Kombinatorika elementlerin oqıtıw metodikası. Sanaq sistemaların oqıtıw metodikası


Download 15.25 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi15.25 Kb.
#1046634
Bog'liq
14 сам.работа


Kombinatorika elementlerin oqıtıw metodikası. Sanaq sistemaların oqıtıw metodikası.
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika – bir-birga uzviy bog‘liq matematik fanlar hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sohalar bo‘yicha olingan bilimlar turli kasb mutaxassislariga juda ham ham zurur. O‘z faoliyatini maqsadini aniqlay olish va unga erishish uchun shaxdam qadamlar qo‘yish – kompetentli, raqobatbardosh qobiliyatli mutaxassisning xarakterli xususiyati, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika esa har qanday fanga qaraganda ko‘proq shaxsning ijobiy o‘zgarishlari uchun yordam beradi.
Ommaviy tasodifiy jarayonlar qonuniyatlarini (ehtimollar nazariyasi fani) va kuzatishlar natijalarini qayta ishlash muhim usul va yo‘llarini (matematik statistika o‘rganadigan) bilish har bir kasbdagi mutaxassis uchun amaliy masalalarni yechishda qo‘l keladi. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani o‘rganishni esa avvalo kombinatorika asoslari bilan tanishmasdan mumkin bo‘lmaydi.
«Kombinatorika» atamasi matematikaga Leybnits tomonidan kiritilgan bo‘lib, uni 1666 yilda chop etilgan «Kombinatorika san’ati to‘g‘risida mulohazalar» nomli kitobida birinchi marta qo‘llagan edi. Hozirgi vaqtda kombinatorik usullar informatsiya nazariyasi muammolarini, chiziqli dasturlash masalalarini yechishda, transport masalalarini yechish uchun va h.k.larni hal qilishda keng qo‘llanilmoqda. Kombinatorik masalalar nafaqat matematika go‘zalligini ko‘rsatishga, balki amaliy matematik masalarni yechishda yangi kompyuter texnoogiyalarining imkoniyatlarini ko‘rsatishga imkon beradi. Diskret matematikaning masalalaridan hisoblangan kombinatorik masalalar ko‘pincha ob’ektlarning turli kombinatorik konfiguratsiyalarini tanlashga va ular orasidan u yoki bu masala shartigav nuqtai nazaridan eng yaxshisini tanlashga olib kelinadi.
Shuning uchun keng tarqalgan kombinatorik konfiguratsiyalarni hosil qilish algoritmlarini bilish masalani butunlay muvaffaqiyatli yechishning zarur sharti hisoblanadi.
Kombinatorika masalasi. Elementlarning turli kombinatsiyalari va ularning sonini topish bilan bog`liq masalalar kombinatorika masalalari deyiladi. Bunday masalalar matematika fanining tarmog`i — kombinatorikada o`rganiladi. Kombinatorika asosan, XVII—XIX asrlarda mustaqil fan sifatida yuzaga kelgan bo`lib, uning rivojiga B.Paskal, P.Ferma, G.Leybnis, Y.Bernulli, L.Eyler kabi olimlar katta hissa qo`shganlar.
Kombinatorikada, asosan, chekli to`plamlar, ularning qism to`plamlari, chekli to`plam elementlaridan tuzilgan kortejlar va ularning sonini topish masalalari o`rganilgani uchun uni to`plamlar nazariyasining bir qismi sifatida qarash
―Boshlang`ich matematika kursi nazariyasi‖ fanidan kambinatorika masalalari bo`yicha ma`ruzalar o`qimiz va amaliy mashg`ulotlarida olgan bilimlarini mustaxkamlaymiz. Shu boyis ularni ertangi kun boshlang`ich sinf o`qituvchilariga kerak bo`lgan bilmlarni beramiz. Bu yerda olgan nazariy bilimlarini ertaga maktabda amalda foydalanadi Kombinatorik va mantiqiy masalalar
1. Kombinatorik masalalarda berilgan topshiriqni nechta usulda bajarish mumkinligi aniqlanadi.
Masalan: 9, 0, 4 raqamlari berilgan. Bu raqamlardan foydalanib nechta uch xonali son hosil qilish mumkin?
Namuna: 409; 490; ...
2. Sinfda to`rtta o`quvchi bir-biri bilan qo`l berib ko`rishmoqda.
Ko`rishishlar soni nechta bo`ladi?
Javobingizni tajribada tekshirib ko`ring.
3. Bo`rining inidan tulkining iniga 3 ta, tulkining inidan
ayiqning iniga 2 ta yo`l bor. Bo`ri mehmonga borish
uchun tulki inidan o`tib, ayiqnikiga nechta yo`l orqali
bora oladi? Chizma chizib ko`rsating.
4. Qizil, sariq va oq gullar yonma-yon ochilib turibdi.
Asalari har bir gulga faqat bir marta qo`nishi mumkin.
U hamma gullarni necha usulda aylanib chiqa oladi?
5. Katakcha o`rniga qaysi raqamni qo`yish mumkin?
Javob variantlari nechta?
a) 2 · = 1 b) 4 · = 3
c) 6 · =4 d) 7 · = 4
6. To`rtburchak chizing. Uning burchaklarini A, B, D, E
harflar yordamida belgilang. To`rtburchakdagi harflarni
shunday ketma-ketlikda yana necha usulda belgilash
mumkin? Har bir usulni chizmada ko`rsating
Download 15.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling