lgani holda Sendan ajralishmoqchiman, deb bo‘lmaydi. Sendan ajralmoqchiman gapining ma`nosi esa umuman ikki kishi o‘rtasidagi munosabatni anglatadi. Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling