Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent


Meteorologik omil ko‘rsatkichlarini tekshirish


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/155
Sana01.11.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1737659
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   155
Bog'liq
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke

Meteorologik omil ko‘rsatkichlarini tekshirish. 
Ko„rsatkichlarni o„lchash amaldagi qoidalarga asosan olib boriladi. Ularga ko„ra havo 
harorati, namligi va harorat tezligi ish joylarida o„tirib ish bajariladigan hollarda polda 1 m va 
tik turib ish bajariladigan bo„lsa 1,5 m balandlikda o„lchanadi. 
Infraqizil nurlarni har bir manbadan eng ko„p nurlanish ish joylariga tarqalayotgan 
yo„nalishi bo„yicha o„lchash asbobini shu yo„nalishda perpendikulyar ravishda qo„yib poldan 
yoki ish maydonidan 0,5, 1,0 va 1,5 m balandlikda o„lchanadi. 
Havo haroratini (konveksion issiqlikni) o‘lchash. 
Bu maqsadlarda asosan termometr va termograflardan foydalaniladi. Amalda havo 
haroratini o„lchash uning namligini o„lchash bilan bir vaqtda Avgust va Assman 
psixrometrlarning quruq termometrlaridan foydalaniladi (harorat 50
0
C gacha bo„lsa). Ish 
joylarida infraqizil nurlanishlar bo„lsa ularning termometrga ta'sirini yo„qotish choralari 
ko„riladi. Bu maqsadlarda Assman psixrometr javob beradi. Chunki uning termometrlari uchi 
maxsus qoplama bilan yopilgan. Termograflar bilan o„lchanishlar o„tkazishganda ham ularni 
infraqizil nurlanish ta'siridan saqlash kerak. 


Havo namligini o‘lchash. 
Havo namligi absolyut, maksimal hamda nisbiy ko„rsatkichlar bilab aniqlanadi. Absolyut 
namlik – bir metr kub havoda tekshiruv o„tkazish sharoitida bor bo„lgan suv bog„lari 
miqdoridir. Maksimal namlik – tekshiruv o„tkazilayotgan sharoitda bir metr kub havoni to„la 
to„yintirish uchun kerak bo„ladigan suv bug„lari miqdori. Nisbiy namlik absolyut namlikning 
maksimal namlikka bo„lgan nisbati. Gigiyenik amaliyotda havoning namlik darajasiga nisbiy 
namlik bo„yicha baho beriladi. Nisbiy namlikni o„lchash uchun mikrometr va gigrograf 
asboblaridan foydalaniladi. Ammo ishlab chiqarish sharoiti bu asboblardan foydalanishning 
har doim ilojisi yo„q. Bu asboblarni ishiga havo harakati tezligi va infraqizil nurlanishlar ta'sir 
etadi. Buning natijasida olingan ma'lumotlar talabga javob bermaydi. Shu sababdan mehnat 
gigiyenasi tajribasidan nisbiy namlikni Avgust va Assman psixrometrlar va maxsus jadvallar 
yordamida aniqlanadi. Psixrometrlar ikki yonma-yon joylashgan termometrlardan tashkil 
topgan bo„lib, biri maxsus mato parchasi bilan o„ralgan bo„ladi. O„lchash o„tkazish uchun 
avval mato o„ralgan termometri qo„llaniladi. So„ngra o„lchash lozim bo„lgan yerga asbob 
o„rnatiladi. 
Ko„rsatkichlar Avgust psixrometidan 15-20 daqiqadan so„ng, Assman psixrometridan esa 
3-4 daqiqadan so„ng yozib olinadi. Olingan ma'lumotlar quruq va qo„llangan termometrlar 
ko„rsatkichlaridan iborat bo„ladi. Bu ko„rsatkichlar yordamida maxsus jadvaldan havoning 
nisbiy namligi %da aniqlanadi. 

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling