Komiljon hashimov


Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi


Download 386.06 Kb.
bet61/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi. ХП—ХШ asrda bir qancha G'arbiy Yevropa mamlakatlarida oliy malumot beradigan o'quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo‘la boshladi. Universitetlarning vujudga kelishiga o‘sha vaqtlarda ko‘p Yevropaliklaming arab madaniyati (xususan, meditsina va falsafasi) bilan tanishuvi katta ta'sir ko'rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga G'arbiy Yevropa feodallarining XI asr oxirida Sharqdagi arab musulmon mamlakatlariga nisbatan harbiy harakatlari sabab bo'ldi. 0‘sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ilm fan rivojlangan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlari Yevropa universitetlari uchun andoza bo‘ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shahrida tashkil qilingan arab oliy o'quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, meditsina fanlari o'qitilar, yevropaningturli mamlakatlaridan kelgan talabalar Kordovada o'qib, oliy ma'lumot olardilar.
Universitetlaming paydo bolishining yana bir sababi yuksak malakali huquqshunoslarga talabning oshganligi edi. Mazkur sabablardan tashqari ХП-ХШ asrlarda G'arbiy Yevropa hayotida yuz bergan iqtisodiy, madaniy o'zgarishlar: hunar va savdoning rivojlanishi, shaharlarning o‘sib borishi, xalqaro aloqalarning kengayishi, yoshlar o'rtasida oliy ma'lumot olish


268


www.ziyouz.com kutubxonasi




harakatini tug'dirdi, bu hol o‘z navbatida universitetlarning paydo bo'lishiga katta ta'sir ko'rsatdi.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Qadimgi Yunonistonda tarbiya, maktab va pedagogika sohasidagi fikrlar.

  1. Sparta va Afinada qanday ta'lim-tarbiya muassasalari mavjud edi, ularning farqini izohlang?

  2. Qadimgi yunon faylasuflarining pedagogik qarashlarida qanday g'oyalar ilgari surilgan?

  1. G'arbiy Yevropadagi maktablar haqida so'zlab bering?

  2. Ritsarlik tarbiyasi nima?

  3. O‘rta asr universitetlaridagi ta'lim tizimi haqida so'zlab bering?

Yan Amos Komenskiy
Chexoslovakiyalik gumanist-pedagog Yan Amos Komenskiy o'zining ongli hayotini, amaliy pedagogik faoliyatini bolalarni o'qitish va tarbiyalashdek olijanob ishga bag'ishlagan ulug* pedagogdir.
Buyuk chex pedagogi 1592-yili 28 martda Moraviyadagi Ugorskiy Brod degan joyda tegirmonchi oilasida dunyoga kelgan. Uning oilasi ruhoniy «Chex qardoshlari» jamoasiga tegishli boTib, bu jamoa Chexiyaningozodligi uchun kurashuvchi vatanparvarlami o‘z atrofiga to'plagan edi.
Komenskiy ota-onasidan ajralib, ancha vaqt o'qiy olmaydi, 16 yoshida «Chex qardoshlari» jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o'qishga kiradi. Bu haqda Komenskiy shunday yozgan edi: Men o‘sha vaqtdayot tarbiya masalasida mamlakatimning orqada ekanligini ko'rdim. Fan va tarbiya hammaga tegishli ЬоЪзШ kerak. Maktabni tugatgach Xorbomi universitetiga (Germaniya) o'qishga kiradi,so‘ngra Geydelberg universitetida o‘z davrining bilimdon professorlaridan ma'ruza tingladi. Komenskiy Avstriya va Gollandiyada bo'lib iqtisodiy-siyosiy hamda madaniy hayot bilan tanishib ilmi va dunyoqarashini kengaytiradi.
O‘sha davrda knyazliklar orasidqjboshlangan 30 yillik urush (1618— 1648) tufayli «Chex qardoshlari» jamoasi nemis dvoryanlari tomonidan vatanlaridan quvg'in qilinadi. Shu tariqa Komenskiy xotini va bolasidan juda boladi. Qo'lyozmalari yo‘qoladi.
«Chex qardoshlari» ko'chib kelgan Polshadagi Leshno shahrida Komenskiy gimnaziya tashkil etadi.
U o‘zining 80 yillik umri davomida pedagogika, ta'lim-tarbiya, falsafa, ilohiyotga oid 250 dan ortiq asarlar, darsliklar yaratgan «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» (1631), «Buyuk didaktika» (1632), «Onalar


. 269


www.ziyouz.com kutubxonasi




maktabi» (1632), «Pansofiya maktabi» (1651), «Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari» (1953), «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalaming suratlari» (1658) kabi asarlar uning eng salmoqli asarlaridir. Shuningdek, mantiq, fizika, lotin va grek tillariga bag'ishlangan o'nlab darsliklar yozdi. Darsliklari hayotlik davridayoq boshqa tillarga taijima qilinib, Komenskiyning nomini butun dunyoga tanildi.
Komenskiy «Kishilik jamiyati ishlarini yaxshilash haqida hammaga talluqli maslahat» nomli 7 jildli katta asar muallifi hamdir (U hayot ekanligi vaqtida hammasi bo“lib 2 jildi bosilib chiqdi, qolgan jildlari esa faqat 1935-yili topildi va Chexoslovakiyada chop qilindi). Bu asarda kishilik jamiyatini isloh qilish g'oyasi ilgari suriladi.
Shvesiyada lotin tili darsligini va til o‘qitish metodikasini tuzadi. U «Chex qardoshlari» jamoasiga episkop qilib tayinlangach, 1648-yili Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgandan so'ng u yana o'qituvchilik faoliyatini davom ettiradi. Bir necha yil Vengriyada maktablarni boshqaradia. «Видимьш мир в картинках», ya'ni «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» deb nomlangan asarida, o'qish ishini rasmlar bilan olib borish g'oyasini ilgari suradi. Bunda «Yoshlarning xulq qoidasi», «Yaxshi tashkil topgan maktablaming qonuni» kabi pedagogikaga doir ishlari o'rin olgan.
1656 -yili Shved-polyak urushi vaqtida Leshnodagi «Chex qardoshlari» jamoasiga barham beriladi. Komenskiy Gamburgga so'ngra Amsterdamga ketishga majbur bo'ladi. 0‘sha yerda Gollandiya senatining buyrug'iga muvofiq uning asarlari to'plam holda bosib chiqariladi.
Komenskiy vatani mustaqilligi uchun kurash olib borgan. Uning asarlarida vatanparvarlik hissi yaqqol aks etgan. U chex xalq poeziyasini yig'ib chex maqollar to'plamini tuzgan.

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling