Kommunal va mehnat gigiyenasi
Download 230 Kb.
|
1,2,3-машғулот, Боғчада УАШ lotin
Mushaklar kuchi qol dinamometri yordamida (qol mushaklari kuchi) yoki oyoq dinamometri (orqa kurak atrofi va umurtqa pogonasi yonidagi mushaklar kuchi) yordamida olchanadi.
Opkaning tiriklik sigimi spirometr asbobi yordamida aniqlanadi. Buning uchun bolaga spirometrga qanday puflash (toliq nafas chiqarish) kerakligi haqida yol-yoriq beriladi. A/B tonometr yordamida, puls tezligi esa - palpator aniqlanadi. Teri osti yog- kletchatkasining qalinligi maxsus shtangensirkul yordamida olchanib, santimetrlar (sm) da ifodalanadi. Somatoskopik belgilar tavsiflash orqali ifodalanadi, jinsiy yetilish belgilari esa formla yordamida ifodalanadi. Ogil bolalar uchun bu formulaga kopincha qov va qoltiq ostidagi junlarning osganlik darajasini (mas., Ro, Ax1 korinishida, bu demak tekshiriluvchi bolada qov sohasida tuklar hali chiqmagan, qoltiq ostida esa, 1 darajali yani bitta-yarimta osish bor deganidir). Qiz bolalarning jinsiy rivojlanishini ifodalashda kokrak bezining rivojlanganligi, menstruatsiya siklining boshlanish vaqti-menarxe qoshiladi (mas., R2, Ax2 Ma2, Me13 - bu degani, tekshiriluvchi qiz bolada qov va qoltiq osti sohasida 2 darajalik rivojlanish, sut bezi kokrakdan kotarilgan, menstruatsiya esa, 13 yoshdan boshlangan demakdir). Bolalar va osmirlarning jismoniy rivojlanish korsatkichlarini baholash jismoniy rivojlanish standartlari bilan taqqoslash orqali bajariladi. Bolalar va osmirlarning jismoniy rivojlanish standartlari bolalarning jinsi, yoshi, millati va yashash joyiga bogliq boladi. Shuning uchun jismoniy rivojlanish holati haqida xulosa chiqarish, masalan agar shahar sharoitidagi bola uchun qishloq joylarida yashaydigan bolalarning standartlari bilan taqqoslansa, olingan natija notogri hisoblanadi. Jismoniy rivojlanish standartlarini tayyorlash uchun tekshirishlar otkaziladi, olingan natijalarni matematik ishlovdan otkaziladi. Buning uchun tekshirishdan kam deganda har bir jins va yosh, bir xil millat va bir joyda yashaydigan 100 ta bola otishi kerak boladi. Jismoniy rivojlanish standartlarini ishlab chiqish uchun olingan malumotlar statistik ishlovdan otkazish usuli va olingan standartlarning qiymatlari yoki regressiya shkalasi, yoki sentil shkalasi, yoki biologik rivojlanish standartlari korinishida rasmiylashtirilishi mumkin. Jismoniy rivojlanishni shaxsiy tarzda baholash uchta usulda bajarilishi mumkin, ammo ilgari bunday baholashlar 4 usulda amalga oshirilar edi: regressiya shkalasi boyicha, kompleks sxema boyicha, sentil shkalasi boyicha (sigmali ogish usuli-4-chi usul). Download 230 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling