Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent
Download 2.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke
Og„zaki so„rov
№ O„zlashtiris h % Baho Talabaning bilim darajasi 1. 96-100 A'lo «5» Hamma savollarga to„g„ri va sifatli javoblar beradi. Mehnat gigiyena vrachining vazifalar va burchlarini, mehnat gigiyena bo„limining tuzilishini, ish faoliyatini to„g„ri, aniq tushuntirib bera oladi. Sanitar-texnik jihozlanishi (ventilyasiya, yoritilganlik) bo„yicha savollarga ketma-ketlikda javob bera oladi. Ishlab chiqarish korxonalarida fiziologik tekshiruvlarini olib borish, ishchilar kasallanishini o„rganish, kasb kasalliklari va zaharlanishlar sabablarini aniqlash masalalarida adashmasdan aniq mulohaza yuritadi. Ogohlantiruvchi sanitariya nazoratida loyixalarni sanitar ekspertizasini o„tkazish bosqichlarini to„liq aytib beradi. Zararli ishlab chiqarish omillarini tekshirish laborator asbob-uskunaviy usullarini biladi va mustaqil ravishda mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqadi. 2. 91-95 Hamma savollarga to„g„ri va sifatli javoblar beradi. Mehnat gigiyena vrachining vazifalar va burchlarini, mehnat gigiyena bo„limining tuzilishini, ish faoliyatini to„g„ri, aniq tushuntirib bera oladi. Sanitar-texnik jihozlanishi (ventilyasiya, yoritilganlik) bo„yicha savollarga ketma-ketlikda javob bera oladi. Ishlab chiqarish korxonalarida A'lo «5» fiziologik tekshiruvlarini olib borish, ishchilar kasallanishini o„rganish, kasb kasalliklari va zaharlanishlar sabablarini aniqlash masalalarida adashmasdan aniq mulohaza yuritadi. Ogohlantiruvchi sanitariya nazoratida loyixalarni sanitar ekspertizasini o„tkazish bosqichlarini to„liq aytib beradi. Zararli ishlab chiqarish omillarini tekshirish laborator asbob-uskunaviy usullarini biladi va mustaqil ravishda mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqadi, biroq axamiyatsiz xatolarga yo„l qo„yadi. 3. 86-90 Hamma savollarga to„g„ri va sifatli javoblar beradi. Mehnat gigiyena vrachining vazifalar va burchlarini, mehnat gigiyena bo„limining tuzilishini, ish faoliyatini to„g„ri, aniq tushuntirib bera oladi. Sanitar-texnik jihozlanishi (ventilyasiya, yoritilganlik) bo„yicha savollarga ketma-ketlikda javob bera oladi. Ishlab chiqarish korxonalarida fiziologik tekshiruvlarini olib borish, ishchilar kasallanishini o„rganish, kasb kasalliklari va zaharlanishlar sabablarini aniqlash masalalari bo„yicha to„g„ri mulohaza yuritadi. Ogohlantiruvchi sanitariya nazoratida loyixalarni sanitar ekspertizasini o„tkazish bosqichlarini aytib beradi. Zararli ishlab chiqarish omillarini tekshirish laborator asbob-uskunaviy usullarini biladi va mustaqil ravishda mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqadi, biroq ba'zi bir noaniqliklarga yo„l qo„yadi. 4. 81-85 Yaxs hi «4» Savollarga to„liq javoblar beradi. Mehnat gigiyena vrachining vazifalari va burchlarini, mehnat gigiyena bo„limining tuzilishini, ish faoliyatini biladi. Sanitar- texnik jihozlanishi (ventilyasiya, yoritilganlik) bo„yicha savollarga ketma-ketlikda javob bera oladi. Ishlab chiqarish korxonalarida fiziologik tekshiruvlarini olib borish, ishchilar kasallanishini o„rganish, kasb kasalliklari va zaharlanishlar sabablarini aniqlash masalalari bo„yicha mulohaza yuritadi. Ogohlantiruvchi sanitariya nazoratida loyixalarni sanitar ekspertizasini o„tkazish bosqichlarini qisqacha aytib beradi. Zararli ishlab chiqarish omillarini tekshirish laborator asbob- uskunaviy ba'zi bir usullarini biladi va mustaqil ravishda mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqadi. 5. 76-80 Savollarga to„liq bo„lmagan javoblar beradi. Sanitar- texnik jihozlanishi (ventilyasiya, yoritilganlik) bo„yicha savollarga ketma-ketlikda javob bera oladi. Ishlab chiqarish korxonalarida fiziologik tekshiruvlarini olib borish, ishchilar kasallanishini o„rganish, kasb kasalliklari va zaharlanishlar sabablarini aniqlash masalalari bo„yicha mulohaza yuritadi. Ogohlantiruvchi sanitariya nazoratida loyixalarni sanitar ekspertizasini o„tkazish bosqichlarini qisqacha aytib beradi. Mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqadi, ammo bunda xato qiladi. 6. 71-75 Savollarning ko„pisiga to„g„ri javoblar beradi. Mehnat gigiyena vrachining vazifalari va burchlarini tushuntirib berishda adashadi. Ogohlantiruvchi sanitariya nazoratida loyixalarni sanitar ekspertizasini o„tkazish bosqichlarini qisqacha aytib beradi. Mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar majmuasini mustaqil ravishda ishlab chiqa olmaydi, bunda ahamiyatli xatolarga yo„l qo„yadi. 7. 66-70 Savollarning ko„pisiga to„g„ri javoblar beradi. Sanitar-texnik jihozlanishi (ventilyasiya, yoritilganlik) bo„yicha savollarga to„liq ketma-ket javob bera olmaydi. Ishlab chiqarish korxonalarida fiziologik tekshiruvlarini olib borish, ishchilar kasallanishini o„rganish, kasb kasalliklari va zaharlanishlar sabablarini aniqlash masalalari haqida fikr yuritmaydi. Ogohlantiruvchi sanitariya Qoni qarli «3» nazoratida loyixalarni sanitar ekspertizasini o„tkazish bosqichlarini qisqacha aytib beradi va bunda xatolarga yo„l qo„yadi. 8. 61-65 Savollarga to„g„ri javob berishni bilmaydi. Mehnat gigiyena vrachining vazifalari va burchlarini tushuntirib berishda adashadi va xatolarga yo„l qo„yadi. Ishlab chiqarish muhitining zararli omillarining gigiyenik baholashini o„tkazishda tahlil qilishni, me'yoriy xujjatlar bilan solishtirishni, xulosalar chiqarishni va profilaktik chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqishni bilmaydi. 9. 55-60 Javob berishlarda qo„pol xatolar qiladi. Mehnat gigiyena bo„limi qonuniy-me'yoriy xujjatlari va hisob-kitob xujjatlarini ko„rsatib berishda xam qo„pol xatolar qiladi. Ishlab chiqarish muhitining zararli omillarini gigiyenik baholash bosqichlarini tushuntirishda adashadi, javoblar to„liq emas, xatolar qiladi. 10. 54 dan kam Qoni qarsiz «2» Javob berishlarda qo„pol xatolar qiladi. Mehnat gigiyena bo„limi qonuniy-me'yoriy xujjatlari va hisob-kitob xujjatlari mazmunini bilmaydi. Ishlab chiqarish muhitining zararli omillarini gigiyenik baholash bosqichlari va profilaktik chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish haqida bilimlari yo„q, fikr yurita olmaydi. Dissiplina o„tganidan so„ng kompyuterda test o„tkazish shakli orqali yakuniy nazorat (YaN) o„tkaziladi. Har bitta bosqich uchun YaN balidan 50 % ajratiladi. Download 2.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling