Kommunar-2003” xususiy korxonasidagi parmalash dastgohini elektr yuritmasini loyihalash


Download 0.67 Mb.
bet23/24
Sana21.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1637921
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
2Н135 Parmalash

Loyihaning grafik qismi:


1-rasm: Vertikal- parmalash dastgohining umumiy ko‘rinishi
1-yuritma ; 2- tezliklar karobkasi; 3,4- nasos, 5- uzatma korobkasi, 6- colonna; 7- tezlikni boshqarish mexanizmi, 8- elektr jihozlar, 9- parmalash shpindeli; 10- sovutish trubkasi; 11- shturval; 12- uzatmalarni boshqarish mexanizmi; 13- stol; 14- asos; 15- sovutish tizimining nasosi; 16- parmalash golovkasi.




2-rasm: Vertikal-parmalash dastgohining boshqarish sxemasi



3-rasm: Dvigatelni mexanik xarakteristikasi



4-rasm: Dvigatelni tormozlash xarakteristikalari


5- rasm: Dvigatelni o‘tkinchi jarayon xarakteristikalari.








XULOSA VA TAKLIFLAR


Hozirgi kunda halq xo‘jaligining turli soxalari va xatto maishiy xizmatda ham elektr mashinalari, apparatlari va boshqa elektr jixozlari ko‘p ishlatilmoqda. Xususan, elektr energiyasining asosiy qismi-issiqlik gidro va avtonom stantsiyalarida o‘rnatilgan sinxron elektr mashinalarida hosil qilinadi.
Mahsulotlar ishlab chiqaradigan mashina va mexanizmlar turli xildagi elektr motorlari bilan harakatga keltiriladi. Elektr energiyasini mexanik energiyaga aylan tiradigan mashina elektr motor deyiladi. Hozirda Respublikamizda ishlab chiqarila- yotgan elektr energiyasining taxminan 70% ini elektr motorlari iste’mol qilmoqda. Bu raqam ishlab chiqarishning barcha soxalariga ham taaluqlidir.
Soni va quvvati o‘sib borayotgan elektr istemolchilarini energiya bilan ta’minlash uchun mamlakatimiz va jahon energetikasini asosiy iste’molchilaridan hisoblangan elektr motorlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash va shovqinsiz ishlaydigan motorlar yaratish borasida ilmiy va amaliy ishlar olib borilyapti.
Keyingi o‘n yilliklarda suv manbasidan yuqorida joylashgan yerlarni o‘zlashtirilishi munosabati bilan meliorativ nasos stantsiyalari qurilishi avj oldirildi. Kelajakda Respublikamizda sug’oriladigan dehqonchilikni rivojlanishi yahni yangi yerlarni o‘zlashtirilishi va sug’orishning yangi tejamkor (yomg’irlatib, tomchilatib, yer ostidan) texnologiyalari qo‘llanishi nasos stantsiyalari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Yer osti suvlarini sathi ko‘tarilishi ko‘p hollarda vertikal zovurlar qurish va ulardan nasoslar bilan suvlarini chiqarib tashlashni taqozo etadi. Aholini ichimlik suv bilan ta’minlash tarmoqlarida ham nasos stantsiyalari muhim o‘rin egallaydi.
Zamonaviy mashinasozlik korxonalarida metallarga ishlov berish dastgohlarining o‘rni beqiyosdir, ular yordamida turli o‘lchamdagi va murakkab shakldagi detallarga ishlov beriladi. Metall kesish dastgohlarini boshqarish apparatlariga talablar kuchaytirilmoqda, shuning uchun ularda kontaktsiz elementlarni qo‘llash zarurati tug’lmoqda. Bundan tashqari dastgohlarning elektr yurimalariga qo‘yiladigan talablar ham ortmoqda, bu masalani hal etish uchun elektr yurimalarni TP-D yoki impulsli boshqarish tizimlaridan foydalanilmoqda.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling