Ishlab chiqarishda mikroiqlim
Ishlab chiqarishda mikroiqlim tushunchasi va uning turlari. Asosiy ko„rsatgichlar
tasnifi (harorat, nisbiy namlik, havoni harakat tezligi, infraqizil nurlanish), baholash
usullari. Infraqizil nurlanish, ishlab chiqarishda uning manbai. Nurlanish qonuni, uning
gigiyenik ahamiyati. Yopiq xonalarda va tashqi atmosferada bajariladigan har xil ishlarda
mikroiqlimning o„ziga xosligi. Issiq va sovuq sexlar. Ayrim mikroiqlim ko„rsatkichlarini
insonlardagi modda almashinuviga ta'siri (funksional va kimyoviy termoregulyasiya).
Asosiy mikroiqlim ko„rsatkichlarini inson organizmiga va uning faoliyatiga biologik
ta'siri. Adaptatsiya va akklimatizatsiya. Noqulay mikroiqlim (sovituvchi, isituvchi)
sharoitida ishchilarda kasallanish Mikroiqliminig gigiyenik me'yorlash prinsiplari. Ishlab
chiqarish sharoitida noqulay mikroiqlimni oldini oluvchi profilaktik chora-tadbirlar,
umumiy va shaxsiy himoya vositalari, mehnat va dam olish tartibi, davolash profilaktik
chora-tadbirlarlar.
Yuqori va past atmosfera bosimi
Yuqori bosim bilan bog„lik ish turlari. Kesson va suv osti sehlarida ishlovchilarining ish
sharoiti va zararli omillari. Giperborik oksigenatsiya sharoitida ishlovchi tibbiy
personalning mehnatining o„ziga xosligi. Kompressiya va dekompressiya sharoitlarida
saturatsiya va desaturatsiya holat. Yuqori atmosfera bosimi, inson organizmiga va ish
holatiga bog„liqligi. Dekompression kasalligi, kelib chiqish sabablari, klinik alomatlari,
oldini olish profilaktik tadbirlari. Bir tartibdagi va har xil tartibdagi dekompressiya holati,
kesson kasalligida muolaja.
Past atmosfera bosimi bilan bog„liq bo„lgan asosiy ish turlari, noqulay havo sharoitida
uchraydigan kompensator reaksiyalar. Kislorod yetishmasligini spetsifik va nospetsifik
organizmga ta'siri, tog„ va balandlik kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, klinik
ko„rsatkichlari. Past atmosfera bosimi sharoitida ishlovchi ishchilarda sog„lomlashtirish
chora tadbirlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |