Kombinatsion (aralash) dars


Download 41.31 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi41.31 Kb.
#1562044
Bog'liq
тесты по педагогике


№ 1.

Darsning boshlanishini tashkil etish uy vazifasini tekshirish, darsning maqsadi va vazifasini bayon qilish, yangi materiallarni tushuntirish, mustahkamlash, darsga yakun yasash va uyga vazifa berish» tuzilishidagi darsning tipini ko’rsating:

Kombinatsion (aralash) dars

№ 2.


Eng qadimgi madaniy boyliklarning o‘rganishdagi manbalar qaysi javobda to‘liq o‘z aksini topgan?

Xalq og‘zaki ijodi, buyuk adiblar, allomalarning asarlari, arxeo-logik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar

№ 3.

«Pedagogiya, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir». Pedagogikaga bu ta’rif kim tomonidan berilgan?



Avloniy

№ 4.


“Takrorlash bilimning asosidir”.Ushbu ibora qaysi pedagog olimga tegishli?

Ushinskiy

№ 5.

“Buyuk didaktika” asarining mullifi?



Komenskiy

№ 6.


Individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqri, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari ta’lim. Bular ta’limning asosiy …

Shakllari

№ 7.

“Ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi” tushunchalari didaktikaning qaysi jihatini yoritadi?



Ta’lim funktsiyalari

№ 8.


2017-2018 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda majburiy ta’lim necha yil deb belgilandi?

11 yil


№ 9.

“Pedagogika” atamasi ma’nosi nimani anglatadi?

Bolani etaklayman

№ 10.


“Donishnoma” asarining muallifi kim?

Ibn Sino


№ 11.

Al-Xorazmiy bilishning qaysi usuliga asos soldi?

Sinov-kuzatish va sinov usullariga

№ 12.


“Hibat ul-haqoyiq” asarining muallifi kim?

Ahmad Yugnakiy

№ 13.

Ta’limni tashkil etishning darsdan tashqari shakllariga qaysi guruhdagilar kiradi?



To‘garak, praktikum, seminar, konferensiya, maslahat, fakultativ mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, mustaqil uy ishlari

№ 14.


“Men farzand tarbiyasida davlatni boshqarishdan ko‘ra chuqurroq mushohada, undan ham chuqurroq donishmandlik kerakligiga ishonch hosil qildim” – degan ibora muallifi kim?.

Amir Temur

№ 15.

O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish quyidagi funksiyalarni bajaradi



Nazorat qilish, o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish

№ 16.


Qadim zamonlardan mavjud bo‘lgan o‘qitishning eng qadimgi shakli – bu:

Individual

№ 17.

O‘quvchilarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib tash-kil etiladigan o‘quv faoliyatini tashkil etish shakli … deb ataladi.



Tabaqalashgan ta’lim

№ 18.


Didaktika – bu …

Ta’lim nazariyasi

№ 19.

Didaktika deb nimaga aytiladi?



Didaktika bu o’qitish mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi o’qitish pedagogik nazariyasi,pedagogikaning sohasi

№ 20.


Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Dars o’tish, bilim berish, o’qitish, malaka, ko’nikma, shakl, metod, vosita, natijalar

№ 21.

Dars, praktikum, seminar, amaliy mashg‘ulot va konsultatsiyalar – bu:



Ta’limni tashkil etish shakllari

№ 22.


DTSni bajarish qanday ta’lim muassasalari uchun majburiydir?

O’zbekiston Respublikasidagi barcha ta’lim muassasalari uchun

№ 23.

Jalloliddin Davoniyning “Axloqi Jaloliy” asari uch qismdan iborat. Uning birinchi qismi qaysi fanga taaluqli?

Ahloq ilmiga

№ 24.


Jahon ilmida “Muallimi soniy” (“Ikkinchi muallim”) nomiga musharraf bo’lgan donishmand kim ?

Abu Nasr Farobiy

№ 25.

Zardushtiylik axloqining asosi – bu …



Ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal

№ 26.


«Xalqimiz tayanchi – ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir hazina. Bu hazinadan oqilona foydalanish lozim» - iborasi Islom Karimovning qaysi asarida ta’kidlangan?

Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik

№ 27.

Ibtidoiy jamiyat davrida kishilarning mehnat faoliyati uch guruhga bo’lingan. Bular qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?



Bolalar va o’smirlar, hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar, keksalar

№ 28.


Qaysi asarda dehqonlarga nisbatan: “O‘zing bular bilan aralashgin, qo‘shilgin, tilda yaxshi so‘zla, yuzungni ochiq tut”deya ta’rif berilgan

Qutadg‘u bilik

№ 29.

Ijtimoiy institutlarga nimalar kiradi?



Oila, ta’lim, madaniyat, din, mahalla

№ 30.


Quyidagilardan qaysilari jazolash metodlariga kiradi?

Tanbeh berish, uyaltirish, ogohlantirish

№ 31.

Ijtimoiylashuv jarayoni nima?



Ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy taraqqiyot asosida belgilangan madaniyat, axloq, bilim, dunyoqarashlarni o’zida mujassamlashtirishdir

№ 32.


Aniqlash va o‘lchash nima deb ataladi?

Tekshirish

№ 33.

Imom al-Buxoriy to’plagan hadislar soni qanchani tashkil etadi?



600 ming

№ 34.


“Innovatsiya” tushunchasining mazmunini aniqlang.

Yangilanish, o’zgarishni amalga joriy etish, kiritish jarayoni va faoliyati

№ 35.

Inson kamolotida uch narsa- “irsiyat, muhit, tarbiya” muhim rol o’ynaydi degan fikrni ilk bor ilgari surgan olimning nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?



Beruniy

№ 36.


Inson tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi fan bu:

Pedagogika

№ 37.

Insonning biologik mohiyatini o’zida aks ettiruvchi tushuncha – bu:



Individ

№ 38.


Pedagogik taxlilning mohiyati nimadan iborat?

*Pedagogik jarayonning rivojlanish yo‘nalishi va sharoitini aniqlash, uni boshqarish xaqidagi takliflarni kiritish

№ 39.

“Salomlashish va ruxsat so‘rash odobi, muloqot odobi, uxlash va yo‘l yurish odobi, suhbatlashish odobi, er-xotin odobi, tozalik qoi-dalari, mehmon kutsh odobi, ziyofat va ovqatlanish odobi, safar qoidalari” kabi qoidalar qaysi asarda bayon etilgan?



“Odob as-solihin”

№ 40.


Kaykovusning “Qobusnoma” asari necha bobdan iborat ?

44 bob


№ 41.

Qaysi javobda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari to’g’ri ko’rsatilgan?

Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish

№ 42.


Qaysi olim o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish zarurligini ta’kidlaydi?

Ibn Sino


№ 43.

Qaysi olimning asarida pedagogika alohida fan maqomiga ega bo’ldi?

Yan Amos Komenskiy «Buyuk didaktika»

№ 44.


Qanday ta’lim turlari uchun DTS joriy etiladi?

Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-xunar, oliy ta’lim

№ 45.

Quyidagilardan qaysi biri maktabda o’z-o’zini boshqarishning yuqori organi hisoblanadi?



Maktab jamoasining konferentsiyasi

№ 46.


Quyidagilardan qaysi biri pedagogikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari) hisoblanadi?

Tarbiya, ta’lim, ma’lumot

№ 47.

Ko’nikma va malakalarni shakllantirishda asosiy sanaluvchi metod – bu:



Mashq

№ 48.


I.G.Pestolotssining didaktikaga qo‘shgan hissasi qanday?

Boshlang‘ich ta’lim metodikasining asosini yaratdi

№ 49.

O‘qitish jarayoni nima?



Bu ikki yoqlama boshqariladigan maqsadga muvofiq pedagogik jarayon

№ 50.


Pedagogikaning obyekti – bu…

Bola, inson

№ 51.

Malaka – bu:



Ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan, bexato bajariladigan harakati

№ 52.


O‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang‘ich qoidalar – bu…. .

*Ta’lim tamoyillari

№ 53.

Internet va boshqa telekommunikatsion aloqa kanallari yordamida uzoqlashgan auditoriyalarni telekommunikatsion xolatda bir biri bilan bog‘lab ta’lim olish yuli – bu… .



Video va audio konferensiyalar

№ 54.


Movarounnaxrda davlat arboblaridan kim XV asrda maktablar islohotini o’tkazdi?

Ulug’bek


№ 55.

Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni belgilang.

DTS, o‘quv rejasi, o‘quv dasturi, darslik

№ 56.


Oila tarbiyasining asosiy yo’nalishlari – bu:

Aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi hisoblanadi

№ 57.

Oliy ta’lim qanday bosqichlardan iborat?



Bakalavriat va magistratura

№ 58.


Pedagogik olamiga savol-javob evristik suhbat metodini olib kirgan faylasuf olim kim?

Suqrot


№ 59.

Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?

Tabiiy tajriba, laboratoriya tajribasi, tajriba ishi

№ 60.


Pedagogika tarixi qanday fan?

Ijtimoiy


№ 61.

Pedagogika fani Kontseptsiyasining asosiy mazmun–mohiyati nimadan iborat?

Pedagogika fanining rivojlanish istiqbollarini belgilashdan

№ 62.


Pedagogika fani oldida turgan vazifalardan biri –

Hamkorlik pedagogikasi va milliy pedagogika asoslarini yaratish

№ 63.

Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot usullariga nimalar kiradi?



Kuzatish usuli, suhbat usuli,bolalar ijodini o’rganish usuli, test o’rovnomalar usuli, eksperiment-tajriba usuli, statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli, matematika va kibernetika usullari

№ 64.


Pedagogika fanlari tizimi qaysi javobda to‘g‘ri ko’rsatilgan?

Umumiy pedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, korrektsion (maxsus) pedagogika

№ 65.

Pedagogikaning bosh masalasi



Tarbiya

№ 66.


Maktabda metodik ishlarning asosiy shakllari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Metodbirlashmalar, metodik kengash, metodik operativ yordam, metod kabinet, ilg‘or tajriba maktabi, individual metodik ish, ochiq darslar

№ 67.

Ma’muriy va jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratib, kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadigan boshqarish tamoyilini ko‘rsating.



Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlari-ning ratsional uyg‘unligi tamoyili

№ 68.
Sinf-dars tizimini birinchi bo’lib kim yaratgan?

Yan Amos Komenskiy

№ 69.


Darsda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Ommaviy, guruhli, individual

№ 70.

Tarbiya turlari qaysi variantda to’g’ri ko’rsatilgan?



Aqliy, jismoniy, ahloqiy, mehnat, nafosat, ekologik, etik, iqtisodiy, huquqiy

№ 71.


Kim pedagogika tarixida ta’lim – tarbiyaga birinchi bo’lib ta’rif bergan?

Forobiy


№ 72.

“Turkiy guliston yoxud axloq” asarining muallifi kim?

AbdullaAvloniy

№ 73.


Ta’lim nazariyasi nimani o’rganadi?

Ta’lim jarayonlarini, ta’lim mazmunini, ta’lim metodlari, shakllari va vositalari o’z ichiga oladi

№ 74.

Ta’limning ko‘rgazmali metodlarini ko‘rsating.



Demonstratsiya, illyustartsiya

№ 75.


Ta’lim funktsiyalari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

Bilim berish,tarbiyalash,rivojlantirish

№ 76.

Ta’limning amaliy metodlariga nimalar kirishini aniqlang.



Mashq qilish, laboratoriya va amaliy ishlar

№ 77.


Pedagogikaning qaysi sohasi shaxsi va faoliyatida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bilan shug‘ullanadi?

Korrektsion pedagogika

№ 78.

Ta’limning qanday turlari uchun Davlat talablari (DT) joriy etiladi?



Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o’quv yurtidan keyingi, malaka oshirish va qayta tayyorlash

№ 79.


Ta’limning quyidagi metodlaridan qaysi biri ko’rsatmalilik metodining asosiy tarkibini tashkil etadi?

Namoyish etish, tasvirlash, ekskursiya

№ 80.

Ta’limning og’zaki metodlariga nimalar kirishini ko’rsating.



Hikoya, tushuntirish, suhbat, ma’ruza

№ 81.


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi modallarida oila haqida fikr bayon etiltan.

63, 64, 65, 66 moddalar

№ 82.

O’zbekistonda mustaqillik e’lon qilingandan so’ng dastlabki “Ta’lim to’g’risida”gi qonun qachon qabul qilingan?



1992-yil

№ 83.


O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi qay tarzda ta’minlanadi?

Kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga oshirish jarayonida

№ 84.

O’qituvchining suhbati ta’limning qaysi metodiga kiritiladi?



Og’zaki

№ 85.


O’quv dasturida nimalar ko’rsatilgan?

Har bir o’quv predmetining (fanining) mazmuni, o’quv yillari bo’yicha programma materiallarining (fanining) mazmuni va mavzularining tahminiy soatlari

№ 86.

O’quvchi faoliyatining asosiy turi qaysi javobda to’g’ri berilgan?



O’yin, o’qish

№ 87.


O’quvchilarga bilimni tartibli bayon qilish jarayoni pedagogika fanida qanday nomlanadi?

Ta’lim


№ 88.

O’quvchilarni mehnatga layoqatli va mehnatsevar qilib tarbiyalashda ko’proq nimalarga e’tibor bermoq lozim?

Mehnatda mashq qildirishga

№ 89.


Kommunikativ qobiliyatni shakllantiruvchi asosiy yo’nalishlarni belgilang?

Ishontirish, ta’sir etish, taqlid qilish

№ 90.

O’quvchilarning o’quv tafakkurini shakllantirish nechta darajadan iborat?



5 daraja

№ 91.


O’quvchining iste’dod va qobiliyatining rivojlanishi nimalarga bog’liq?

Faoliyatning turlariga, aloqa va muloqotga, ta’lim-tarbiyaning pedagogik jihatdan muvofiqligiga

№ 92.

Hadis ilmida “Sahih” yo’nalishining asoschisi kim?



Imom al-Buxoriy

№ 93.


Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar nechta?

3ta


№ 94.

Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni ko’rsating.

Irsiyat, muhit, tarbiya

№ 95.


Shaxsning rivojlanishi deganda nima tushuniladi?

Ijtimoiy tirik mavjudot sifatida insonning butun hayoti davomida bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlari

№ 96.

Ekologik tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifalariga nimalar kiradi?



Tevarak atrofdagi tabiiy muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishga o’rgatish, tabiatga, insonga, hayvonlarga muhabbatni tarbiyalash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy tushunchalarni bilish

№ 97.


Estetik tarbiyaning asosiy vazifalarini ko’rsating:

Estetik ehtiyojlarni tarbiyalash, idrokni va his-tuyg’uni, estetik tushuncha, did, baholash va fikrlash, badiiy va musiqiy qobilyatlarni rivojlantirish

№ 98.

Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari nechanchi yilda yozilgan?



1632-yil

№ 99.


Yangi usul maktablari uchun birinchi bo’lib “Ustodi avval” alifbosini kim yaratgan?

Said Rasul Said Azizov

№ 100.

Pedagogik vaziyatning faoliyatini mohirlik bilan boshqarish – bu:



Pedagogik mahoratdir

№ 101.


“Avesto”da bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qoidalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang?

Diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o‘qish va yozishga o‘rgatish.

№ 102.

“Tarbiya bizlar uchun yo hayot- yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”. Yuqoridagi fikrlar kimning fikrlari?



Abdulla Avloniy

№ 103.


“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida qachon qabul qilingan?

1997 yil 29 avgust

№ 104.

“Ustoz shogirdlariga katta zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchanlik ham qilmasligi lozim”. Ushbu fikr qaysi allomaga tegishli?



Abu Nasr Forobiy

№ 105.


«Inson kamolotida uch narsa – irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol o‘ynaydi» degan fikrlar muallifi kim?

Beruniy


№ 106.

Nutq texnikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan mashqlar turkumiga quyidagilar kiradi:

Nafas olish, ovoz o‘zgarishi, ravon nutq

№ 107.


Alisher Navoiyning qaysi asarida ustoz-murabbiy haqida noyob fikrlar bayon etilgan?

“Mahbub ul-qulub”

№ 108.

Antik davr mutafakkirlaridan kimlar pedagogning kasb mahorati va notiqlik san'ati haqida fikr bildirgan?



Sokrat, Platon, Demosfen.

№ 109.


Bilim deganda nima tushuniladi?

Tasavvurlar, tushunchalar va ma’lumotlar

№ 110.

Boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik bildirish qobiliyatning qaysi turiga kiradi?



Empatik

№ 111.


O‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullarsh nima deb ataladi?

Ta’lim metodlari

№ 112.

Dastlab texnologiya tushunchasi fanga nechanchi yilda kirib kelgan ?



1900 yilda

№ 113.


Yosh o‘qituvchi o‘zining ish faoliyatida qanday psixologik to‘siqqa duch keladi?

Ijtimoiy, sinfdan qo‘rqish, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida oraliqning hosil bo‘lishi

№ 114.

Jismoniy tarbiyani rivojlantirish haqida birinchi bo‘lib fikr yuritgan olim ?



Ibn Sino

№ 115.


U yo‘q joyda mehnat unumi ham past bo‘ladi, asablar tez charchaydi, sog‘likka putur etadi bu…?

O‘qituvchining kun tartibi

№ 116.

O‘z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini, qosh, ko‘z va yuz muskullarining harakati bilan bayon qilish san’ati… bu?



O‘qituvchining mimikasi
№ 117.

… ta’lim – jismoniy, intellektual, ijtimoiy, hissiy, lisoniy va boshqa xususiyatlaridan qat'i nazar, har bir insonga umumta’lim muassaslarida o'qish imkoniyatini beradigan ta'lim shakli. To‘g‘risini toping.

Inklyuziv

№ 118.


Komenskiy grammatik, fizik, matematik, etik, dialektik, ritorik degan olti xil nom bilan nimani atadi?

Lotin maktabining sinflarini

№ 119.

Ta’lim jarayonida o’qituvchining pedagogik mahoratini na­mo­yon etuvchi asosiy vositani belgilang?



O’quvchining nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan yutuqlari va ijobiy natijalari

№ 120.


Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishning asosiy bosqichlarini aniqlang?

Tajriba o‘rganishning maqsadi va vazifasini tuzish, dolzarb mavzuni aniqlash, maktab amaliyoti va pedagogik fanning dolzarb masalalarini hal etishda usta-o‘qituvchining erishgan yutuqlarini aniqlash, materiallarni to‘plash, tahlil, muomala, xulosa

№ 121.

Husnixatga doir dastlabki kitobni kim yozgan?



Munis Xorazmiy – “Savodi ta’lim”

№ 122.


Turkistonda XIX asrning 2-yarmida mavjud bo`lgan madrasalarda ta`lim necha bosqichda bo`lgan?

3 bosqich

№ 123.

Ushinskiyning pedagogik nazariyasidagi eng asosiy g‘oya nima?



Tarbiyaning xalqchilligi

№ 124.


Turkiy qavmlarning urf-odatlari, an’analari, odob-axloqlari hamda ta’lim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar mavjud asarni toping.

“Devonu lug‘atit turk”

№ 125.

Toshkentda dastlabki rus maktabi qachon ochilgan?



1886-yilda

№ 126.


Maktab sizni inson qilur, maktab hayot ehson qilur, maktab g`ami vayron qilur, hayrat qilib o`qing o`g’lon. Ushbu she`rining muallifi kim?

Avloniy


№ 127.

Arablar ulkan hududda halifalik davlatini barpo etish natijasida qaysi fanni taraqqiy etishga o`z xissalarini qo`shgan?

Geografiya

№ 128.


Arifmetik 4 amalni(,okbi, qo’shish, ayirish, ko‘payti rish) o‘ylab topgan antropologik tipni aniqlang.

Sinantroplar

№ 129.

Nechanchi asrda madrasalar tuzila boshlangan?



X arsda

№ 130.


Islom dini ta`limotida “Qur`oni Karimdan” keying asosiy manbaa nima hisoblanadi?

Hadis


№ 131.

“Ash-Shamoil an-Nabaviya” asarining muallifi kim?

Termiziy

№ 132.


So`fiylik inson ma`naviy-ruhiy komilikka erishish yo`lida quyidagi to`rt bosqich o`tishi kerak deb hisoblashgan. Bular…

Shariat, tariqot, ma`rifat, haqiqat

№ 133.

O‘rta Osiyoda musulmon maktablari tizimi qaysi tarixiy davrda vujudga keldi,



VII-XII asrlarda

№ 134.


Pedagogning kommunikativ madaniyati nima?

Pedagogning kishilar bilan qisqa muddatda muloqot o'rnata olishi, ular bilan muloqot o'rnatishga bo'lgan domiy intilishi

№ 135.

Pedagogik muloqot nima?



Ta'lim oluvchilarning maqsadlari hamda ularning birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan o'zaro aloqalarni o'rnatish va rivojlantirish

№ 136.


O‘qituvchi tomonidan bo‘lajak darsni samarali tashkil etilishining turli variantlarini tanlab olib baholash va qabul qilingan mezonlarga muvofiq darsni tashkil etishning eng ma’qul variantini tanlab olish nima deb ataladi?

Bashoratlash

№ 137.

Tarbiyalanuvchilarni ma’lum bir maqsadga muvofiq tar­biyalash uchun mo‘ljalga olish san’ati nima deb ataladi?



O’qituvchinng tarbiyachilik mahorati

№ 138.


Ayrim so‘z bo‘g‘inlarining aytilish muddati va to‘xta­lishi gapirishdagi to‘liq davomiylik, nutq va ifodalarning navbat bilan o‘z o‘rnida ishlatilishi nima deb ataladi?

Ritmika


№ 139.

O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til ele­ment­laridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulo­haza yuritishi, o‘ylashi nima deb ataladi?

Ichki nutq

№ 140.


Tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda real­likka aylangan fikr nima deb ataladi?

Nutq


№ 141.

Gaplar o‘rtasida fikriy bog‘lanish, izchillik yo‘qolishi oqituvchi nutqida qanday kamchikini keltirib chiqaradi?

Nutqning mantiqiyligi

№ 142.


Ikki tomonlama bir-biriga ta’sir etish nima deb ataladi?

Interaktiv

№ 143.

O‘qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish muloqot tuzilishining qaysi bosqichiga tegishli?



Prognostik

№ 144.


Mazmunan o‘qituvchining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog va deklama­tsiyalarida o‘z ifodasini topadigan ta’lim vositasi nima deb ataladi?

So’z


№ 145.

O’qituvchining vaziyatni va o‘quvchilar xatti-harakatini chuqur idrok qilib tez va haqqoniy baholashi nima deb ataladi?

Pedagogik impro­vizatsiya

№ 146.


O’qituvchining pedagogik faoliyatning turli shakllaridan, sinf jamoasining shakllanib ulgurgan darajasidan, muloqotni boshqarish tamoyillaridan kelib chiqadigan vazifasini belgilang

Kommunikativ vazifa

№ 147.

Mazkur jarayon o‘qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida nazariy va amaliy tajribalar asosida, o‘z – o‘zini kasbiy jihatdan nazorat qilib borishini nazarda tutadi. Bu yerda gap reflektsiyaning qaysi ko’rinishi haqida bormoqda?



O’z-o’zini nazorat qilish

№ 148.


Mazkur jarayon o‘qituvchining o‘z faoliyati va unda o‘zi­ga nisbatan «metapozitsiya» (noaniq pozitsiyada)da turib, o‘ziga tash­qa­ridan qarash, o‘zini kuzatish malakasini ko‘zda tutadi. Bu yerda gap reflektsiyaning qaysi ko’rinishi haqida bormoqda?

O’z-o’zini anglash

№ 149.
O’qituvchi perseptiv qobiliyatlariga nimalar kiradi?

Diqqat, kuzatuvchanlik, xayol



№ 150.

O’qituvchi-tarbiyachining pedagogik metod, usul va vositalarni rejali va kutilgan iatijalarga erishishga imkon beradigan, shaxsga va jamoaga aniq tasir ko‘rsatadigan jihatlarini tanlash tizimi nima deyiladi?



Texnologik tizim
Download 41.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling