Ko'makchilar, bog'lovchilar, yuklamalar, undovlar


Download 149 Kb.
bet4/9
Sana30.04.2023
Hajmi149 Kb.
#1414050
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KO\'MAKCHILAR, BOG\'LOVCHILAR, YUKLAMALAR, UNDOVLAR

Bilan ko‘makchisining yordamida, ko‘magida, vositasida, davomida singari so‘zlar bilan sinonimik munosabatda bo‘lishi ham uning bu boradagi imkoniyatlari naqadar kengayib ketganligidan dalolat beradi: yordamida – bilan: CHamadonning qulfi yo‘q, qoq belidan tasma bilan chandib qo‘yilgan edi (O.YOqubov) / CHamadonning qulfi yo‘q, qoq belidan tasma yordamida chandib qo‘yilgan edi; ko‘magida – bilan: YAshnab ketdi dilda tilaklar, / Mehnat bilan gulladi turmush (Zulfiya) // YAshnab ketdi dilda tilaklar, / Mehnat ko‘magida gulladi turmush; davomida – bilan: Qishi bilan etilgan tuproq / Qiz qo‘liga ochar ko‘ksini (Zulfiya) // Qish davomida etilgan tuproq / Qiz qo‘liga ochar ko‘ksini kabi.
“O‘zbek tili grammatikasi”da “Ravishdosh” mavzusi yoritilish jarayonida –(i)b qo‘shimchasi haqida aytilgan quyidagi: “Bog‘lovchilik vazifasini o‘taydi va shu bilan birga fe`lning qandaydir bir formasi o‘rnida qo‘llanadi. Buni quyidagi bir misoldayoq ochiq ko‘rish mumkin: Keksa master Kuznetsov o‘z shogirdlaridan faxrlanib, u ham yaxshi bilaklar bilan bir-ikki so‘z aytdi-da, Omonovga o‘rin berdi (Iboxon). Misoldagi faxrlanib formasi o‘rnida faxrlandi-da formasini va aytdi-da formasi o‘rnida aytib formasini qo‘llash mumkin. Demak faxrlanib formasidagi –(i)b ravishdosh yasovchisi –di affiksi bilan -da bog‘lovchisiga xos tarzda qo‘llanayapti” (O‘tg,516) mulohaza doirasini bilan ko‘makchisi hisobiga kengaytirish mumkin. CHunki ayrim misollar tahlili –lanib va bilan o‘rtasida ham sinonimik munosabat shakllanishini ko‘rsatadi: Dunyo ortiq yorigandi sen tug‘ilganda, / YUragingni sevinch bilan tingladi onang (Zulfiya) // Dunyo ortiq yorigandi sen tug‘ilganda, / YUragingni sevinchlanib tingladi onang; Kunda qizib yotgan qumliklaring ham / Jilva bilan boqdi mehribon (Zulfiya) // Kunda qizib yotgan qumliklaring ham / Jilvalanib boqdi mehribon singari.
Payt ma`nosini anglatadigan ko‘makchisi bilan ham sinonimik munosabatga kirishadi: Qora ko‘zlaringning dilbar nigohi / Kun bo‘yi yashaydi aqlu hushimda (Zulfiya) // Qora ko‘zlaringning dilbar nigohi / Kuni bilan yashaydi aqlu hushimda; Goh qiynaysiz, goh yayratasiz / Tuni bo‘yi bo‘lib yo‘ldoshim (Zulfiya) // Goh qiynaysiz, goh yayratasiz / Tuni bilan bo‘lib yo‘ldoshim kabi.
O‘rin kelishigi qo‘shimchasi va bilan o‘rtasidagi sinonimik munosabatlar R.Qo‘ng‘urovning “O‘zbek tili stilistikasi” asarida keng ko‘lamda tahlil qilingan va unda o‘zaro almashishlar jarayonidagi ular bilan birga keladigan boshqa so‘zlar tarkibida yuz beradigan o‘zgarishlar, agar matn she`riy shaklda bo‘lsa, vaznning saqlanishiga ta`siri masalalarida ham to‘xtalib o‘tilgan. Ularni sinonim deb qarash mumkin bo‘lmagan holatlar haqida ham fikrlar bildirilgan. (QR, 126-129).
SHunday qilib, hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me`yoriy xarakterda bo‘lgan ko‘makchisining tarixan bir qancha variantlari bo‘lgan va ularning juda oz qisimgina badiiy adabiyot matnlarida saqlanib turibdi. Bu ko‘makchining ayrim kelishik qo‘shimchalari bilan sinonimik imkoniyatlari keng bo‘lib, bu narsa ularning uslublararo vazifaviy chegaralanishlarini ham belgilaydi. A.Pardaevning dissertatsion ishida boshqa sof ko‘makchilar ham ana shu tarzda tahlil qilingan.
Hozirgi adabiy tilimizda ham funktsional ko‘makchilarning mavjudligi, birinchidan, ko‘makchilarning tarixan mustaqil so‘zlardan iborat bo‘lganligi va ularning dastlab leksik ma`no anglatganligidan, ikkinchidan esa, bu jarayon tilda hali ham davom etib kelayotganligidan dalolat beradi. Bu toifadagi ko‘makchilar tilimiz tarixi tadqiqotchilarining kuzatsh ob`ekti bo‘lgan va bu tadqiqotlar natijasi ularning asosan fe`l, ot, ravish, ravishdosh singari mustaqil so‘z turkumlaridan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. Ana shunday mulohazalarni U.Tursunovning “O‘zbek tilida so‘ng ko‘makchilar”, Kononovning “Poslelogi v sovremennom uzbekskom literaturnom yazike”, A.A. Koklyanovaning “Poslelogi i slujebnie imena v uzbekskom yazike”, G.F. Blagovaning “XV-XVI asrlar eski o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilar haqida”, S.Mutallibovning “Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk (XI asr yozma yodgorliklari asosida)”, A.M. SHerbakning “Grammatika starouzbekskogo yazika”, G‘.Abdurahmonov va SH. SHukurovning “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi”, H.G‘. Ne`matovning “XI-XII asr yozma yodgorliklarida ko‘makchilar”, T.Rustamovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar”, “Sof ko‘makchilar”, e. Fozilovning “O‘zbek tilining tarixiy morfologiyasi”, J.Hamdamovning “O‘zbek tili tarixi. Ikkinchi qism. Tarixiy morfologiya.Ikkinchi bo‘lim” kabi asarlaridan topishimiz mumkin bo‘ladi.
Funktsional ko‘makchilarning sof ko‘makchilardan ajralib turadigan xususiyati ularning hozirgi o‘zbek adabiy tilida bir tomondan o‘zning dastlabki leksik ma`nolarini saqlab kelayotganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan gapning shakllanishida ma`lum grammatik vazifalarni bajarishi bilan bog‘liq. Ulardagi bu xususiyatni H.Ne`matov ravish ko‘makchilar misolida quyidagicha izohlagan: “Ravish ko‘makchilar so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi, o‘ta abstrakt ma`noga ega ekanligi va shuning uchun kelishik formalarini ko‘makchilarga yaqinlash(tir)sa, o‘z grammatik ma`nosining mustaqil so‘z – ravishning lug‘aviy ma`nosi bilan aloqadorligi va nutqda mustaqil qo‘llana olish qobiliyati bilan ot ko‘makchilarga yaqin turadi; ravish ko‘makchilar sof va ot ko‘makchilar orasida oraliq o‘rinni egallaydi. Bu oraliq o‘rin asosida ravish ko‘makchilarda yo sof ko‘makchilarga (ya`ni grammatik ma`nosining leksik ma`nodan batamom uzilishi) yoinki ot ko‘makchilarga o‘tish (ya`ni egalik va kelishik affikslari bilan birikib kelish) tendentsiyasi ko‘zga yaqqol tashlanadi. SHuning uchun uze, otru ravish ko‘makchilar o‘z xususiyati bilan sof ko‘makchilarga yaqinlashsa (mas., anin otru (Q.2562)- “bu tufayli andin otru o‘rnida, senin uze - sende”), boshqa bir necha ko‘makchilarda (chunonchi asra, tegre, on, basa va h.k.) ot ko‘makchilarga o‘tishni ko‘rish mumkin”. (Ne`matov H.G‘. XI-XII asr yozma yodgorliklarida ko‘makchilar, 45).
H.G‘.Ne`matov funktsional ko‘makchilarga nisbatan “mustaqil-yordamchi so‘zlar” atamasini qo‘llaydi. Olimning fikri qanchalik ilmiy asosga ega ekanligini anglab olish maqsadida uning bu borada qayod etganlarini batafsil keltirishga to‘g‘ri keladi: “Mustaqil va sof yordamchi so‘zlardan farqlash maqsadida ham mustaqil, ham yordamchi vazifasida kela oladigan so‘zlarni mustaqil-yordamchi so‘zlar deb ataymiz.
Sof ko‘makchilar funktsiyasi, morfologik o‘zgarmasligi, alohida urg‘uga ega emasligi, mustaqil so‘zlarsiz qo‘llana olmasligi bilan, qisman bo‘lsa-da, qo‘shimchalarga (kelishik affikslariga) o‘xshasa, mustaqil-yordamchi so‘zlar morfologik xususiyatlari, yakka holda qo‘llanila olishi bilan mustaqil so‘zlarga yaqin turadi. Demak, mustaqil-yordamchi so‘zlar sof yordamchi so‘zlar va sof mustaqil so‘zlar orasida oraliq o‘rinni egallaydi.
…dialektik materializm noantogonistik qarama-qarshi tomonlar bir-birini rad etibgina qolmay, ularning birlashishini ham tan olish dialektikaning muhim elementlaridan biri ekanligini uqtiradi. …Ikki qarama-qarshi elementlar (elementlar gruppasi)ning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi element dialektik logikada oraliq uchinchi (vklyuchennioe tret’e) deb ataladi va u dialektik logikaning muhim elementlari sanaladi. Dialekti logika ta`limoticha, ikki o‘zaro qarama-qarshi element orasidagi orliq uchinchi, uning ta’iati ochilmaguncha, elementlarning mohiyati o‘rganilgan hisoblanmaydi.
Mustaqil va sof yordamchi so‘zlar orasidagi munosabatlarni oraliq uchinchisiz – mustaqil-yordamchi so‘zlarsiz aniqlash qiyin. SHuning uchun yordamchi so‘zlarni hech qanday mustasnosiz yo qo‘shimchalar, yoyinki so‘zlar sostaviga kiritish bir tomonlama fikr dir; yordamchi so‘z turkumlarida ularni qo‘shichalar bilan yaqinlashtiruvchi elementlar ham, mustaqil so‘zlar bilan ham yaqinlashtiruvchi elementlar mavjud

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling