Kombinatorika mavzusidagi formulalar yordamida yechiladigan masalar tuzish
SALIMOVA BARNO RE’JA
Kombinatorika va uning asosiy qoidalari.
O‘rin almashtirishlar.
Kombinatsiyalar.
Kombinatorika va uning asosiy qoidalari.
Kombinatorika va uning asosiy qoidalari. Bir qator amaliy masalalarni yechish uchun berilgan to‘plamdan uning qandaydir xossaga ega bo‘lgan elementlarini tanlab olish va ularni ma’lum bir tartibda joylashtirishga to‘g‘ri keladi.
1–TA‘RIF: Biror chekli to‘plam elеmеntlari ichidan ma’lum bir xossaga ega bo‘lgan elеmеntlardan iborat qism to‘plamlarni tanlab olish yoki to‘plam elеmеntlarini ma’lum bir tartibda joylashtirish bilan bog‘liq masalalar kombinatorik masalalar deyiladi.
2–TA‘RIF: Kombinatorik masalalar bilan shug‘ullanadigan matematik fan kombinatorika deyiladi
Qo‘shish qoidasi : Agar biror tanlovni m() usulda, tanlovni esa m() usulda amalga oshirish mumkin bo‘lsa va bu yerda tanlovni ixtiyoriy tanlash usuli tanlovni ixtiyoriy tanlash usulidan farq qilsa, u holda « yoki » tanlovni amalga oshirish usullari soni m( ёки ) = m() +m() formula bilan topiladi.
Masala: Korxonada 10 erkak va 8 ayol xodim ishlaydi. Shu korxonadan bitta xodimni nеcha xil usulda tanlab olish mumkin? Yechish: - erkak xodimni tanlash, - ayol xodimni tanlash bo‘lsin. Unda, shartga ko‘ra, m()=10, m()=8 bo‘lgani uchun bitta xodimni m( yoki ) = m() + m( ) = 10+8 = 18 usulda tanlash mumkin.
Ko‘paytirish qoidasi: Agarda biror tanlovni m() usulda, tanlovni m() usulda amalga oshirish mumkin bo‘lsa, u holda « vа » tanlovni (yoki (,) juftlikni) amalga oshirish usullari soni m( vа ) = m( ) · m( ) formula bilan topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |