Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent
Download 2.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke
- Bu sahifa navigatsiya:
- JN baholash kriteryalari
6. Dissiplina bo„yicha ko„nikma, malakalar va bilimlarini baholash kriteriyalari va reyting nazorati. Talabaning tayyorgarlik sifatini belgilovchi asosiy kriteriyasi uning reytingi hisoblanadi, bu esa joriy baho, talabaning mustaqil ishi bahosi, oraliq nazorat bahosi va yakuniy nazorat baholarining yig„indisidan chiqariladi. Dissiplina bo„yicha 100 ball kuyidagicha taqsimlanadi: № Nazorat turi Maksimal ball Koeffitsient O„tish ball 1 . Joriy nazorat 50 0,5 24,7 2 . Oraliq nazorat 20 0,2 11,0 3 . Yakuniy nazorat 30 0,3 16,5 JAMI 100 1 55,0 Amaliy mashg„ulotlarni baholash kriteriyasi bo„lib, talabaning mashg„ulotga tayyorgarligi va vazifalarni bajarish sifati baholarining yig„indisidan kelib chiqadigan joriy bahosi hisoblanadi. JN baholash kriteryalari № O„zlasht irish % Baho Talabaning bilim darajasi 1 . 96- 100% A'lo “5” Mehnat gigiyenasi va fiziologiyasi turli bo„limlariga oid, Davlat sanitariya nazoratini o„tkazish bo„yicha savollarga to„liq javob beradi. Mustaqil ravishda yakun yasaydi, muammolarni yechadi, tahlil o„tkazadi, ijodiy fikrlaydi, amaliyotdan misollar keltiradi, savollar mazmunini tushinadi, aniq ta'riflar bera oladi, erkin mulohaza qiladi, mavzular bo„yicha aniq bilimlarga ega. Vaziyatli masalalarni ijodiy yondashib, yecha oladi, javoblari asosli. Interaktiv o„yinlarni o„tkazishda o„ta qiziquvchan, faol, to„g„ri yechimlarni topa oladi. DSENM mehnat gigiyena bo„limi hisob-kitob xujjatlarni to„g„ri rasmiylashtiradi, qonuniy-me'yoriy xujjatlardan to„g„ri foydalanadi. Zararli ishlab chiqarish omillariga gigiyenik baho berish bosqichlarini, ularni aniqlash usullarini, asbob-uskunalarni juda yaxshi biladi, olingan natijalar asosida xulosa berib, mehnat sharoitlarini optimizatsiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. 2 . 91- 95% A'lo “5” Mehnat gigiyenasi va fiziologiyasi turli bo„limlariga oid, Davlat sanitariya nazoratini o„tkazish bo„yicha savollarga to„liq javob beradi. Mustaqil ravishda tahlil o„tkazadi, ijodiy fikrlaydi, savollar mazmunini tushinadi, erkin mulohaza qiladi, mavzular bo„yicha aniq bilimlarga ega. Vaziyatli masalalarni ijodiy yondashib, yecha oladi, javoblari asosli. Interaktiv o„yinlarni o„tkazishda o„ta qiziquvchan, faol, to„g„ri yechimlarni topa oladi, tahlil o„tkazadi va yakun yasaydi. DSENM mehnat gigiyena bo„limi hisob- kitob xujjatlarni to„g„ri rasmiylashtiradi, qonuniy- me'yoriy xujjatlardan to„g„ri foydalanadi, ammo ahamiyatsiz hatolarga yo„l qo„yadi. Zararli ishlab chiqarish omillariga gigiyenik baho berish bosqichlarini, ularni aniqlash usullarini, asbob- uskunalarni yaxshi biladi, olingan natijalar asosida xulosa berib, mehnat sharoitlarini optimizatsiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. 3 . 86- 90% A'lo “5” Mehnat gigiyenasi va fiziologiyasi turli bo„limlariga oid, Davlat sanitariya nazoratini o„tkazish bo„yicha savollarga javob beradi, biroq javoblarida 1-2 ta noaniqliklar bor. Mustaqil ravishda tahlil o„tkazadi, savollar mazmunini tushinadi, erkin mulohaza qiladi, mavzular bo„yicha aniq bilimlarga ega. Vaziyatli masalalarni ijodiy yondashib, yecha oladi, javoblari asosli. Interaktiv o„yinlarni o„tkazishda o„ta qiziquvchan, faol, to„g„ri yechimlarni topa oladi, tahlil o„tkazadi va yakun yasaydi. DSENM mehnat gigiyena bo„limi hisob-kitob xujjatlarni to„g„ri rasmiylashtiradi, qonuniy-me'yoriy xujjatlardan to„g„ri foydalanadi, ammo 2-3ta hatolarga yo„l qo„yadi. Zararli ishlab chiqarish omillariga gigiyenik baho berish bosqichlarini, ularni aniqlash usullarini, asbob-uskunalarni yaxshi biladi, olingan natijalar asosida xulosa beradi, faqat mehnat sharoitlarini optimizatsiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda 1-2 ta noaniqliklar bor. 4 . 81- 85% Yaxs hi “4” Mehnat gigiyenasi va fiziologiyasi turli bo„limlariga oid, Davlat sanitariya nazoratini o„tkazish bo„yicha savollarga javob beradi, biroq javoblarida 1-2 ta noaniqliklar, xatolar bor. Savollar mazmunini tushinadi, erkin mulohaza qiladi, mavzular bo„yicha aniq bilimlarga ega. Vaziyatli masalalarni yecha oladi, ammo javoblarini to„liq asoslab bera olmaydi. Interaktiv o„yinlarni o„tkazishda o„ta qiziquvchan, faol, to„g„ri yechimlarni topa oladi, tahlil o„tkazadi va yakun yasaydi. DSENM mehnat gigiyena bo„limi hisob-kitob xujjatlarni to„g„ri rasmiylashtiradi, qonuniy-me'yoriy xujjatlardan to„g„ri foydalanadi, ammo 2-3ta hatolarga, noaniqliklarga yo„l qo„yadi. Zararli ishlab chiqarish omillariga gigiyenik baho berish bosqichlarini, ularni aniqlash usullarini, asbob- uskunalarni yaxshi biladi, olingan natijalar asosida xulosa beradi, ammo javoblarida 2-3 ta noaniqliklar bor. Mehnat gigiyenasi va fiziologiyasi turli bo„limlariga oid savollarga javob beradi, biroq javoblari to„liq emas. Savollar mazmunini tushinadi, erkin mulohaza qiladi, mavzular bo„yicha aniq bilimlarga ega. Turli 5 . 76- 80% Yaxs hi “4” xil ob'ektlarida Davlat sanitariya nazorati sanitar tekshiruvlar shakllarini va turlarini biladi, biroq DSENM mehnat gigiyena bo„limi hisob-kitob xujjatlarini to„liq rasmiylashtira olmaydi. Interaktiv o„yinlarda faol qatnashadi. Vaziyatli masalalarni yecha oladi, ammo javoblarini to„liq asoslab bera olmaydi. Zararli ishlab chiqarish omillariga gigiyenik baho berish bosqichlarini, ularni aniqlash usullarini, asbob-uskunalarni aniq bilmaydi, olingan natijalar asosida xulosa berishda va mehnat sharoitlarini optimizatsiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda 3-4 ta xatolarga yo„l qo„yadi. 6 . 71- 75% Yaxs hi “4” Mehnat gigiyenasi va fiziologiyasi turli bo„limlariga oid savollarga javob beradi, biroq javoblari to„liq emas. Savollar mazmunini tushinadi, erkin mulohaza qiladi, mavzular bo„yicha aniq bilimlarga ega. Turli xil ob'ektlarida Davlat sanitariya nazorati sanitar tekshiruvlar shakllarini biladi, turlarini esa sanab bera olmaydi, o„tkazish maqsadlarini xam bilmaydi. DSENM mehnat gigiyena bo„limi hisob-kitob xujjatlarini to„liq rasmiylashtira olmaydi. Vaziyatli masalalarga javoblari to„liq emas. Zararli ishlab chiqarish omillariga gigiyenik baho berish bosqichlarini, ularni aniqlash usullarini, asbob- uskunalarni biladi, ammo to„liq tushuntirib bera olmaydi, olingan natijalar asosida xulosa berishda va mehnat sharoitlarini optimizatsiyalash chora- tadbirlarini ishlab chiqishda 3-4 ta xatolarga yo„l qo„yadi. 7 . 66- 70% Qoni - qarli “3” Mehnat gigiyenasi va fiziologiyasi turli bo„limlariga oid savollarining yarimisiga javob beradi. Turli xil ob'ektlarida Davlat sanitariya nazorati sanitar tekshiruvlar shakllarini biladi, turlarini esa sanab bera olmaydi, o„tkazish maqsadlarini xam bilmaydi. DSENM mehnat gigiyena bo„limi hisob-kitob xujjatlarini rasmiylashtirishda adashadi. Savollar mazmunini tushinadi, erkin mulohaza qiladi, ma'lum bir mavzular bo„yicha bilimlarga ega. Vaziyatli masalalarga javob beradi, ammo ularni asoslab bera olmaydi. Zararli ishlab chiqarish omillariga gigiyenik baho berish bosqichlarini, ularni aniqlash usullarini, asbob-uskunalarni biladi, ammo to„liq tushuntirib bera olmaydi, olingan natijalar asosida xulosa berishda 3-4 ta xatolarga yo„l qo„yadi, mehnat sharoitlarini optimizatsiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda xam xatolari bor. 8 . 61- 65% Qoni - qarli “3” Mehnat gigiyenasi va fiziologiyasi turli bo„limlariga oid, Davlat sanitariya nazoratini o„tkazish bo„yicha savollarining yarimisiga javob beradi. Sanitar tekshiruvlar turlarini sanab berishda xatolar qiladi, o„tkazish maqsadlarini xam bilmaydi. DSENM mehnat gigiyena bo„limi hisob-kitob xujjatlarini rasmiylashtirishda ko„p adashadi. Erkin mulohaza qila olmaydi, ma'lum bir mavzular bo„yicha bilimlarga ega. Vaziyatli masalalarga javob berishda xatolarga yo„l qo„yadi. Javob berishda qonuniy- me'yoriy xujjatlarga yondasha olmaydi va qo„pol xatolar qiladi. 9 . 55- 60% Qoni - qarli “3” Mehnat gigiyenasi va fiziologiyasi turli bo„limlariga oid, Davlat sanitariya nazoratini o„tkazish bo„yicha savollarining yarimisiga noto„g„ri javob beradi. Talaba erkin mulohaza qila olmaydi, mavzular bo„yicha qisman bilimlari bor. Vaziyatli masalalarga javob berishda katta xatolarga yo„l qo„yadi. Interaktiv o„yinlarda qiziqarsiz ishtirok etadi. DSENM mehnat gigiyena bo„limi hisob-kitob xujjatlarini to„liq rasmiylashtira olmaydi, qonuniy-me'yoriy xujjatlarga yondashishda xatolar qiladi. Zararli ishlab chiqarish omillariga gigiyenik baho berish bosqichlarini, ularni aniqlash usullarini, asbob-uskunalarini tushuntirishda qo„pol xatolarga yo„l qo„yadi. 1 0 . 54% va undan kam Qoni - qarsi z “2” Mehnat gigiyenasi va fiziologiyasi turli bo„limlariga oid, Davlat sanitariya nazoratini o„tkazish bo„yicha savollarining 1/3 qismiga to„g„ri javob beradi. Turli xil ob'ektlarida Davlat sanitariya nazorati sanitar tekshiruvlarida adashadi, DSENM mehnat gigiyena bo„limi hisob-kitob xujjatlarini rasmiylashtirishda xam adashadi. Vaziyatli masalalarni noto„g„ri yondashish natijasida xato yechadi. Zararli ishlab chiqarish omillariga gigiyenik baho berish bosqichlarini, ularni aniqlash usullarini tushuntirib bera olmaydi, qonuniy-me'yoriy xujjatlarni bilmaydi. Har bitta talaba semestr davomida 3 mavzudan kam bo„lmagan mustaqil ishlarni bajarishi kerak. Mustaqil ish mavzusini o„qituvchi belgilaydi, bajarish shaklini esa talabaning o„zi tanlaydi. Download 2.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling