Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent


ISHLOVCHILAR ORGANIZMIDA FUNKSIONAL HOLATINI


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/155
Sana01.11.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1737659
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   155
Bog'liq
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke

 
ISHLOVCHILAR ORGANIZMIDA FUNKSIONAL HOLATINI 
O„RGANISH USULLARI 
MASHG„ULOTNING QISQACHA MAZMUNI. - Mehnat fiziologiyasi bo„yicha 
tadqiqotlar kuyidagi ikki yo„nalishda olib boriladi:
a) mehnat sharoitlarini va uni tashkillashtirishni yaxshilashga mo„ljallangan ishlab chiqarish 
tadqiqotlar; 
b) mehnat tashkillashtirishning ayrim jihatlarining yoki turli xil ish paytida tashki muxit 
omillarning organizmga ta'sirini aniqlashga yunaltirilgan laboratoriya ishlab chiqarish 
tadqiqotlari. 
Fiziologik takshirishlar uchun kuyilgan maqsadi va vazifalariga muvofiq ravishda tegishli 
korxona ma'muriyati bilan kelishilgan xolda, ma'lum kasbdagi, ma'lum havfli guruh tanlab 
olinadi. Bunda xar bir alohida tekshirilgan guruh ishlari ma'lum sondan 8 tadan kam 
bo„lmasligi kerak. 


Fiziologik tadqiqotlarning muayan maqsadlari eng qulay mehnat va dam olish tartibini 
ishlab chiqishdangina iborat bo„lib kolmasdan, balki mehnatning og„irligi va keskinligi 
darajasini, mehnat jihozlarini ish joyi va ish xolatini baholashni xam o„z ichiga oladi. 
Ishchilar fiziologik funksiyalari haqidagi eng to„liq ma'lumotga faqat ishchi uz joyidan va 
bajarayotgan operatsiyasidan chalgimasdan ishlaganda butun ish kuni davomida uzluksiz 
kuzatishlar natijasidagina ega bo„lish mumkin. Chunki ish kuni davomida organizmning 
funksional xolati ish qobiliyatining fazali o„zgarishlarga muvofiq ravishda uzgarib turadi. 
Bundan ish qobiliyatining ishga kirishish turgun va pasayib boruvchi fazalari farqlanadi. 
Aytilganlarni tutgan xolda qoidaga ko„ra fiziologik tekshirishlar - ish boshlashdan oldin bir 
marta (dastlabki xolat), ish kuni davomida (turli fazalarda va bir necha marta) va ish kuni
tugagandan keyin (tiklanish davri) o„tkazilishi zarur. 
Fiziologik tekshirishlarda qo„llaniladigan usullarini va tekshirilishi zarur bo„lgan 
funsiyalarni tanlashda albatta ishchining kasbi bajarilayotgan ishning tavsifi tanlanadigan 
usublarning ishlab chiqarish sharoitida qo„llanilishi qulayligi hisobga olinilishi kerak. Ishlab 
chiqarish sharoitida kuydagi organ va sistemalarning funksional xolati tekshiriladi: asab 
sistemasi (analizatorlar funksiyasi, sensomotor reaksiyalar vaqti, diqqat – e'tiborning xolati va 
boshqalar), xarakat organlarining funksiyasi (mushak kuchi, uning ish qobiliyati), yurak- qon 
tomir sistemasi (qon bosimi, tomir urishi, qonning daqiqalik va yurakning bir urishidagi 
hajmi, elektrokardiografiya va boshqalar), nafas olish sistemasi (nafas olish chastotasi, o„pka 
ventilyasiyasi, nafas chuqurligi va boshqalar), xarakat koordinatsiyasi (tremometriya), gazlar 
almashinuvi va energiya sariflanishi, tana va teri harorati va boshqalar.

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling