Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/155
Sana01.11.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1737659
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   155
Bog'liq
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke

 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
TAYANCH KONSPEKT
 
ISHLAB CHIQARISHDA MIKROIQLIMNI TEKSHIRISH USULLARI
MASHG„ULOTNING QISQACHA MAZMUNI.
- 
Meteorologik omil ko„rsatkichlari, 
ayniqsa havoning fizik holati, o„ta o„tkazuvchanlik xususiyatiga egadir. Chunki ular avallo 
texnologik jarayonning issiqlik fizik xususiyatlari, iqlim sharoiti, yil fasli, ishlab chiqarishning 
ish xonalari, ish joylarini tashkil etilganligi va bir qancha boshqa sabablar bilan bog„liqdir.
Shu sababli ishlab chiqarish sharoitida (ochiq havoda va yopiq xonalarda) meteorologik 
omil to„la ko„rinishlarda tasir etish mumkin. Bu omil bevosita organizmning issiqlik holatiga 
ta'sir ko„rsatish yo„li bilan fiziologik jarayonlarda o„zgarishlar vujudga keltiradi. Bu 
o„zgarishlar o„z navbatida ish qobiliyatining kamayishi va sog„lig„ini yomonlashuviga olib 
kelishi mumkin. Shu sababli mehnat gigiyenasi vrachining boshqa omillar qatori, 
meteorologik omilga gigiyenik baho berish uning salbiy ta'sirini oldigi olish chora-tadbirlarini 
ishlab chiqish asosiy vazifalari qatoriga kiradi. 
Ishlab chiqarishdagi meteorologik omil deb ish sharoitida ishlovchilarning issiqlik holatiga 
ta'sir etuvchi fizik omillar yig„indisiga aytiladi. Ishlab chiqarish sharoitida meteorologik omil 
turli ko„rinishda bo„ladi: komfort, issiqlikka ta'sir etuvchi (konveksion issiqlik va issiqlik 
nurlanishi ta'siri alohida va birgalikdagi xollari) sovuq haroratga ta'sir etuvchi, o„zgaruvchan, 
namlikka ta'sir etuvchi va boshqalar. 
Meteorologik omil ko„rsatkichlari: 
havo harorati - bu havo molekulasida mavjud issiqlik miqdoridir selsiy gradusida 
(
0
C) o„lchanadi. 
havoning namligi bu havo tarkibida mavjud namlik miqdori (nisbiy namlik) % 
ko„rsatkichda aniqlanadi 
havo harakati tezligi havo qatlamlari orasidagi haroratdagi farqga bog„liq bo„lib 
m/s da aniqlanadi. 
issiqlik nurlanishi yoki infraqizil nurlanishlar deb 760 nm 1 mm to„lqinning 
uzunligiga ega bo„lgan elektromagnit to„lqinlarga aytiladi. 
Bu nurlanishlar manba bo„lib har qanday issiq tana hisoblanadi. Bular hamisha baland 
haroratli tanadan past haroratli tana tomon yo„nalgan bo„lib o„z yo„lida bevosita havo 
haroratiga ta'sir ko„rsatmaydilar, yutilgan joyida issiqlik vujudga keltiradigan. Issiqlik 
(infraqizil nurlanishlar darajasi Vt/m
2
birligida aniqlanadi. 
Mehnat gigiyenasi vrachi meteorologik omilga gigiyenik bahoni berishni quyidagi 
masalalarni hal etishda bajaradi. 
ogohlantiruvchi sanitariya nazoratida qurilib (ta'mirlanib) ishga tushirilayotgan 
korxonalarga (sexlardagi); sog„lomlashtirish chora-tadbirlari samaradorligiga baho 
berishda; 
reja bo„yicha mukammal sanitariya tekshiruvlari o„tkazilishida; 


havo namunalarini olish (sanitariya kimyo tekshiruvlari o„tkazishda ); 
ishlovchilar fiziologik holatini o„rganishda; 
kasb bilan bog„liq va umumiy kasalliklar sabablarini aniqlashda
joriy etilgan (o„zgartirilgan) sog„lomlashtirish chora-tadbirlarining samaradorligini 
aniqlashda va boshqa. 
Meteorologik omilga baho berish quyidagi bosqichlarda olib boriladi: 
1. 
Texnologik jarayonning o„rganish (havo holatiga ta'sir etuvchi omillar va 
ular manbalarini aniqlash, ta'sir etish sharoitlarini o„rganish, infraqizil nurlar 
manbalarini va nurlanish tarqalishi sabablarini 
aniqlash, mavjud 
sog„lomlashtirish chora-tadbirlarini o„rganish). 
2. 
Ish xonalari eskizlarini (nusxalarini) chizish va unda tekshiruv o„tkazilishi 
lozim bo„lgan nuqtalarni aniqlash. 
3. 
Asbob-uskunalar yordamida tekshiruvlar o„tkazish. 
4. 
olingan natijalarni amaldagi hujjatlarda keltirilgan normalarga nisbatan 
baholash. 
5. 
Talablarga javob bermaydigan meteorologik sharoitni yaxshilash chora-
tadbirlarini ishlab chiqarish. 
Yuqorida keltirilgan bosqichlar asosan mehnat gigiyenasi vrachi tomonidan olib 
boriladi. Asbob uskunalar yordamida omil ko„rsatkichlarini DSENMlarning sanitariya-
gigiyena laboratoriya xodimlari tomonidan olib boriladi. Bu ishlarni bajarilishi xaqida mehnat 
gigiyenasi vrachi laboratoriya va talabnoma beradi (qachon, qaerda, qay sharoitda tadqiqotlar 
o„tkazilishi ko„rsatiladi). 
DSENM tarkibida laboratoriyasi bo„lmagan holda tekshirishlar mehnat gigiyenasi 
bo„limi xodimlari tomonidan olib borilishi lozim. Bu maqsadlarda katta korxonalar qoshida 
mavjud maxsus laboratoriyalar (ish sharoitlarini o„rganuvchi) xizmatidan foydalanish ham 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling