Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/155
Sana01.11.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1737659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Bog'liq
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke

Ishlab chiqarishda chang 
Changning gigiyenik ahamiyati Chang hosil bo„luvchi ishlab chiqarish korxonalari. 
Chang hosil qiluvchi manba va usullar. Chang tasnifi. Kondensatsiya va dezintegratsiya 
changlari. Changning fizik-kimyoviy tarkibi va ularning gigiyenik ahamiyati. 
Changlanganlikni aniqlash usullari va ishlab chiqarishda ularni qo„llanilishi. Organizmda 
chang kinetikasi.


Chang ta'sirida kelib chiqadigan kasb kasalliklari. Changning spetsifik va 
nospetsifik ta'siri. Yuqori nafas yullarida chang ta'siridan kelib chiqadigan kasalliklar 
(bronxit, bronxialnaya astma va boshqalar).Ishlab chiqarish sharoitida changga qarshi 
kurash usullari har xil turdagi changlarga ruxsat etilgan me'yorlarni reglamentlovchi 
prinsiplar. Shaxsiy himoya vositalari. Davolash profilaktik chora tadbirlar. 
Kimyoviy omil 
 
Ishlab chiqarishda zaharlar – ishlab chiqarishda zaharli va havfli omillar, ularni 
oldini olishda va foydalanishda ishchilar organizimiga ta'siri, keng qo„llanilishi. 
Asosiy tushuncha, vazifalari, zaharlilikni aniqlash usullari, eksperimental, gigiyenik, 
klinik, fiziologik, patomorfologik, immunologik va boshqalar Organizmga ta'siri 
bo„yicha tasnifi (umumxavfliligi, qichishtiruvchanligi, sensibilizatsion xususiyati, 
konserogenligi, mutogenligi bo„yicha). Kimyoviy omil. Ishlab chiqarish turlari:organik 
sintetik asosiy ishlab chikarish sanoati, koks kimyo sanoati, kimyo- farmatsevtika, neft-
kimyo, pestitsid sanoatlari, metall kislota, ishqor, mineral o„g„it, plastik modda, 
kimyoviy tola, ayrim kimyoviy modda va boshqalar. Kimyoviy birikma va kimyoviy 
modda qo„llovchi ishlab chiqarish turlari: mashina sanoati, tekstil sanoati, organik 
erituvchi va bo„yoqlarni, katalizatorlarni, issiqlik uzatuvchi, reaktivlar qo„llovchi sanoat 
korxonalari. Ishlab chiqarish sharoitida xom ashyo, tayyor mahsulot, adashgan 
qo„shimchalar, katalizator, issiqlik uzatuvchi, chiqindi qo„llanilishida kimyoviy omillar 
manbai. Zaharlilik va havflilikni aniqlovchi omillar: kimyoviy tarkibini, eruvchanligini, 
dispersligini, agregat holatini aniqlovchi (aerozol, par, gaz, eritmalar). Havoda, ish joyida 
uchuvchanlik holati, chidamlilik, doza va konsentratsiyasi. Oldini olish choralari: 
gigiyenik reglamentatsiya, texnikaviy va texnologik chora tadbirlar (avtomatizatsiya, 
germetizatsiya, texnologik jarayonni ketma-ketligi, o„ta xavfli jarayonlarni alohidalash, 
mexanik ventilyasiya, havodagi ish joyini kimyoviy moddalar tarkibi ustidan doimiy 
nazorat o„tkazish, maishiy xonalarni takomillashtirish, davriy va daslabki tibbiy ko„rikni 
o„tkazish. 
Ishlab chiqarishda kanserogenlar. Ularning tasnifi, zamonaviy sanoatda 
kanserogenlardan foydalanish va ularni qo„llash. Kasb kanserogenezini o„ziga xosligi. 
Mehnat gigiyenasida epidemiologik tekshiruvlar mohiyati. Kasbiy o„simtalarni 
joylashishi, kelib chiqish sabablari, tuzilishi va o„ziga xosligi (o„pka, siydik pufagi, jigar 
va boshqalar) Yangi kimyoviy moddalarni blastogenligini tekshirish. Kasbiy o„simtalarni 
umumiy profilaktik asoslari. Shaxsiy va jamoa himoya vositalari. Tibbiy profilaktik chora-
tadbirlar.

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling