Kommunar-2003” xususiy korxonasidagi parmalash dastgohini elektr yuritmasini loyihalash


II.4. 2H135 vertikal-parmalash dastgohining boshqarish sxemasi


Download 0.67 Mb.
bet8/24
Sana21.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1637921
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
2Н135 Parmalash

II.4. 2H135 vertikal-parmalash dastgohining boshqarish sxemasi.
Dastgohning bosh xarakati qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatel yordamida amalga oshiriladi, dvigatelni quvvati 10,2 kvt, aylanish tezligi 1450/2880 ob/min. Parmalash golovkasining tezligini 12,5 dan 1600 ob/min gacha skorostlar ko‘ro‘bkasi yordamida o‘zgartirish mumkin.
Dastgohning bosh yuritmaini boshqarish sxemasi yordamida quyidagilarga erishish mumkin:

  • parmalash golovkasi ikkala yo‘nalish bo‘yicha xarakatlantirish mumkin;

  • dastgohni ishchi va sozlovchi rejimda ishlatish mumkin;

  • parmalash golovkasi va moylash yurimalarini bir vaqtda ishga tushirish mumkin;

  • parmalash golovkasining tezligini faqat dvigatelni o‘chgan holatida o‘zgartirish mumkinligi;

  • parmalash golovkasini tez to‘xtatish uchun elektr tormozlashni qo‘llash mumkinligi.

Parmalash golovkasining dvigatelini M1 aylanish yo‘nalishini P1 va P2 kontaktorlar belgilab beradi. M1 dvigatelining oldinga aylantirishda Kn2 knopka bosiladi, bunda P1 kontaktor o‘zining bosh kontaktlarini ulab dvigatelni oldinga aylantiradi, uning blok-kontaktlari esa P2 kontaktor zanjrini uzib qo‘yadi. Dvigatelni teskari aylantirish uchun Kn3 knopkasi bosiladi va P2 kontaktor ishga tushadi, bu payitda P1 blokirovka qilinadi. Dvigatelni tormozlash uchun Kn4 knopka bosiladi, binda dvigatelni aylanish yo‘nalishiga mos ravishda P3 yoki P4 kontaktorlar ishga tushadi, ular o‘z kontaktlari yordamida Д1 yoki Д2 diodlarni ulab, dvigatel statoriga o‘zgarmas tok beradi va dvigatel dinamik to‘rmo‘zlanadi. Dvigatelni to‘rmo‘zlanish vaqtini P11 va P12 vaqt relelari belgilaydi. Dvigatellarni yuklanishdan P15 va P16 issiqlik relelari himoya qiladi, qisqa tutashuvlardan dvigatellar va boshqaruv apparatlarini ПР1, ПР2, ПР3 saqlagichlar himoya qiladi. Pasaytiruvchi Tp1 transformatordan boshqaruv zanjiriga 110V va mahalliy yoritish zanjiriga 42V kuchlanish beriladi.
Tp2 tronsformator orqali Д1 va Д2 ventillarga 127V kuchlanish beriladi. Butun sxema sxema B1 avtomat yordamida ishga tushiriladi.
2-rasm: Vertikal-parmalash dastgohining boshqarish sxemasi
sxemani dastlabki holatga keltirish uchun Kn4 “stop” knopkasini bosish lozim.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling