Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent
mavzu.Metalllar – ishlab chiqarish zaxarli omil sifatida
Download 2.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26 mavzu.Ishlab chiqarish muxitidagi biologik omil.
25 mavzu.Metalllar – ishlab chiqarish zaxarli omil sifatida.
Ishlab chiqarish zaharlari – mehnat jarayonida ishlovchilarga eng ko„p ta'sir etuvchi zararli va havfli ishlab chiqarish omillardan biri hisoblanadi. Uning turlari 5 milliondan ortiq, keng ko„lamda ishlatayotganlari esa 60 mingdan ortiq.. Ishlab chiqarish zaharlanishlarni chaqiruvchi zaharlarga: metallar, metallorganik birikmalar, organik eritmalar, qichishtiruvchi gazlar va h.q. Organizmga ishlab chiqarish zaharlari ta'sir etishi ehtimolligi ko„proq bo„lgan asosiy jarayonlar va ishlab chiqarish korxonalari. Metallardan zaxarlanishni ko„payish sabablari. Og„ir metallar: qo„rg„oshin, simob, xrom. Og„ir metallarni qo„llash bilan bog„lik ishlar va korxonalar. Og„ir metallarni asosiy xususiyatlari: fizik-kimyoviy, toksikologik, kumulyasiya, organizmga kirish va chiqish yo„llari. Alohida zaxarlar bilan zaxarlanishni oldini olish. Chora-tadbirlar ishlab chiqishda zaxarlanishna ilk bor alomatlarini aniqlashni ahamiyati. Asosiy sog„lomlashtirish chora- tadbirlari. Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 26 mavzu.Ishlab chiqarish muxitidagi biologik omil. Biologik omil hakida tushuncha. Biologik zarar turlari: zooantrapanozlar (o„simliklar, changlanganlik, urug„lar, jun, soch va boshqalar ), aralash, organik chang(o„simlik, paxta, urug„, tuproq changi), efir yog„lari, o„simlikdan kelib chiquvchi aromatik birikmalar, saprofit mikroflora (ozuqa, mikrobiologik sanoati va boshqalar), mikrobiologik sintez mahsuloti (BVK, vitaminlar, fermentlar, zamburug„lar, antibiotiklar va boshqalar), kelib chiqishi bo„yicha biologik pestitsidlar, to„qima va hujayra kulturalari, makroorganizmlar (hayvon va qushlar bilan ishlash). Biologik omillar ta'sir etuvchi asosiy ishlab chiqaruvchi sanoatlar: qishlok xujalik sanoati (bug„doy yetishtiruvchi, paxtachilik, tabaki yetishtiruvchi, bog„bonchilik va boshqalar), mikrobiologik sanoati, biologik pestitsidlarni qo„llash va ishlab chiqarish, chorvachilik, va parranda yetishtirish, baliq yetishtirish, hayvonlarni o„rgatish va xizmat qilish(sirklar, xayvonot bog„lari), kasalliklar (infeksion, psixiatrik kasalxonalar). Ishchilar organizmiga biologik omillarni ta'siri: allergen ta'siri, infeksion(zooantrapanozlar, brutsellyoz, tulyaremiya, salmonellyoz, qichitma,stolbnyak va boshqalar), zaharlilik ta'siri (zaharlanish) ishchilar jaroxatini havfliligi: profilaktik chora-tadbirlar: qishloq xo„jaligidagi ishlab chiqarishda zamonaviy texnikani qo„llash, ozuqa tayyorlashda mexanizatsiya ishlari, mikrobiologik sintez ishlab chiqarishda texnologik jarayonni ketma-ketligi, moslamalarni germetiklash, yem saqlovchi omborxonalarda namlikni kamaytirish, kasal xayvonlarni o„z vaqtida aniqlash va izolyasiya qilish, ishlab chiqarish xonalarini va fermalarni dizenfeksiya qilish, ishchilar urtasida tushuntirish ishlari o„tkazish, ShXV va maxsus kiyim bilan ta'minlash, tashqi muhitni muxofaza qilish, gigiyenik mehnat sharoitini nazorat qilish, maishiy xonalarni jihozlash, dastlabki va davriy tibbiy ko„riklarni o„tkazish. Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. Download 2.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling