Kommunal va mehnat gigiyenasi


Regressiya shkalasi bo’yicha baholash


Download 230 Kb.
bet6/7
Sana11.05.2023
Hajmi230 Kb.
#1454324
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1,2,3-машғулот, Боғчада УАШ lotin

Regressiya shkalasi bo’yicha baholash. Regressiya shkalasi vazn va KQA qiymatlarining o’zgarishini bo’y ko’rsatkichi 1 sm ga o’zgarishini hisobga olgan holda baholaydi, ya’ni bu usulda rivojlanishni belgilovchi ko’rsatkich bolaning bo’yi hisoblanadi.
Jismoniy rivojlanishni shaxsiy tarzda baholash tartibi:

  • bolaning aniq tug’ilgan vaqti va tekshirishdan o’tkazilgan vaqtini hisobga olib, shunga muvofiq regressiya shkalasi topiladi;

  • jins, yosh, millati va yashash joyiga muvofiq bo’lgan regressiya shkalasi topiladi;

  • bo’yni hisobga olish bilan bolanng rivojlanishi qaysi qiymatlarga to’g’ri kelishi aniqlanadi (o’rtacha, o’rtachadan yuqori, o’rtachadan past va h.k.);

  • shkala bo’yicha shu bo’yda vazn va KQA qanday bo’lishi kerakligi topiladi (M _+ δ);

  • vazn va KQA uchun Δδ (sigmali og’ish) qiymatini aniqlash.

Mas., bolaning amaldagi vazni 30 kg, jadval bo’yicha vazn 32,1 + 3,1 , demak, vazning sigmali og’ishi =(32,1-30) : 3,1 = 0,7.

  • Agar sigmali og’ishning qiymati +_ 1 sigma atrofida bo’lsa, u holda jismoniy rivojlanish - garmonik hisoblanadi;

  • sigmali og’ish +_ 1 dan +_ 2 sigmagacha bo’lsa - disgarmonik,

  • 2 sigmadan ortiq bo’lsa keskin - disgarmonik deb baholanadi.

Bolaning shaxsiy kartasiga rivojlanish darajasi va garmonikligi haqidagi xulosa yozib qo’yiladi. Masalan, “rivojlanish o’rtacha garmonik” yoki “rivojlanish o’rtachadan past disgarmonik bo’lib, KQA kichikligi hisobiga”, yoki “ortiqcha vazn hisobiga rivojlanish o’rtachadan yuqori disgarmonik” kabi.


6.3.Tahliliy qism
Belgilangan mavzu bo’yicha sanbyulleten rasmiylashtirish (qaysi yoshdagi bolalar va qanday mavzu bo’yicha TO’II bajarish).
6.4.Mashg’ulotda qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar
Berilgan mavzu asosida mustaqil ravishda tayyorlangan sanbyuleten ustida ishlash
7.Bilim, mahoratlarni nazorat qilish shakllari
1 mashg’ulot:
-uch-to’rt talabada jismoniy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlarini o’lchash;
-regressiya shkalasi bo’yicha vaziyayatli masalalar asosida 2-3 ta bolaning jismoniy rivojlanishini baholashni o’tkazish



Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling