Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent
Mashinasozlik qurilish sanoatida mehnat gigiyenasi
Download 2.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg„ulotlarni tashkil etish bo„yicha ko„rsatma va tavsiyalar
Mashinasozlik qurilish sanoatida mehnat gigiyenasi
Mashinasozlik sanoatini mamlakat miqiyosida iqtisodiy va ishlab chiqarish tavsifi. Barcha ishlab chiqarish tarmoqlarini ilmiy texnikaviy rivojlanishda mashinasozlik sanoatini ahamiyati. Mashinasozlikni turlari (tarmoqlari). Mexanizatsiya va avtomatizatsiya - ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yo„llari. Mehnatni yengillashtirish va mehnat sharoitini gigiyenik yaxshilash. Texnologik jarayon boskichlari, mehnatni tashkillashtirilganligi va jihozlanganlik turlari, ularning gigiyenik tavsifi. Tayerlov va asosiy sexlar. Issik sexlar: quyish, termik va qoliplash. Texnologik jarayonning jihozlarning xavfli va zararli omillarning ahamiyati: issituvchi mikroiqlim (nurlanish, konveksiya), fizik zo„riqish, chang, gaz, yuqori chastotali tok. Asosiy kasblar va ularning fizik-gigiyenik tavsifi. Umumiy va kasb kasalliklar. Profilaktik chora-tadbirlar. Sovuq sexlar: mexanik, yig„uv, galvanik. Metallga sovuq ishlov berishning, jihozlanishning asosiy kasblarning turlari, usullari. Zararli va xavfli omillar: chang, shovqin, tebranish, suritiladigan va sovutiladigan suyukliklar, ularning ishlovchilarga ta'siri. Payvandlovchi ishiga gigiyenik tavsif. Bo„yash (malyarlik) ishlar: bo„yash, metall qoplash ishlari va ularning tavsifi, zararli ishlab chiqarish omilari: erituvchilarning bo„yoqlarning par va gazlari. Mashinasozlik sanoatida ishlovchilarning umumiy va kasb kasalliklari. Ularga qo„llaniladigan profilaktik chora-tadbirlar. Amaliy mashg„ulotlarni tashkil etish bo„yicha ko„rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg„ulotlarda talabalar mehnat sharoitini gigiyenik baxolash uchun ishlab chikarishda fizikaviy, kimyoviy omillar urganiladi, eksperimintal toksikometriya usullarini o„zlashtirish va o„rganish yuli bilan ruxsat etilgan me'yoriy darajasi aniklanadi,sanitariya texnik va sanitariya epidemiologik tekshirishni va laboratoriya tekshiruv natijalarini interpretatsiya qilish yo„li bilan gigiyenik baxo berishni o„rganadilar. Amaliy mashg„ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari: 1. Yurak-qon tomir tizimini funksional holatini tekshirish usullarini bajara olish (puls, qon bosimi, qonning minutlik xajmi) 2. MNS tizimi funksional holatini tekshirish usullarini bajara olish (korrektura jadvallar qo„llash, xronorefleksometriya, tremometriya); 3. Ishchi holati, mushaklar kuchini aniqlashni bajarish; 4. Ishlab chiqarish ob'ektlarida meteorologik omil ko„rsatkichlarini aniqlash; 5. Badan, teri xaroratlarini, ter ajralish mikdorini aniqlashni o„zlashtirish; 6. Shovqin jadalligini va spektrini o„lchashni o„zlashtirish; 7. Ishlab chiqarishda tebranishni jadalligini aniqlash va uni tahlil qilishni bilish; 8. Tovush qabul qilish bo„sag„asini va tebranish sezgirligini aniqlash usullarini o„zlashtirish; 9. Changlanganlik miqdorini aniqlashni o„rganish (ishchi havosida xududdagi miqdori va changni dispersligi); 10. Kimyoviy omillarni aniqlashni o„rganish (havodan namunalar olish, gaz va bug„ agregat holatidagi kimyoviy omil miqdorini aniqlash); 11. Omillarning zaxarlilik va xavflilik darajasini eng yuqori bo„sag„asini aniqlashni o„rganish (LD 50, LK 50, o„tkir va surunkali ta'sir bo„sag„asi); 12. Taxminiy ta'sir etmaydigan daraja (OBUV)ni hisoblash usuli bo„yicha aniqlashni o„zlashtirish; 13. Pestitsidlarni qo„llash bosqichlari uchun zaxarlanishni oldini olish profilaktik tadbirlarini ishlab chiqishni o„zlashtirish; 14. «16-VN» shakl bo„yicha vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo„qotishning tahlilini o„tkazishni o„zlashtirish; 15. O„tkir va surunkali kasbiy zaxarlanishalarni o„rganish natijalari asosida kasb kasalligini tahlil qilishni o„zlashtirish; 16. O„zR SSV № 300 buyrug„ini qo„llashni nazorat qilish; 17. Ishlab chiqarish ventilyasiyasi unumdorligini hisoblanishni o„rganish; 18. Ishlab chiqarish ventelyasiya tizimini loyihasini sanitar ekspertizasi o„tkazishni o„zlashtirish; 19. Ishlab chiqarish yoritilganligini baholashni o„rganish; 20. Ish vaqtida ko„rish organlarini funksional holatiga baho berishni o„zlashtirish; 21. Ishlab chiqarish yoritilganligi loyihasini sanitar ekspertizasi natijalari asosida xulosa tuzishni o„rganish; 22. Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati asosidagi materiallarni bilish; 23. Ishlab chiqarish korxonalardagi bosh va situatsion rejalarni sanitar ekspertizasi asosida xulosa tuzishni o„rganish; 24. 3ararli va xavfli omillarni baholashda qonuniy xujjatlarni qo„llash 25. Turli xil ishlab chiqarish korxonalarida kasallanish darajasini kamaytirish va ish sharoitlarini yaxshilash bo„yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni o„zlashtirish; 26. Davlat sanitariya nazoratida ko„rsatilgan reglamentlashtiruvchi qonuniy xujjatlarini o„rganish; 27. DSENM ning strukturasi, ishning rejasi, vazifalari, maqsadi, nazorat ostidagi ob'ektlarining dislokatsiyasini o„rganish; 28. OSNni muassasalalarda o„tkazish va olib borish: qurulilayotgan ob'ektlarini turlari, qurulish bosqichlari, operativ xujjatlarni tayorlash; 29. Ishlab chikarish korxonalarida sanitariya tekshiruvlarini olib borish (rejali, mavzuiy, tanlov) korxonani sanitariya holatiga baho berish. texnologik jaraen va asbob-uskunalarga gigiyenik tavsif berish; 30. Operativ xujjatlarni tuzish: sanitariya tekshiruv dalolatnomasi, sanitar qonunchiligiga asosan ko„rsatilgan kamchiliklar (gigiyenik me'yorlar, sanitariya qoidalar, buyruqlar, tavsiyalar va boshqalar). 31. Ishchilar orasida VIY bo„yicha kasallanishni ko„rsatuvchi nazorat ostidagi obektlarda asosiy ko„rsatkichlarni xisobga olgan xolda materiallarni o„zlashtrish va o„rganish. 32. Dastlabkiy va davriy tibbiy ko„riklarda tashkillashtirishda va o„tkazishda qatnashish. 33. O„tkir va surunkali kasb kasalliklarni sababini aniqlashda qatnashish. 34. Ishlab chiqarish ob'ektlarida ishchilar o„rtasida kasallanishni kamaytirishga, mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish. 35. Nazorat ostidagi ob'ektlarda ayollar mehnat sharoitini o„rganishda qatnashish. 36. Nazorat ostidagi ob'ektlarda sanitariya targ„ibot ishlarini olib borish. Amaliy mashg„ulotlarni tashkil etish bo„yicha kafedra professor-o„qituvchilari tomonidan ko„rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma'ruza mavzulari bo„yicha olgan bilim va ko„nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o„quv qo„llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo„yicha ko„rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi. Download 2.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling