Kommunal va mehnat gigiyenasi
MAKTABDA SANITARIYA-OQARTUV ISHLARI
Download 230 Kb.
|
1,2,3-машғулот, Боғчада УАШ lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2. Amaliy qism
MAKTABDA SANITARIYA-OQARTUV ISHLARI
Maktabda sanitariya-oqartuv ishlari asosan uchta yonalish boyicha olib borilishi kerak: Oquvchilarni gigiyenik tarbiyalash; Pedagoglar uchun sanitar-oqartuv ishlari; Ota-onalar ortasida sanitar-oqartuv ishlari. Bunda oquvchilarni gigiyenik tarbiyalash asosiy yonalish hisoblanadi, chunki aynan maktab sharoitida oquvchilarda soglom turmush tarzi elementlariga doir konikmalar va kasalliklarni oldini olishga doir bilimlar shakllana boshlaydi. Maktabda gigiyenik tarbiyalashning asosiy shakllari quyidagilar hisoblanadi: gigiyena darslari, suhbatlar, video - va kinofilmlarni namoyish etish, salomatlik reydlari”, korgazmali mashgulotlar, chop etilgan materiallardan foydalanish, sanbyulletenlar kabi. Oquvchilarning gigiyenik tarbiyalashdagi asosiy prinsiplar quyidagilar hisoblanadi: oquvchilar uchun malumotlarning yetkazilishi; sanitar oqartuv mavzusini tanlashda oquvchilarning yoshini hisobga olish; malumotlarning korgazmali bolishi; ma’lumotlarning yetarlicha bolishi (har bir prinsipni tushuntirish, misollar keltirish). Gigiyenik tarbiyalashda foydalaniladigan eng asosiy usullardan biri san byulletenlar orqali tarbiyalash hisoblanadi. Bu yonalish turli hildagi mavzular boyicha bolgan malumotlarni bolalar ongiga yetkazish imkoniyatini beradi va yuqorida korsatilgan gigiyenik tarbiyaning hamma prinsiplarini ozida mujassamlashtirishi mumkin; sanbyulltenlar shunday malumot berish turiga kiradiki, ular orqali uzoq muddat davomida bolalarda shu bilimlarni shakllanishiga va mavzuni vaqti-vaqti bilan ozgartirib turish imkoniyatiga egadir. 6.2. Amaliy qism Mavzu asosidagi nazariy bilimlar berilgandan song, oqituvchi korgazma xonasida talabalarga sanbyulletenlarni rasmiylashtirishga doir korgazmali ishlarni tushuntiradi, talabalarning mustaqil ishlashlari uchun maktab kontingentiga moljallangan san byuleten mavzulari (oqituvchi tomonidan belgilanishi yoki talabalarning xohishiga kora belgilanishi mumkin) tanlab olinadi va shu proyekt asosida talabalar mustaqil ravishda ishlaydilar. Tanlab olingan mavzular masalan, maktab tarbiyalanuvchilari ortasida sog’lom turmush tarzini targibot qilishga, shaxsiy gigiyena qoidalarini targibotiga, kop uchrab turadigan yoki mavsumiy yuqumli kasalliklardan saqlanishga doir mavzular bolishi mumkin. Oqituvchi talabalarga mustaqil ishni bajarishlari uchun quyidagi yoriqlarni beradi: -tanlab olingan mavzu yuzasidan iloji boricha koproq malumot toplash; - toplangan malumotlar maktab yoshi oquvchilariga tushunarli bolishini taminlash (oquvchilarni yoshiga qarab); -san byulleten illyustratsiyasi uchun eskiz tayyorlash (xonaki chizmalar, diagrammalar va matnlar tayyorlash); - o’qituvchi tomonidan har bir tayyorlangan eskizlardagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab talabalarni togri yolga solish. Bolalar va osmirlarning jismoniy rivojlanish korsatkichlari oilada va hamda maktabgacha va maktab muassalaridagi tarbiyalash va oqitish sharoitlarinng qanday yaratilganligiga bogliqdir. Bunday eng kop ahamiyatga ega boladigan omillar qatoriga bolalarning ovqatlanish sifati, jismoniy yuklamalarning xarakteri va darajasi, oqish joylarining tashkil etilganligi, oqilona tuzilgan va bajariladigan kun tartibi, maktabdagi darslarning tartibi va xarakteri, bolalar muassasalaridagi sanitar-texnik jihozlarning sozligi, xonalarning yoritilish sifati va b.q. kiradi. Shuning uchun vrach bolalar va osmirlarning jismoniy rivojlanish belgilarini tekshirish va baholay olishni bilishi va olingan natijalar asosida ularga yaratilgan tarbiyalash va oqitish sharoitlari haqida fikr yurita olishi kerak. Bolalarning jismoniy rivojlanishini tekshirish va baholash albatta yiliga bir marta otkazilib, olingan natijalarni har bir bolaning shaxsiy rivojlanish kartasiga yozib borilishi shart. Bolalar va osmirlarning jismoniy rivojlanishi haqida bir qator belgilar (korsatkichlar) orqali fikr va xulosa chiqarish mumkin bolib, bu korsatkichlar uchta guruhga bolingan: Somatometrik korsatkichlar - boy, vazn va kokrak qafasi aylanasi (KQA) Fiziometrik korsatkichlar- mushaklar kuchi, opkaning tiriklik sigimi, A/B (arterial bosim) qiymati, puls tezligi, teri osti yog qavatining qalinligi; Somatoskopik korsatkichlar - skeletning holati, badan terisining holati, doimiy tishlarning soni, jinsiy rivojlanish formulasi. Bu belgilarni tekshirishda ayrim qoidalarga rioya qilinishi kerak. Bolaning boyi yogochli yoki temirli boy olchagichda aniqlanadi. Olchashlarning ertalabki soatlarda otkazilishi kerak. Olchash vaqtida boy olchagichning vertikal taxtasiga bola tanasining quyidagi qismlari tegib turishi kerak: kurak oralig’idagi umurtqa pogonasi, dumba sohasi, tovonlar; bosh biroz oldinga egilgan holda boladi. Vazn tibbiy tarozi yordamida aniqlanadi. Bolaning yoshini hisobga olgan holda (bola nonushta qilgan bolishi shart- tahminan -0,3 kg) olingan qiymatlardan (ovqat uchun - 0,3 kg), kiyimlardan (yil fasllariga muvofiq -0,3-0,5 kg) va vazndan esa -0,5 kg (yozda) - 1 kg (qishda) olib tashlanadi. KQA santimetrli tasma yordamida aniqlanadi, buning uchun tasma orqa tarafda kurak burchaklari sohasida, oldi tomonda esa, ogil bolalarda - 4 qobirga sohasida, qiz bolalarda kokrak bezi aylanasining ustki qismida turishi kerak. Download 230 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling